1 Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja


Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish



Download 0,73 Mb.
bet15/23
Sana11.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#348175
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
1 Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari

Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish

Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish ham psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlaridan biridir. Biz ota-onalar farzandimiz ulgurmayotgan “joyni to‘ldirishga” harakat qilamiz, ya’ni ximiya, yoki matematikadan ulgurmayotgan bo‘lsa unga repititor yollab ximiyani yoki matematikani o‘rgatishga harakat qilamiz. Biz bolaning “bo‘sh joyini to‘ldirish” emas, balki bolaning qiziqishini, qobiliyatini rivojlantirsak, psixologik xizmat mahsuldor bo‘ladi. Agar farzandimiz shaxmatga qiziqsa, uni shaxmat to‘garagiga berishimiz zarur, balki undan kelajakda Rustam Qosimjonovday jahon chempioni chiqar. Amaliy psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotdagi, xulq - atvor muomalasidagi nuqsonlar va kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi.

SHaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga qandaydir tabiat tomonidan tug‘ma ravishda, tayyor holda berilmaydi, balki hayot va faoliyat jarayonida tarkib topadi. Kishi dunyoga hech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan keladi, xolos.

Hozirgi paytda iste’dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining mikrostrukturasi bilan bog‘laydigan nazariya eng mahsuldor hisoblanadi. SHuningdek, iste’dod nishonalarini nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari bilan (nerv kuchi, muvozanatlashuvi va harakatchanligi o‘rtasidagi farqlarga qarab) va shu bilan oliy nerv faoliyati turlari bilan bog‘lovchi gipoteza ham haqiqatga yaqinroqdir.

Bulardan tashqari, qobiliyatlarning tabiiy asoslarini nerv sistemasining xususiy xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog‘laydigan, ya’ni ayrim odamlarda ko‘rish, boshqa odamlarda eshitish, uchinchi bir xilida esa harakat sohasida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos tipologik xususiyatlar bilan bog‘laydigan gipotezalar yana ham haqiqatga yaqinroqdir.

Jiddiy statistika qobiliyatlar va iste’dodlarning irsiyat yo‘li bilan o‘tishini isbotlaydigan hech qanday dalillar bermaydi. Qobiliyatlarning irsiyat yo‘li bilan o‘tishi haqidagi ilmiy nazariyaga ham qarama- qarshidir.

Garchi qobiliyatlarning rivoji har turli odamlarda mutloqo bir xil bo‘lmagan tabiiy shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘lsa ham, yuqorida ko‘rib o‘tilgan iste’dod nishonalari va qobiliyatlar o‘rtasidagi nisbat, qobiliyatlar shunchaki tabiat in’omi emas, balki kishilik tarixining mahsuli ekanligini ko‘rsatadi. Agar hayvonlarda oldingi avlod yutuqlarining keyingi avlodga o‘tkazib berilishi asosan organizmning irsiy morfologik o‘zgarishlari orqali amalga oshsa, insonda bu ijtimoiy-tarixiy yo‘l bilan, ya’ni mehnat quroli, til, san’at asarlari va shu kabilar bilan amalga oshadi.

Qobiliyatlar va iste’dodlarni shakllantirish muammosi katta ijtimoiy va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masaladir.

Inson qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillari – barqaror maxsus qiziqishlardan iborat. Maxsus qiziqishlar – bu insoniyat faoliyatining qandaydir soha mazmuniga bo‘lgan qiziqishlari bo‘lib, bu qiziqishlar ana shu turdagi faoliyat bilan kasb tariqasida shug‘ullanish moyilligiga o‘sib ko‘tariladi. Bilishga doir qiziqish bu o‘rinda faoliyat usullari va uslublarini amaliy ravishda egallab olishni rag‘batlantiradi.

Biror mehnat yoki o‘quv faoliyatida qiziqishning paydo bo‘lishi bu faoliyatga nisbatan qobiliyatlarning uyg‘onishi bilan chambarchas bog‘liqligi va qobiliyatlarning rivojlanishi uchun dastlabki zamin sifatida xizmat qilishi qayd etilgan.

Bugungi kunda rivojlantiruvchi o‘yinlarga oid adabiyotlar talaygina, biroq bolalar bilan mashg‘ulotlarning muayyan dasturini tuzishda ayrim o‘ziga xos jihatlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq: Bu jihatlar:

- bolada kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga ehtiyoj mavjuddigi;.

- mazkur yosh davrining ma’lum psixik funksiyalar va shaxsiy sifatlar rivojlanishi uchun senzitivligi;

- eng yaqin rivojlanish zonasi.

Bolalar bog‘chasi turli yosh guruhlari bolalari bilan rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar maqsad va vazifalari an’anaviy, bolalar qandaydir yangi bilim va malakalarni egallaydigan mashg‘ulotlardagi kabi emas. Rivojlantiruvchi o‘yin va mashg‘ulotlarning mazmuni bolaning psixik rivojlanishini oldinga surish, uning idroki, diqqati, xotirasi, tafakkuri, nutqi, harakat sohasi, ixtiyoriy xulq, atvori, ya’ni bola tomonidan asl o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish asosini tashkil etadigan psixik funksiyalar va shaxsiy sifatlarni takomillashtirishdir.





Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish