Bog'liq MTT da jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini olib borish metodikasi (2)
43 Mavzu:Katta guruh bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil etish Reja: 1 Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari katta guruhlarda 2 Harakatlarni va harakat sifatlarini har tomonlama rivojlan tirish 3 Turli yoshdagi bolalar guruhlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish. ]Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari katta guruhlarda haftasiga
2 marta, tayyorlov guruhlarida 3 marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Ular katta guruhlarda 20-25 minut, tayyorlov guruhlarida esa30-35 minut davom etadi. Tayyorlov guruhlarida uchinchi mashg‘ulot kunning ikkinchi yarmida, uyqudan so‘ng o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning mazmuni katta va tayyorlov guruhlarda bir tomondan ko‘pgina yangi, ancha murakkab mashqlar hisobiga, ikkinchi tomondan egallab olingan ayrim malakalar beixtiyor amalga oshiriladigan harakatlar hisobiga murakkablashib boradi. Asosiy har akatlar qoidasini va umum- rivojlantiruvchi mashqlar qoidasini o‘rganishni chuqurlashtirish, davom etadi. Katta guruhlarda harakatlarni o‘rganishning boshlanishida- noq odatdagi xatolarni o‘z vaqtida aytib o‘tish mumkin. U guruh bolalar bilan har doim o‘tkaziladigan, amaliyotda ko‘p qo‘llanadigan aralash tipdagi mashg‘ulotlardan tashqari mu jassam mashg‘ulotl ar keng o‘rin egallay boshlaydi. Bunday mashg‘ulotlarda tarbiyachi va ‘ faqat bir maqsadni ko‘zlamasdan bir mashg‘ulotda ikki va uchta maqsadniko‘zlashi mumkin. Masalan: bolalarni shakllar bilan tanishtirish, yurish, yugurishga o‘rgatish, saflanish va qayta saflanishga o‘rgatishni davom ettirish. Bu maqsadga erishish uchun tarbiyachi jismoniy mashg‘ulotlarning kirish qismida bolalarni buben jo‘rligida turli yurishlarga o‘rgatib boradi va ularni turli shaklda (doira,
to‘rtburchak, uchburchak) saflanishlarni taklif etadi. Bu yoshdagi bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida
og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlardan keng foydalaniladi va bolalarni mashg‘ulotlarda uyushtirish metodlari frontal, gu- ruhiy, individual, musobaqa metodlaridan foydalanadi.
Harakatlarni va harakat sifatlarini har tomonlama rivojlan-
tirishga mashq va o‘yinlar o‘tkazishning musobaqa metodi yax- shi yordam beradi. Endilikda bolalar harakatli musobaqalarda komanda tarkibida jamoa bo‘lib ishtirok etishni uddalaydigan bo‘lib qoladilar. Musobaqalar bolalarning harakat qobiliyatlari maksimal sur’atda namoyon bo‘lishiga yordam beradi, harakat malakasi va sifatlarining jadal sur’atda takomillashuviga olib keladi. Ko‘pincha tayyorlov guruhida turli o‘yin-estafetalar
o‘tkazilgan vaqtda mana shunday komanda bo‘libmusobaqala- shishga to‘g‘ri keladi.
Turli yoshdagi bolalar guruhlarida jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish. Yosh jihatdan aralash
guruhlardagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jismoniy
mashqlarni juda sinchiklab tanlashni talab etadi. Bu mashqlar bir guruhga birlashgan barcha bolalarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga mos kelishi lozim.
Bola rivojlanishidagi har bir alohida yosh bosqichi o‘zining
ruhiy va jismoniy xususiyatlariga ega. Shuning uchun jismoniy mashqlar va ta’lim metodikasining mazmuni ham har xil bo‘lishi kerak. Kichik yoshdagilar uchun og‘irlik qiladigan, bevaqt berilgan va ayni paytda katta yoshdagi bolalar uchun yengil, birmuncha ruhiy (psixik) va jismoniy zo‘r berishni talab etmaydigan material ikkala holda ham maqsadga muvofiq emas. Kichik yoshli bolalar o‘zlari uchun murakkab bo‘lgan zarur oraliq zvenodagi qiyinchiliklarni muvaffaqiyatsiz tarzda bartaraf etadilar.