Markaziy bank mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Markaziy bank davlat banki xisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi.
Ikkinchidan, Markaziy bank u “banklar banki” deb ham yuritiladi, tijorat baklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko‘ra markaziy bank.
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Markaziy bank ko‘plab vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy ehtiyotlarini saqlaydi. Bu ehtiyotlar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin oltin-valyuta ehtiyotlarini saqlash vazifasini ham bajaradi.
Ikkinchidan, cheklarni qayd qilish mexanizmini ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.
Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.
To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Beshinchidan, xaqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi.
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, muomalaga milliy valyutani chiqaradi.
Markaziy bank davlat pul-krediti siyosatini amalga oshiradi.Bunda u:
pul muomalasini tartibga soladi;
kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini belgilaydi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda quyidagi usullardan foydalaniladi.
Ochiq bozordagi operatsiyalari;
Zahira (extiyot) me’yorini o‘zgartirish;
Hisob stavkalarini o‘zgartirish.
Ularning har birining o‘zgarishi pul massasining o‘zgarishiga olib keladi, ya’ni mazkur usullar pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvichan qurolidir.
Agar markaziy bankga muomaladagi pul massasini ko‘paytirishi zarur bo‘lsa, u qimmatli qog‘ozlar bozorida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib olishni boshlaydi. Tijorat banklari aktivlaridagi davlat qimmatli qog‘ozlarini o‘zlari uchun maqbul sharoit asosida sotishga tushadilar. Ma’lum vaqt o‘tgach obligatsiyalar sotishdan olingan pullar tijorat banklariga cheklar yoki depozitlar shaklida kelib tushadi. Bu mablag‘lardan bir qismi ehtiyotga qo‘yilib, qolganlari bank krediti sifatida foydalaniladi.
Agar Markaziy bank inflsiya sharoitida pul massasini ko‘paytirishning oldini olishga xarakat qilsa, u davlat qarz majburiyatlarini sotishni boshlaydi. Tijorat banklari o‘zlariga foydali tarzida davlatning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotib oladi va ma’lum vaqt o‘tgach to‘lov uchun taqdim etadi.
Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlar bozoriga doimo ta’sir ko‘rsatishi tufayli davlat obligatsiyalarining to‘lov muddatlari har xil bo‘lishidan qatiy nazar, tezda pul massasini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Ehtiyot normalari pasayganda banklarning suda berish mumkin bo‘lgan ortiqcha mablag‘lari ko‘payadi. Aksincha bu norma yuqori bo‘lsa muomaladagi pul taklifi kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Hisob stavkasi orqali Markaziy bank kredit resurslari hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Hisob stavkasi kamayishi bilan tijorat banklari tomonidan Markaziy bank kreditga talab o‘sadi, aks holda talab kamayadi. Hisob stavkasini pasaytirish bilan iqtisodiy faollik kuchayadi. Sababi pul taklifi o‘sib, qarz olish imkoniyati ortadi. Agarda mamlakatda pul massasini kamaytirish zarur bo‘lsa, Markaziy bank xisob stavkasini oshiradi, natijada kredit qimmatlashadi, iqtisodiy faollik susayadi.
Markaziy bank iqtisodiy vaziyatga qarab “arzon” yoki “qimmat” pul siyosatini yuritadi.
Agar iqtisodiyotda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishsizlik
mavjud bo‘lsa, Markaziy bank “arzon” pul siyosatni yuritadi va kredit olishni osonlashtiradi.
Buning uchun davlat ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarni banklar va aholidan sotib oladi, ehtiyot normasi kamaytiradi va hisob stavkasi pasaytiriladi. Natijada pul taklifi ko‘payadi, foiz stavkasi pasayadi. Bu investitsiyalarning o‘sishi va iqtisodiy faollikning kuchayishiga olib keladi.
Agarda mamlakatda inflyasiya yuz berayotgan bo‘lsa, “qimmat” pul siyosati yuritilishiga to‘g‘ri keladi. Bu siyosat kreditni “qimmat” qilib, uni olishni qiyinlashtiradi. Markaziy bank pul taklifini qisqartirish uchun ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarini sotadi, ehtiyot normasini oshiradi va hisob stavkasi ko‘taradi.
Pul taklifi qisqarishi natijasida foiz stavkasi ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida investitsiyalarning qisqarishiga, inflyasiyani cheklashga olib keladi. SHunday qilib Markaziy bank mamlakat bank-moliya tizimiga bevosita ta’sir qilib, butun iqtisodiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki birinchidan eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi. Davlat zayomlari va kreditlaridan samarali foydalanishga qaratilgan xizmatlar ko‘rsatadi. Ikkinchidan, xalqaro valyuta-kredit bozorlari operatsiyalarida ishtirok etadi. Uchinchidan, xukumatlararo bitimlarning to‘lov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi.
Tijorat banklari tizimi rivojiga ikki tamoyil xos: bir tomondan, universallashuv, ikkinchi tomondan, ixtisoslashuv. Tijorat banklari odatda universal tavsifga ega bo‘lib, o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi korporatsiyalar hisoblanadi. Ular Markaziy bankdan maxsus litsenziya olib, unga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hisob – kitob operatsiyalarini amalga oshirish;
Kredit operatsiyalarini bajarish;
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish;
Turli xizmatlar ko‘rsatish;
Banklararo operatsiyalar o‘tkazish;
Valyuta operatsiyalarini bajarish;
Biznes yuzasidan maslahat berish va x.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |