Bank
|
Tijorat bank majburiyatlari
|
Majburiy extiyotlar
|
Extiyotdan ortiq pul
|
Ssudaga berish mumkin
bo‘lgan pul
|
A
|
200000
|
40000
|
160000
|
160000
|
B
|
160000
|
32000
|
128000
|
128000
|
V
|
128000
|
25600
|
102000
|
102000
|
G
|
102000
|
20480
|
81920
|
81920
|
D
|
8192 va hokazo
|
16384
|
6553
|
65536
|
“B” bank bu pulning 32000mln so‘mini extiyotga o‘tkazib, qolgan 128000mln so‘mini qarzga berishi mumkin. Bu jarayon to‘xtovsiv davom etib natijada butun banklar tizimi tomonidan yaratilgan pul massasi miqdoran to‘xtovsiz ortib boradi.
2-jadval
“G” bankning aktivi
|
“G” bankning passivi
|
Extiyot 20480
|
Depozitlar 102400
|
Ssuda 81920
|
-------------
|
Jami 102400
|
Jami 102400
|
Banklar tomonidan yangi pul taklifini yaratilish jarayoni ma’lum bir chegaragacha davom etadi. Bizning misolda 200000mln so‘mning yuzaga kelishi butun bank tizimida depozitlarning bir necha marta ko‘payishiga olib keladi.
Bu bank tizimi pul taklifi multiplikatori samarasi yoki bank multiplikatori ko‘rsatkichini anglatadi.
“Multiplikator” so‘zi tarjima qilinganda, ko‘paytiriuvchi degan ma’noni anglatadi. U quyidagi formula yordamida xisoblanadi.
1
M = x 100%
r
bu erda M – pul multiplikatori; r – Markaziy bank qo‘yilish kerak bo‘lgan talab etilgan extiyot (zaxira) normasi;
Agar, r=20% bo‘lsa, u holda M=1x100/20=5; ya’ni har bir so‘m depozit pul taklifining 5 so‘mga ko‘payishiga olib keladi. Extiyot normasining kamayishi depozitlarning o‘sishiga, uning ortishi pul massasining kamayishiga olib keladi.
Buning misolda extiyot normasi 20% dan 10% ga tushirilsa, multiplikator 10ga teng bo‘ladi, aksincha 25%ga orsa multiplikator 4ga teng bo‘ladi.
Amaliy xayotda bank depozitlari ko‘payishi-multiplikator samarasidan ancha farq qiladi. Sababi bankdan olingan ssudaning hammasi ham bank tizimiga qaytib bormaydi. Ulardan bir qismi muomalada naqd pul tarzida yurishi mumkin.
Bularning hammasi banklarning ssuda berish imkoniyatlarini kamaytiradi.
Bunda bank extiyotlaridan tashqari naqd pulga aylangan mablag‘ chiqib ketadi. U pul multiplikatorini o‘zgartiradi. Agar bank majburiyatlarining naqd pulga aylangan qismini “s” bilan belgilasak, u holda yuqoridagi formula quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1x100
m =
r+s
Agar naqd pulga aylangan miqdor 30% tashkil qiladi deb faraz qilsak, u holda pul multiplikatori =1x100:(20+30) =2 ga teng bo‘ladi.
Demak, har bir so‘m qo‘shimcha depozitlar oldingiga o‘xshab 5 emas, balki 2 so‘m yangi kredit pulni xosil qiladi.
Pul multiplikatoridan foydalanib, umumiy pul massasi miqdori ko‘payishi yoki kamayishini xisoblab chiqish mumkin. Bozor iqtisodiyotida pul emissiyasiga qaraganda extiyotlar miqdorini o‘zgartirish bilan pul muomalasini tartibga solish samarali hisoblanadi.
Markaziy bankda extiyot tarzida ma’lum miqdordagi pulni saqlash majburiyatlari bo‘yicha to‘lovga layoqatsizlik xatarini kamaytiradi, biroq bu banklardan mijozlarning omonatga qo‘ygan pullarini yoppasiga olish uchun xarakat qilishlarining oldini olmaydi. Extiyotning etishmasligi esa moliyaviy sarosimalikni keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |