Amaliy psixologning huquqlari:
Bog'cha, maktab va oliy o'quv yurtining ta'lim-tarbiya shart-sharoitlarini aniq hisobga olib faoliyat uchun eng muhim yonalishni tanlaydi.
Pedagogik kengash, ota-onalar yig'ilishi, ilmiy kengash va pedagogik konsiliumlarda ishtirok etadi.
-o'quv-tarbiya jarayonida bolalar, o'quvchilar va talabalar xulqi, o'quv faoliyati xususiyatlarini kuzatish maqsadida dars, ma'ruza, sinfdan va auditoriyadan tashqari mashgulotlarda, umumiy tadbirlarni otkazishda qatnashadi.
-Murabbiy, ota-onalar qo'mitasi, o'qituvchilarning metod birlashmalari majlislarida ishtirok etadi.
-Bog'cha, maktab, o'quv yurtlarining hujjatlari bilan tanishadi va ularni tahlil qiladi.
-Muayyan davr oralig'ida amaliy faoliyatning yetakchi yo'nalishi yuzasidan har xil ishlarni navbatma-navbat amalga oshiradi.
-Ilmiy izlanishlarni yo'lga qo'yish maqsadida bog'chada, maktabda, o'quv yurtlarida guruhiy va yakka tartibdagi psixologik tekshirishlar hamda tajribalar o'tkazadi.
-Pedagog-psixolog sifatida o'z tajribalarini umumlashtirib, maqolalar va xabarlar e'lon qiladi.
-Pedagogik-psixologik bilimlarni turmushda targ'ibot qilish ishlarini olib boradi.
-Psixolog ixtisosligi bo'yicha yarim stavkada ishlash imkoniyatiga ega (Ushbu fikr ikkinchi mutaxassislik sifatida qayta tayyorlovdan o'tgan psixologlarga tegishlidir).
-Majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun yuqori tashkilotlardan shart- sharoit yaratishni talab qiladi.
-Nizom bandlariga, uning ish tamoyillariga zid bo' lgan ma'muriyat topshirig' ini bajarishdan bosh tortadi.
-Ma'muriyat orqali u yoki bu tashkilotga o' quvchilarga yordam berish zaruriyati to'g'risida ma'lumotnoma yuboradi (ota-onalar ish rejimini o'zgartirish, sanatoriy bilan ta'minlash, yollanma berish, vaqtincha mehnat bilan ta'minlash va boshqalar).
-O'quvchilar va abiturientlarni kasb tanlashga oid muammolarini hal qilish maqsadida kasbga yo'naltirish markazlariga murojaat qiladi.
-Ota-onalarga zaruriyat tug'ilganda oilaviy turmush psixologiyasiga oid konsultativ xizmat xonalarini tavsiya qiladi.
Tibbiyot va defektologik muassasalarga rasmiy talablar yuboradi.
-Tibbiy psixologik-pedagogik konsultativ ishlarda ishtirok qiladi, balog'atga yetmagan o'smirlar komissiyasi faoliyatida qatnashadi, bola taqdiri hal qilinayotgan tashkilotlar bilan aloqa bog'laydi. Umuman, psixolog yordamchi ovoz berish huquqiga ega, xolos. Agarda qabul qilingan qarorlarga nisbatan e'tiroz bildirsa, u holda o'z fikrini bildirish, uni dalillash uchun yuqori tashkilotlarga murojaat qiladi.
-Psixologik xizmatni ilmiy jihatdan ta'minlash maqsadida ilmiy-uslubiy markazlar bilan uzviy aloqa boglaydi.
-Bog'cha, maktab, o'quv yurti faoliyatini yaxshilash, takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan muammolarni hal qilishni xalq ta'limi tashkilotlari oldiga qoyadi.
-Ilmiy-uslubiy markaz rahbarligida yangi diagnostik metodikalar ishlab chiqish, tavsiyalar yozishda faol ishtirok qiladi.
Amaliy psixolog maktab ma'muriyati va tuman tashxis markaziga boysunadi.
-Kontingent 1000 tadan oshgan umumta'lim maktablarida maktab psixologi lavozimi ta'sis etiladi.
-Maktabgacha tarbiya muassasalarining ikkitasiga bitta psixolog lavozimi belgilanadi.
-Texnika, kasb - hunar bilim yurtlarida o'quvchilar kontingenti 750 dan ko'p bo'lsa, bitta shtat ajratiladi.
-Pedagogik kollejlarda, talabalar qancha bo'lishidan qat’iy nazar amaliy psixolog faoliyat ko'rsatilishi shart.
-Oliy maktablarda psixologik markaz faoliyat ko'rsatilishi lozim.
Amaliy psixologning ish haqi katta metodist darajasida bolishi nazarda tutiladi.
-Amaliy psixologning ta'tili barcha maktab o qituvchilari bilan bir vaqtda bo'ladi.
Oliy va o'rta maxsus, xalq ta'limi tizimidagi psixologlarning faoliyati, psixologik maslahat va muomalaning ijtimoiy-psixologik faol usullari, psixokorreksion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi sohalari bo'yicha umumpsixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega bo'lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Amaliy psixologning axloqiy kasbiy faoliyati asosida yotuvchi asosiy tamoyillar
Amaliyotchi psixologning o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar hayoti bo'yicha muammolariga shaxsiy tajribasi bo' lmay turib, maslahat berishga haqqi bormi?
Bu muammo birinchi navbatda oilaviy hayot va oilada bolalarni tarbiyalash masalalariga tegishlidir. Bu masalani muhokama qilishda psixologlar anchadan beri bahslashadilar va hali umumiy qarorga kelinmagan.
Ba'zilar bu savol xirurg haqidagi: «biror marta operatsiya stoliga yotmasdan, operatsiya qilishga haqqi bormi?» - degan savolga o'xshaydi, deyishadi. Ma'lumki, tibbiyotda bunday savol tugilmaydi. Shuning uchun, psixologlarning birinchi guruhi, mutaxassis, amaliyotchi sifatida har xil yoshdagi insonlar bilan turli muammolar bo'yicha ishlashni bilishi kerak, deb hisoblaydilar.
Psixologning xususiy hayoti va shaxsiy tajribaning mavjudligi yoki yo'qligi katta ahamiyatga ega emas: muhimi bu kasbiy mahorat (professionalizm).
Boshqa psixologlarning fikricha, amaliyotchi psixologning shaxsiy hayotiy tajribasi muhim ahamiyatga ega, hech qanday eng yuksak kasbiy mahorat va bilimlar bilan ham almashtirish mumkin emas. Ularning fikricha, nizolar va ularni boshqarish usullari haqida on soatlik ma'ruzani eshitish mumkin, lekin agar siz yaqin kishingiz bilan bo'lgan nizoni boshdan kechirmagan bo'lsangiz, munosabatlarni buzmasdan amaliy hal qila olmagan bo'lsangiz, ish joyingizda nizolarni boshqarishga kirishmang. Bunda sizda faqat texnika va faqat kasbiy mahorat namoyon bo'ladi, sizning ichki dunyoingiz, ruhingiz, sizning boshdan kechirganlaringiz, sizning dardingiz bo'lmaydi. Shunday qilib, kasbiy ishda texnika yoki shaxsiy tajriba bilan boshdan kechirayotgan ichki dunyo, ruh - ikkisidan biri bo'lishi kerak.
Nima uchun «va» so'zini emas, yoki so'zini ishlatish kerak. Bizningcha, amaliyotchi psixologning kasbiy ishi - bu kasbiy bilimlar va hayotiy tajribasidir. Birini ikkinchisidan ajratish mumkin emas. Psixologik kasbda kasbiy bilimlar va shaxsiy tajribasiz ish olib borish qiyin.
-Pianinochini kuzatsak. U soatlab texnik vosita hisoblanmish qo'l va barmoqlarni mashq qiladi. Lekin u chalayotganda «texnik barmoqlari» tagida asar «musiqaviy hayot» sifatida yashay boshlaydi, o'zining musiqiy ruhiyatiga ega bo'ladi. Siz doim texnik ijrochi bilan mumtoz ijroni ajrata olasiz.
Texnika faqat asos, haqiqiy ijod yetishib chiqadigan yer, negizdir.
Psixolog sizning hayotingizda hammasi joyidami?
Maktab psixologlari, umuman amaliy sohadagi ishlaydigan psixologlarga atrofdagilar boshqacha munosabatda bo'ladilar. Men oramizda nima bo'layotganiga tushunmayman? «Siz psixologsiz-ku, hammasini tushunishingiz va tushuntirishingiz kerak»,- deyishadi.
Yuqori sinfda o'qiydigan qizi onasiga: «Oyi, siz nimadir qiling, psixologsiz-ku», deydi.
Maslahatga kelgan mijoz: «Siz psixologsiz, biz birga yashashimiz yoki yashamasligimizni, o'zingiz hal qiling», deydi. Psixologlar ko'pincha boshqalarga oilaviy nizolar bo'yicha maslahat berishadi-yu, lekin ba'zan o zlarining oilalarida hammasi joyida bo lmasligi ham mumkin. Bunga ko'pincha ularning oila psixologiyasi bo'yicha hamma narsani bilganliklari tufayli oilada haddan tashqari yumshoq bo' lishlari ham sabab bo' lishi mumkin. Ishda professional psixolog bo' lib, uyda bo'lsa professional rolni chetga qo'yib, xuddi ish kiyimingizni yechib, uy xalati kiyganday, o'zimizni erkin tabiiy his qilishimiz zarur.
Psixologning ijtimoiy roli, kasbiy pozitsiyasi va statusi
Hozirgi vaqtda maktablarda, litsey va kollejlarda ikki yo'l bilan amaliy psixologiyaga kelgan psixologlar ishlashadi. Birinchilari-universitetlarning psixologiya fakul'tetini bitirgan va ikkinchilari-maktabda ma'lum vaqt oqituvchi bo'lib ishlab, keyin amaliyotchi psixologlar fakultetini bitirib, song o'z maktablariga psixolog sifatida qaytib kelganlar.
Bu ikki psixologlar guruhining qaysi biri mahsuldorroq, degan savol tug'iladi. Asosiy ma'lumotli psixologlar yaxshi kasbiy bilimga egalar, psixologik metodlarni yaxshi biladilar. Lekin ular maktab hayotidagi ishning barcha xususiyatlaridan xabardor emaslar.
Ikkinchi mutaxassislikni egallagan oqituvchi psixologlar, aksincha, maktab va pedagogik amaliyot bilan yaxshi tanishlar, lekin psixologik bilimlar va psixologik ish konikmalari etishmasligini his qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |