Takrorlash va muhokama uchun savollar:
Psixolog o'z faoliyati davomida qanday ishlarni amalga oshirishi lozim?
Psixologning huquq va burchlari nimalarni o'z ichiga oladi?
Maktab psixologiga qoyiladigan talablar nimalardan iborat?
Psixologning amaliy psixologik xizmat vakili sifatidagi kasbiy shakllanish jarayonida qanday muammolar uchraydi?
Psixologning shaxsiy va kasbiy moslashuvi deganda nimalarni tushunasiz?
3 Psixologik xizmat haqida nizom
Kollejlardagi va akadeaik litseylardagi psixologik xizmat o’rta maxsus ta’limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik litsey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o’kuvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligini psixologik xizmat to’g’ri tashkil etilgan deyish mumkin.
Psixolog o’zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlariga, o’quv – tarbiya jarayonini tashkil etishga bog’liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo’llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o’quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Psixologik xizmat uch asosiy bo’g’indan tuzilgan:
1) Aniq o’quv muammosida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi,
2) Tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi.
3) Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi.
Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qishlariga tayanadidlar. Amaliyotchi psixolog o’z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o’z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko’rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o’zaro to’ldirishi asosida quriladi.
o’rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maadi-shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish ob’ekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, maxsus o’quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o’quvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.
Psixologik xizmatning mazmuni: a)psixoprofilaktika,
b) psixologik maorif va ma’rifat, v) psixodiagnostika, g) psixik rivojlanitirish va psixokorreksiya, d) psixologik konsultatsiya.
Psixologik xizmat haqida Nizom 1996 yil Xalq ta’limi Vaziri J.G. Yo’ldoshev tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o’zgartirish kiritildi.
Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo’lishi mumkin:
a) xalq ta’limi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o’quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trenning mashg’ulotlari o’tkazish va aholining psixologik madaniyatini o’stirish maqsadida, b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar uyushtirish,
g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish /test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar/, d) psixologik maslahat berish, ye) pcixologik konsiliumlar o’tkazish, j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik tadqiqot ob’ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’quv dasturi, o’quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hakozolar.
Psixologik xizmat xaqida Nizom 6 bo’limdan iborat. Ular:
Umumiy qoidalar.
Psixoprofilaktik ishlar.
Psixodiagnostik ishlar
Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar.
Psixologning maslahat berish ishlari.
Psixologik xizmat xodimlarning mas’uliyati aks etgan.
Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o’z ichiga olgan.
Psixologik xizmt xalq ta’limi va oliy o’rta maxsus ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har qaysi shaxsning pedagog, o’quvchi, talaba, ota-ona manfaati va uning har tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondoshadi.
Psixologik xizmat mutaxassislari o’z faoliyatilarini tibbiyot xodimlari, defektologik xizmat, muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar, balog’atga yetmagan o’smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo’mitasi, ishlab chiqarish, jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.
Amaliyotchi psixologlar o’qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta’tili muddati barcha o’qituvchilar bilan barobardir. o’quvchilar soni 500 gacha bo’lgan maktablarda 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Kasb hunar kollejlarida o’quvchilar soni 250 ta bo’lsa, 1 shtat birligi psixolog ishlashi zarur. Bog’chalarda har 2 bog’chada 1 psixolog ishlashi maqsadga muvofiq.
Oliy va o’rta maxsus, xalq ta’limi tizimidagi psixologlarning faoliyati, psixologik maslahat va muammolaning ijtimoiy-psixologik faol usullari, psixokorreksion, psixodiagnostika, ijtimoiy, pedagogik, bolalar psixologiyasi sohalari bo’yicha umum psixologik tayyorgarlik olgan, psixologik ixtisosga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
4 Ta'Iim sohasidagi psixolog faoliyatining me'yoriy hujjatlari
Reja:
Pedagog-psixolog faoliyatiga aloqador mavjud Qaror, Farmoyishlar.
Mutaxassislik yo'riqnomasi.
Istiqbol va joriy ish rejalari.
Ta'lim sohasidagi psixologik xizmat me’yoriy xujjatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |