Xalqaro kredit - bu ssuda kapitalining xalqaro miqyosidagi xarakatidir. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat organlari, xukumatlar, yirik korparatsiyalar, xalqaro va regional tashkilotlar bo‘lib, ularning kredit berish shartlari bir-birinikidan jiddiy farq qilishi mumkin.
Berilish vaqtiga ko‘ra: qisqa (1 yilgacha), o‘rta (5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq) muddatli kreditlar ajratiladi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra, kredit ikki turga bo‘linadi: aylanma kapitalini tashkil etish, hamda asosiy kapitalni sotib olish uchun foydalaniladigan kreditlar.
Kreditni qaytarilishi ta’minlanganligiga ko‘ra: ta’minlanmagan yoki blankali
(overdraft, kontokorrent) va ta’minlangan kredit farqlanadi;
Berish usuliga ko‘ra: kompensatsion ya’ni o‘z mablag‘larini to‘ldirish uchun hisob varaqasiga o‘tkaziladigan va to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladigan kreditlar ajratiladi;
Qaytarilishiga ko‘ra: to‘lash muddati uzaytirilgan, bo‘lib to‘lanadigan, hamda birdaniga to‘la qaytariladigan kreditlarga bo‘linadi. Qarz hajmi va muddatining cheklanishi darajasiga ko‘ra limitlangan va limitlanmagan kreditlar farqlanadi.
Kredit qaysi shaklda berilishidan qat’iy nazar, uning asosiy tamoyillariga rioya qilinishi kerak. Bular quyidagilar:
Qaytarilishligi. Bu faqat kreditning tamoyili bo‘lmasdan, balki uning xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uning pul berishning boshqa shakllari subsidiya, dotatsiya kabilardan farqi ham shunda, qaytarilish tartibi bo‘lmasa kredit munosabatlari ham amal qilmaydi.
Muddatliligi. Kredit berishning bu tamoyili avvalgisi bilan chaMarkaziy bankarchas bog‘liq bo‘lib, kredit shartnomasi tuzilayotgan paytda qaytarish sharti bilan birga muddati ham ko‘rsatiladi. Qarz mablag‘laridan foydalanganligi uchun to‘lanadigan haq ham uning muddatiga bog‘liq.
To‘lovliligi. Qarz olib, ishlatilgan mablag‘ uchun ma’lum miqdorda foiz to‘lanadi. Foiz stavkasi shakllanishiga eng avvalo, talab va taklif, Markaziy bank xisob stavkasi, banklararo kredit bozoridagi foiz va depozitlar stavkasi ta’sir etadi. Depozitlar bo‘yicha stavka qancha yuqori bo‘lsa, kredit uchun foiz ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Moddiy jixatdan ta’minlanganligi. Bu tamoyil qarz oluvchining olingan mablag‘ni qaytarishiga real imkoniyati borligini ifodalaydi. Agar kredit berish uchun real tovar moddiy boyliklar zaxirasi hisobiga olinsa, shuning o‘zi kreditning ta’minlanganini bildiradi. Agar kredit mavsumiy xarajatlarni qoplash uchun berilsa, bu xarajatlar real moddiy boyliklar qiymatiga kirishi ko‘zda tutiladi.
Kredit berishda garov olish alohida o‘rin tutadi. Kafolatli shartnoma asosida kredit jismoniy shaxslar, dehqon xo‘jaliklari, fermerlar, ijarachilarga berilishi mumkin. Bunday shartnomaga ko‘ra kafolatchi qarzni qaytarishiga kafil bo‘ladi. Qarz shartnomasi sug‘urta kompaniyalari javobgarligi asosida ham tuzilishi mumkin.
Maqsadliligi. Kredit qat’iy ravishda aniq maqsad uchun beriladi. Bank kredit berishda qarz olayotgan sub’ekt uni nima maqsadda olayotgani, undan qanday foyda olishi mumkinligini tahlil qiladi.
Kredit berishga tabaqalashgan xolda yondashish. Bu tamoyil turli qarz oluvchilarga individual tarzda yondashishni ifodalaydi. Bank qarz berib, qaytarib olmaslik xatarini xisoblab chiqib, har tomonlama tahlil etib mazkur masalani hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |