1 Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja


Rasmiy va me'yoriy hujjatlar



Download 0,73 Mb.
bet14/23
Sana11.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#348175
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
1 Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari

Rasmiy va me'yoriy hujjatlar:

-O'zbekiston Respublikasining ta'limga, voyaga etmaganlar huquqlarini muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari, Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmon va farmoyishlari.

-O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi muassasalarida psixologik xizmat to'g'risida Nizom.

-O'zbekiston Respublikasida o'quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish tizimini rivojlantirish Kontseptsiyasi.

-Me'yoriy hujjatlar to'plami (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, bayonnomalar). -«Maktab va hayot» jurnalining to'plamlari.

-Hisobotlar.

Shuningdek, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish daftari yuritiladi.

Takrorlash va muhokama uchun savollar:

  1. Pedagog-psixolog faoliyatidagi mutaxassislikka qo'yiladigan talablar, huquq va majburiyatlarning mezonlarini baholovchi mavjud me'yoriy xujjatlar nimalardan iborat?

  2. Psixolog o'z faoliyati davomida qanday istiqbol va joriy ish rejalarni amalga oshirishi lozim?

  3. Kasb-hunarga yo'naltirish ishlari bo'yicha psixolog yil mobaynida qanday ishlarni bajaradi?

  4. Psixologning yil mobaynidagi konsultatsiya (maslahat) ishlari qanday bosqichlarni o'z ichiga oladi?

  5. Psixologik xizmat ishlaridagi psixologik korrektsiya va rivojlantirish jarayonining mohiyati nimadan iborat?

5 Psixologik xizmat mahsuldorligining sharoitlari
Reja:

1. O‘quvchilarga individual yondashuv psixologik xizmatning asosiy tamoyili.

2. Bola uchun qulay iqlim yaratish

3. Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish.

4. O‘quvchilar bilan ishlashda har bir yosh davrining xususiyatlari hisobga olish

1. O‘quvchilarga individual yondashuv psixologik xizmatning asosiy tamoyili

Ta’lim- tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda foydalanish oson ish emas. Bunga maktabda o‘qituvchilarning bola haqida ko‘p gapirishlari dalil bo‘ladi. CHunki maktabda o‘quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama ma’lumot beradigan mutaxassis yo‘q.

Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv – bolani boshqalardan ajratib individual o‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsni u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi.

Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi.

Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini, har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan iborat. Bu nuqtai nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha o‘quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo‘ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo‘llaydilar, chunki bu ko‘zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi.

Psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlarini uch guruhga ajratish mumkin.Ular:a) bola uchun qulay iqlim yaratish;

b) bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish;

v) har bir yosh davrining xususiyatlarini hisobga olish


2.Bola uchun qulay iqlim yaratish

Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi. O‘smirlarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o‘zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o‘rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko‘rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o‘smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e’tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. O‘smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy etukligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi.

O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlari bilan muloqotning rolini kamaytirmagan holda, ba’zan bu muloqotga katta ahamiyat berilishini ta’kidlash joiz. Tengdoshlari bilan muloqot–ontogenezning barcha bosqichlarida bolaning shaxsiy va psixik rivojlanishida muhim hisoblanadi, lekin bola «normal» (axloqan tarbiyalangan) katta kishilar bilan muloqotda bo‘lgandagina, u o‘z funksiyasini bajaradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda tengdoshlari orasida shakllangan qadriyatlarni tushunish va nazorat qilish ro‘y beradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda jamiyat uchun xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni va qadriyatlarni o‘zlashtiradi.

Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida kattalar bilan norasmiy ishonchga asoslangan muloqotga ehtiyoj bu davrda paydo bo‘lgan yangi psixologik tuzilmalardan biridir.

Hozirgi maktablarda o‘quvchilarning kattalar, tengdoshlari bilan to‘liq muomala muloqotini ta’minlaydigan psixologik sharoitlar yaratilmagan. SHu sababli o‘quvchilarda maktabga, o‘qishga salbiy munosabat, o‘ziga, atrofdagi kishilarga nisbatan noto‘g‘ri munosabat shakllanadi. Bunday sharoitda shaxsning rivojlanishi va unga mahsuldor ta’lim berish mumkin bo‘lmay qoladi. SHuning uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish, o‘quvchilar va kattalar o‘rtasida qiziqarli muloqot uchun imkoniyat yaratishga amaliyotchi psixologlar, sinf rahbarlari, o‘qituvchilar, ota-onalar intilishlari lozim.

Psixologik xizmat faoliyati o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta’lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo‘qotish va oldini olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.

Mazkur ishlar o‘quvchilarni maktabda, kollejda va litseylarda o‘qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo‘ljallangandir. YOsh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab, o‘quvchilarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg‘ulari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi.

Maslahat berish ishlari - amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bo‘lishi mumkin.

Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar ko‘pincha psixologga quyidagi muammolar bo‘yicha murojaat qiladilar: turli fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o‘qiy olmasligi va istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yo‘llari, o‘quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo‘llari, o‘quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish.




  1. Download 0,73 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish