Tijorat banklari to‘la mustaqil, lekin ular pul emissiya qilish xuquqiga ega emas. Ular real jalb qilgan resurslari miqyosidagina kredit bera oladi. Ixtisoslashgan tijorat banklar alohida sohalarda kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi. Jumladan, investitsiya banklari iqtisodiyotning turli tarmoqlarini eng avvalo sanoat, savdo, transportni uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi, qimmatli qog‘oz chiqaradi va ularni investorlar o‘rtasida joylashtiradi.
Uy-joy qurilish banki aholining uy-joy qurilishini moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.
Zamin banki ko‘chmas mulkni garovga olib, uzoq muddatli kreditlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |