Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko'rsatiladi:
Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog' bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o'quvchilarni qamrab oladi. Ko'pchilik mualliflarning ta'kidlashicha, maktab psixik sog liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
Ikkinchi bosqich profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi -o qishdagi va xulq-atvordagi qiyinchiliklarni iloji boricha erta aniqlab, ularni yo qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va o qituvchilarga maslahatni ham o'z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich. Psixolog o qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko'rinib turadigan muammolari bor bolalarga o'z diqqatini qaratadi.
Profilaktikaning dastlabki maqsadi - jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo'qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog oldiga kelgan bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya'ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o'quvchilarning asosiy qismi psixolog e'tiboridan chetda qolib ketadi.
Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni psixik sog'liq xizmati sifatida faoliyat ko'rsatishning tarafdori bo'lib chiqmoqdalar.
Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar:
Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta'minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;
Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo'sag'asida vujudga kelishi mumkin bo'lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o'z vaqtida oldini olish hisoblanadi.
Psixologik-pedagogik konsilium
Konsilium - (lot. Consilium - kengash, maslahatlashish) bir yoki bir qancha sohalardagi mutaxassislarning ma'lum muammoni o'rganish va uni hal etish uchun kengashishi hisoblanadi. Psixoprofilaktik ishlarning usullaridan biri pedagogik psixologik konsiliumni tashkil etadi. Y.K.Babanskiyning ta'kidlashicha, o'quvchilarni o'rganishni yaxshi yo'lga qo'yish uchun, to'liq yozma tavsifnomalar yozishdan ko'ra sinf o'qituvchilarining o'quvchilar haqidagi fikrlarini jamoa bo'lib muhokama qilish, sinfga va o'quvchilarga individual yondashuv choralarini ishlab chiqish yaxshi natijalar beradi. Bunday jamoa bo'lib, muhokama qilishlarni shartli ravishda pedagogik- psixologik konsilium deb ataladi.
Psixologik-pedagogik konsilium o'qishda orqada qolish sabablarini yoki xulq- atvordagi kamchilik natijalarini muhokama qilishga yo'naltirilgan bo'ladi.
Pedagogik konsiliumda psixologning vazifasi -o'quvchi intellektual taraqqiyotini baholashda o' qituvchilarga har xil tomondan yondoshuvga yordamlashishdan iborat. Pedagogik konsilium imkoniyatlarini baholashda sub'ektivizmdan holi bolish ularni ob'ektiv baholash imkonini beradi. Lekin, baxtga qarshi oqituvchilarda u yoki bu o'quvchi haqida o'z fikri bo'ladi, ularning bu fikrlarini o'zgartirish juda qiyin. Shuning uchun konsilium natijasi foydali bo'lishi uchun psixolog unga jiddiy tayyorlanishi kerak.
Psixolog konsiliumda ishtirok etib quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Pedagogik jamoa o'quvchi psixik va shaxsiy xarakteristikalarini turli tomondan ko'rsatish, bunda albatta ijobiy kuchli tomonlarni ta'kidlash joiz. Kuzatish, suhbat, psixodiagnostika natijalariga asoslanib, o'quvchi muammolarining kelib chiqishi haqida isbotlangan farazlarni keltirish zarur.
Har bir o'qituvchida o'quvchiga nisbatan mavjud ustanovkasini o'zgartirishga erishish zarur. Bu juda qiyin vazifa bo'lib, uni ehtiyotkorlik bilan hal qilish lozim, konsilium o'tkazguncha sekin-asta boshlash kerak.
Ko'pincha o'qituvchi o'quvchiga nisbatan fikrini o'zgartirgisi kelmaydi. O qituvchi bunda psixolog nima haqida gapirayotganini tushunmaganligi uchun emas, balki ongli ravishda o'z hayotini murakkablashtirgisi kelmaganligi uchun shunday qiladi.
Barcha o'qituvchilarning o'quvchi muammolarini, uning shaxsi mohiyatini jamoa bo'lib, tushunishlariga erishish. Faqat ana shu holda o'quvchi foydasiga o'zaro harakat qilishlariga ishonish mumkin.
Shunday qilib, psixologik-pedagogik konsilium psixoprofilaktik ishning muhim bosqichi hisoblanadi. Yuqori darajada tayyorlangan konsilium o'quvchilarning, o'qituvchilarning va butun jamoaning rivojlanishiga yordam beradi.
Psixologik-pedagogik konsiliumning funksiyalariquyidagilar:
-
J Ijtimoiy nazorat funksiyasi
|
|
2. Ijtimoiy qo'llab-quvatlash funksiyasi.
|
|
|
3. Pedagogik reabilitatsiya funksiyasi.
|
|
4. Psixoprofilaktik funksiyasi.
|
Ijtimoiy nazorat funksiyasi o' smir xulq atvorini nazorat qilib boruvchi, unga to'g'ri yo'l-yo'riqlar ko'rsatuvchi kishilarning ishini o'z ichiga oladi. PPK jarayonida sinf rahbari, ota-onalar, o'qituvchilar uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy qo'llab-quvatlash funksiyasi- shaxs o'zi mustaqil ravishda engib o'tolmaydigan, shaxs taraqqiyotiga salbiy ta'sir qiluvchi sharoitlarni engib o'tishda yordam berish.
Pedagogik reabilitatsiya funksiyasi. Bu vazifaning asosiy mazmuni o'quvchining obro'sini o'qituvchilar, ota-onalar, do'stlari orasida ko'tarishdir. Ko'pincha xulqida salbiy o'zgarishlar ro'y bergan bolalarga nisbatan o'qituvchi va guruhdoshlarida, hatto ota-onalarda ham ishonchsizlik paydo bo'ladi. PPK o'quvchining ijobiy tomonini o'rganib, uni o'quvchining o'ziga, ota-onalarga pedagoglarga ko'rsatishi, unga bo'lgan ishonchni uyg'otishi muhimdir.
Psixoprofilaktik funksiyasi. PPK tibbiy xizmat xodimlari, psixolog yoki boshqa mutaxassislar ishtirokida o'quvchilarning jismoniy va ruhiy sog'lig'ini saqlash, ish qobiliyatini oshirish, ular orasida nizolarni kamaytiish, o'quvchilarda paydo bo'lgan ijtimoiy psixologik mua.mmo1a.rni hal qilish kabi ishlar olib borish yo'llarini belgilaydi.
PPK o'quvchilarni, ota-onalarni yoki o'qituvchilarni jazolovchi, ko'rsatma beruvchi tashkilotiga aylanib qolmasligi shart. Shuning uchun PPK olib boruvchilar yuqori malakali mutaxassislar bo'lishi kerak. Pedagoglar, psixologlar, vrachlar, psixiatrlar, narkologlar, militsiya xodimlari psixologik-pedagogik konsiliumning domiy ishtirokchilari bo'lishlari mumkin. Bulardan tashqari o'quvchilarning ota- onalari, to' garak rahbarlari va boshqa kishilar taklif qilinishi mumkin.
Konsilium rahbari. Konsilium rahbari konsiliumning muntazam ishlashini tavsiya qilingan takliflarning amalga oshishini nazorat qilish kabi ishlarni olib boradi. O'quv muassasasi rahbarlaridan biri konsiliumning rahbari (moderator) bo' lishi mumkin.
Konsilium kotibi o'quvchi haqida ma'lumotlarni to playdi, unga tavsifnnoma yozadi, PPK yordamiga muhtoj o'quvchilar ro'yxatini tuzadi, konsilium a'zolari bilan aloqa boglab turadi.
Maktab vrachio'quvchi sog'lig'i va uning sog'lig'ini mustahkamlash borasida olib borilgan ishlar haqida ma'lumot beradi.
Balog'atga yetmagan yoshlar bo'yicha inspektor. Agar o'quvchi uning hisobida turgan bo'lsa, uning do'stlari, kimlar bilan ko'proq vaqtini o'tkazadi, u bilan qanday ishlar olib borilganligi haqida ma'lumot beradi. Maxsus maslahatchi zaruriy hollarda chaqiriladi. Bu narkolog, psixiatr, psixonevrolog yoki logoped bo'lishi mumkin.Psixolog konsiliumning asosiy ishtirokchisi va tashkilotchisidir.U qo'yilgan diagnozning to'g'riligi qilinayotgan yordam va tarbiya metodlarining adekvatligi, o'quvchi bilan olib borilayotgan ishlarning maqsadga muvofiqligi, konsilium natij alari bo' yicha shaxsan j avob beradi.
Sinf rahbari. O'quvchiga tavsifnoma yozadi, u bilan ishlash jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni bayon qiladi, konsilium oldiga ma'lum talablar qoyadi, kuzatish kundaligini toldirib boradi.
Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat, uning turlari
Psixologik xizmat faoliyati yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o'tishlari lozim.
Maslahat berish psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o'zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo'q. Kollejlardagi yoki akademik litseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o'quv muassasasidagi o'qituvchilar va o'quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlari rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo'ladi. U har bir o'quvchi yoki o'qituvchining o'zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistemasini ham ko'radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi.
Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi:
Bolalar, o'qituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shugullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma'muriyat, direktor, rektor, mudir,oqituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish.
Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
Ma'muriyatga, bolalar, o'quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar bo'yicha bolalar, o'quvchilar, talabalarning psixik o'sishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o'g'il va qizlarni asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarning g'amxo'rlik va vasiylik to'g'risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabati, shaxs taqdirini hal qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim.
Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o'zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo'yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi.
Yangi tipdagi maktablarga o'rta-maxsus va kasb-hunar kolleji o'quvchilari, akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to'g'risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik konsultativ ishlar olib borish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.
Maslahat berish ishlari amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo'lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilar ko'pincha psixologga quyidagi muammolar bo'yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo'yicha o'quvchilarning o'zlashtirishdagi qiyinchiliklari, bolalarning o'qiy olmasligi va istamasligi, guruhdagi nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta'sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo llari, o'quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yollari, o'quvchilar bilan kasbga yo'naltirish ishlarini olib borish.
Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar berish 60 yildan ko'proq vaqt ichida chet elda rivojlanib bormoqda. Bunga A.Binening ishlari asos bo'lib xizmat qiladi. Uning faoliyati sog'lom, pedagogik qarovsiz bolalarni taraqqiyotda normadan og'ishgan bolalardan ajratish maqsadida aqliy taraqqiyotni o'lchash metodlarini ishlab chiqishga bag'ishlangan edi.
Hozirgi vaqtda maslahat berish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotini murakkablashtiradigan qator noto'g'ri fikrlarning kuchayganligi bilan duch kelmoqda. Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning qarama-qarshi ta'sir ko'rsatishi sezilarli o'rin egallaydi.
Masalan, ota-onalarning, ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishda bandligi sezilarli o'zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Bundan tashqari, ko'pchilik bolalarning bolalar muassasalarida tarbiyalanishi ota-onalar psixologiyasida ma'lum ma'noda o'z izini qoldiradi. Ota-onalar o'zlarining funksiyalarini bog'chalarga, keyinchalik maktablarga ag'darib qo'ymoqdalar. Ota-onalarning ajralishi bola psixikasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, oilaning buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib qo'yadigan kuchli psixologik omil bo'lib, unga ko'nikish uchun bolaga kamida 2 yil kerak. Tarbiyaviy xavfli guruhga yolg'iz bolali oilalarda tarbiyalanuvchi bolalar ham kiradi.
Xilma-xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab ham muhim o'rin egallaydi. Misol uchun tibbiyot mezonlariga qaraganda maktab yoshidagi bolalarniing 15-20 foizi qisqa muddatli yoki doimiy psixoterapiyaga muhtojlar. Maktabda keng tarqalgan psixologik muammolar juda ko'p: ichki o'quv motivatsiyasining sustligi, past o'zlashtirish, o'qituvchilar va tengdoshlari bilan nizoli munosabatlar, o'z-o'zini past baholash, jamiyatga qarama-qarshi guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar.
Yuqorida sanab ko'rsatilgan muammolarning ko'pchiligiga shaxs rivojlanish bosqichlarida ehtiyojlarni va chuqur qonuniyatlarni yetarlicha hisobga olmaslik, barcha bolalarga bir xil talab qo'yish, ularning individual-psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini e'tiborga olmaslik sabab bo'lmoqda.
Bolaning ko'pgina ijobiy xususiyatlari, masalan, she'riyatga, matematikaga, musiqaga va boshqalarga nisbatan erta koringan layoqatlilik yoki umumiy psixik taraqqiyotining juda oldindaligi ko'pgina psixologik va pedagogik muammolarning manbai bo' lishi mumkin.
Amaliyotchi psixologga o'quvchilar ham kattalar va tengdoshlari bilan o'zaro munosabatni yaxshilash masalalari, o'z-o'zini tarbiyalash, kasbiy va shaxsiy o'z- o'zini bilish, aqliy mehnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar bo'yicha murojaat qiladilar.
Psixolog o'quvchilar bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to'g'ridan-to'g'ri maslahat berish deb ataladi. Ba'zan oquvchilarga va ota-onalarga oqituvchilarning u yoki bu muammolari bo'yicha maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda ma'lum qoidalarga amal qilishga to'g'ri keladi. Maslahat berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning
o'zaro ta'sir jarayoni, ular orasida ishonchli o zaro munosabatni o'rnatish yotadi. Bunda psixolog - maslahat beruvchi; o'qituvchi, ota-ona - maslahat beriluvchi; o'quvchi - mijoz rolida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |