Tuman (shahar) miqyosida ommalashtirish.
S Tuman miqyosida ommalashtirish uchun maktabpedagogika kengashi qarori, maktab rahbari taqdimnomasi va psixologning faoliyatiga oid hujjatlar, yaratgan yangiliklari haqida ma'lumot tayyorlanib, tavsiyalar tuman o quvchilarini kasb- hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik diagnostikasini metodik ta'minlash kichik guruhiga taqdim etiladi, tavsiya etilgan hujjatlar tuman psixologlari metodik uyushmasi a'zolari tomonidan o'rganiladi va taqdimotlari eshitiladi, so ng tuman metodika kabineti kengashiga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi. Tuman metodika kabinetining kengash yigilishining qarori bilan tuman miqyosida ommalashtiriladi;
S viloyat miqiyosida ommalashtirish uchun tuman metodika kabinetining qarori, psixologning faoliyatiga oid hujjatlari, tayyorlagan tavsiyalari va tuman metodika kabineti mudirining taqdimnomasi metodika markaziga taqdim etiladi.
Viloyat miqyosida ommalashtirish.
Tuman metodika kabinetining metodik kengashi qarori asosida viloyat Metodika markazi qoshidagi O quv-metodika kengashi a'zolari tomonidan faoliyat o'rganiladi, muhokama qilinadi va Metodika markazi kengashiga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi. Viloyat metodika markazi kengashi qarori bilan viloyat miqyosida ommalashtiriladi;
Respublika miqyosida ommalashtirish uchun Viloyat metodika markazi kengashi qarori, o'qituvchining faoliyatiga oid hujjatlar, ilg'or ish tajribalari haqida ma'lumot, tayyorlagan tavsiyalari va VXTB boshlig'ining taqdimnomasi respublika tashxis Markaziga Respublika miqyosida ommalashtirish uchun taqdim etiladi.
Respublika miqyosida ommalashtirish.
Respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilg'or ish tajriba Respublika tashxis markazi ta'lim muassasalarida psixologik xizmat bo limi tomonidan o'rganiladi. Ilmiy metodik kengashida muhokama qilinib, kengashning qarori bilan Respublika miqyosida ommalashtiriladi (trening ishlanmalari to'plam sifatida chop etiladi, targ'ibot-tashviqot maqsadida psixologlar, o'qituvchilar ishtirokida seminarlar tashkil etiladi).
Mutaxassislik yo'riqnomasi
Psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o'tib, “amaliyotchi psixolog” malakasiga ega bo'lgan oliy ma'lumotli pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
Psixologning vazifalari:
bolalarning shaxsiy va ijtimoiy, intellektual rivojlanishi, psixologik salomatligini saqlash uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish va ta'minlashga yo'naltirilgan kasbiy faoliyatni amalga oshirish;
o'quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) rivojlanishiga to'sqinlik qiluvchi sabablarni aniqlash va ularga psixologik yordam (psixokorreksiya, psixoprofilaktika, reabilitatsiya va tavsiyalar) ko'rsatish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish;
turli yoshdagi bolalarning xarakter xusususiyatlari va shaxs sifatlarini inobatga olgan holda ularning qobiliyat, layoqat, bilish va kasbiy qiziqishlarini o'rganish, korrektsiya qilish va rivojlantirish;
6-7 yoshdagi bolalarni psixologik tekshiruvdan o'tkazish va ularning boshlang'ich sinfda ta'lim olishga tayyorgarlik darajasini aniqlashda qatnashish;
o'quvchilarni tashxis qilish va natijalarni ta'lim olish davomida (1-sinfdan 9-sinfgacha) “Psixologik-pedagogik tashxis daftari” da qayd etib borish;
o'quvchilarning (tarbiyalanuvchilarning) individual, jinsiy va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda korrektsion - rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, ularda ijobiy ijtimoiy ustanovkalarni, ta'lim olish, hayotiy va kasbiy o'zligini anglashga tayyorgarlik motivatsiyalarini shakllantirish;
iqtidorli bolalar va o'smirlarning ijodiy rivojlanishi uchun psixologik qo'llab- quvvatlanishini tashkil etish va amalga oshirish;
ijtimoiy va huquqiy xavf omillarining ta'sirini aniqlash, ularning bolalar va osmirlarga ta'sirini kamaytirish uchun psixologik tashxis tadbirlaridan foydalanish, ijtimoiy muhitda ularning xulq-atvori va muloqotini psixologik-pedagogik korrektsiyalash;
bolalarning ma'naviy-ma'rifiy, intellektual va jismoniy tarbiyasiga komaklashish, o'quvchilar (tarbiyalanuvchilar), pedagog xodimlar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning psixologik madaniyatini shakllantirish;
bolalar tarbiyasi, ta'limi va rivojlanishi, shuningdek, ota-onalar va bolalar munosabatlaridagi muammolar bo'yicha ota-onalar yoki qonuniy vakillarga psixologik maslahatlar berish;
bolalar bilan ishlashda samarali natijalarga erishish va o'zining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida mutaxassis psixologlarning ilg'or tajribalarini va ilmiy uslubiy adabiyotlarni o'rganish;
psixologik xizmat, shuningdek, pedagogik jamoaning bolalar tarbiyasi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan tadbirlari bo'yicha ma'muriyatning buyruq va farmoyishlarini bajarish;
o'z faoliyatiga doir hujjatlar va hisobotlarni o'rnatilgan shakllarda yuritish, ta'lim muassasasida tarbiyaviy tadbirlarning ishlab chiqilishi, rejalashtirilishi va o tkazilishida, shuningdek, maktab, oila, mahalla hamkorligi amalga oshirilishida ishtirok etish;
umumta'lim muassasalarida o'quvchilar soni ko'pligini inobatga olgan holda, psixologik xizmatni amalga oshirishda sinf rahbarlari ham ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun maktab psixologi sinf rahbarlari bilan avvaldan tayyorgarlik ishlarini o'tkazishi kerak.
Psixologlarning asosiy funktsiyalari:
har bir yosh bosqichida (bolalik, o' smirlik, yoshlik) shaxsning barkamol shakllanishi va rivojlanishiga ko'maklashuvchi psixologik-pedagogik shart- sharoitlarni yaratish;
o'quvchilarning intellektual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi buzilishlar, shuningdek, ularning xulq-atvori hamda muomalasidagi og' ishlarni aniqlash;
o'quvchilar (tarbiyalanuvchilar), ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari, pedagoglar o'rtasida psixologik bilimlarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida psixologik ma'rifat ishlarini olib borish;
o'quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari va shaxsiy sifatlari, shuningdek, kasb hamda o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida keyingi ta'lim yo'nalishini (akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini) tanlash mot.ivla.rini aniqlash bo'yicha tashxis tadbirlari (suhbatlar, anketa so'rovlari, testlar)ni tashkil etish va o'tkazish;
iqtidorli bolalar va o' smirlarni aniqlash, ularning bilimga qiziqishlari, moyilliklari va qobiliyatlarini rivojlantirish, o'quv hamda ijodiy faoliyatga undash uchun zaruriy psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratishda ishtirok etish;
o'quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning darslarni o'zlashtirmasligi, atrofdagilar bilan ziddiyatli munosabatlarda bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy muammolarini aniqlash, ularni ota-onalar yoki qonuniy vakillar, ta'lim muassasalari pedagoglari, mehribonlik uylari tarbiyachilari bilan birgalikda hal etish;
tarbiyasi og'ir, pedagogik qarovsiz bolalar va o'smirlarni psixologik tekshirish, ularning xulqidagi og'ishlarni va ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik holatini korreksiyalash, o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar yoki qonuniy vakillar uchun ularni qayta tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
tarbiyasi og'ir o'smirlar (huquqbuzarlar)ga psixologik tavsifnomalar tayyorlash, ularni voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarga taqdim etish, komissiya qarorlarini ishlab chiqishga ko'maklashish;
psixologik yordamga muhtoj o' quvchilar (tarbiyalanuvchilar)ning turli toifalari bilan korreksion - rivojlantiruvchi, profilaktik va maslahat tadbirlarni o'tkazish;
«Ishonch qutisi» ishini tashkil etish, o'quvchilar jamoasi va pedagogik jamoada sog' lom psixologik iqlimni yaratish hamda saqlab qolish;
o'z faoliyatining barcha yo'nalishlari bo'yicha hujjatlarni (rejalar, dasturlar, hisobotlar, ma'lumotnomalar, xulosalar va hokazo) yuritib borish.
Psixologlar o'z funktsiyalarini maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasalari, mehribonlik uylari pedagogik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bajaradilar, tarbiyalanuvchilar, o'quvchilar, ularning oilalari haqidagi
ma'lumotlarning sir saqlanishini ta'minlaydilar, beradigan tavsiyalarining asoslanganligi va o'z faoliyati natijalari uchun shaxsan javobgardirlar.
Istiqbol va joriy ish rejalari
Psixologik diagnostika -bolalarni maktabgacha ta'lim va maktab yoshi davomida psixologik jihatdan uzluksiz har tomonlama o'rganish, ularning individual - psixologik xususiyatlarini aniqlash, o'qish xulq-atvorlaridagi nuqsonlarning sabablarini aniqlab berishga qaratilgan tadbirlarga doir ish rejasi.
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati
|
Mas’ul shaxs
|
1.
|
6 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlash. (PPD ko'rigi)
|
May, iyun,iyul, avgust (85 kun) davomida.
|
Psixolog, PPD ko'rik komissiyasi a'zolari.
|
2.
|
1-sinf o'quvchilari uchun tashhis daftarlarini to' ldirish(belgilangan metodika asosida) 1-sinf o'quvchilari o'rtasida sinov o'tkazish)
|
Sentyabr, oktyabr
|
Psixolog
|
3.
|
1-sinfga qabul qilingan 6 yoshli bolalarning maktabga psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o'rganish.
|
Noyabr, dekabr.
|
Psixolog
|
4.
|
9-sinf o'quvchilari o'rtasida Respublika tashhis Markazi tomonidan tavsiya etilgan tashhis metodikalarini o'tkazish.
|
Oktyabr, May.
|
Psixolog
|
5.
|
O' qituvchining shaxsini va pedagogik qobiliyatlarini tekshirish.
|
Sentyabr, Oktyabr.
|
Psixolog
|
6.
|
9 - sinf o'quvchilari o'rtasida
|
Yil davomida.
|
Psixolog
|
Psixoprofilaktik ishlar.
Psixologik profilaktika- maktabda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli psixologik-pedagogik muammolarning oldini olishga yo'naltirilgan tadbirlarga doir ish rejasi.
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati
|
Mas’ul shaxs
|
1
|
Sinf jamoasi bilan yoki o' quvchilar bilan yakka (individual) holda suhbat uyushtirish.
|
Talabga kora va shaxsiy tashabbus bilan yil davomida
|
Psixolog hamda sinf rahbarlar
|
2
|
Tarbiyasi og'ir o'quvchilar xulqini korrektsiya qilish uchun sinf rahbarlariga yo'l-yo'riqlar ko'rsatish
|
Dekabr, yanvar
|
Psixolog hamda sinf rahbarlari
|
3
|
Maktabda psixologik muhitni o'rganish va uni barqarorlashtirish
|
Doimiy
|
Psixolog
|
4
|
O'quvchilar o'rtasida aysh- ishratga, giyohvandlikka, yengil turmush kechirishga, qing'ir yo'l bilan boyishga ruju qiluvchi
|
Doimiy
|
Psixolog
|
Psixologik ma'rifat va tashviqot ishlari.
Psixologik ma'rifat va tashviqot - maktabning pedogogik jamoasini, o'quvchilarni va ota-onalarni psixologik bilimlarini egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirishga yo'naltirilgan tadbirlarga doir ish rejasi.
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati
|
Mas’ul shaxs
|
1.
|
Ota-onalar bilan turli mavzularda majlislar o'tkazish
|
Yil davomida talabga kora
|
Psixolog, ota- onalar
|
2.
|
Ota-onalar uchun so'rovnomalar testlar ishlab chiqish.
|
Yil davomida
|
Psixolog
|
3.
|
Maktab pedagogik kengashlarida ma'ruza bilan ishtirok etish.
|
Yil
davomida
|
Psixolog
|
4.
|
Psixologik xizmat hujjatlarini rasmiylashtirish.
|
Yanvar.
|
Psixolog
|
5.
|
Ozlashtirmovchi o'quvchilar bilan ishlashga doir aniq psixologik- pedagogik
tavsiyalar, ko'rsatmalar ishlab chiqish.
|
Yil
davomida
|
Psixolog, sinf rahbarlari, o' qituvchilar
|
Psixokorreksion ishlar Psixologik korreksiya va rivojlantirish - shaxs shakllanishi va psixik rivojlanishida sodir bo'ladigan kechikish, salbiy buzilish va nuqsonlarni bartaraf etish, shaxs va jamoaga faol ijobiy ruhiy ta'sir o'tkazish, shaxslararo munosabatlardagi muvofiqlikni ta'minlashga yo'naltirilgan tadbirlarga doir ish rejasi.
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati
|
Mas’ul shaxs
|
1.
|
Muayyan diagnostik ish asosida
|
Sentyabr, may.
|
Psixolog va 1-sinf
|
|
tavsiyalar ishlab chiqish: A) xotirani rivojlantiruvchi darslarni tashkil qilish; B) maktabga qabul qilingan 6 yoshli bolalar bilan «Psixologik sog' lomlashtirish dasturi» asosida korreksion darslar tashkil qilish.
|
Talabga kora I-
II-chorak
davomida
|
rahbarlari.
|
2.
|
Zamonaviy psixodiagnostika va psixokorreksion metodikalar bilan ishlash.
|
Yil davomida
|
Psixolog
|
3.
|
O'zlashtirmovchi o'quvchilar ruhiy dunyosidagi nuqsonlarni aniqlash va ularga yordam berish yo'l- yo'riqlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish.
|
May,
iyul, avgust.
|
Psixolog
|
4.
|
Xarakterida turlicha aktsentuatsiyasi mavjud o' quvchilar bilan psixokorreksion ishlarni o'tkazish.
|
Yil davomida, talabga ko'ra.
|
Psixolog
|
Psixokonsultativ ishlar.
Konsultatsiya (maslahat) - ziddiyat va nizolarni yumshatish, har bir shaxsning mavjud imkoniyatlarini imkon qadar kuchliroq namoyon eta olishiga zarur shart- sharoitlar yaratish, o'qituvchilar va ota-onalarning psixologik muammolarini hal etishga yordam berish, ularni o'z psixologik salomatliklarini muhofaza qilishga o'rgatishga doir maslahatlar berish ishlariga asoslangan faoliyat rejasi.
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati
|
Mas’ul shaxs
|
O'quvchilarni o' qishga qiziqtirish uchun nimalar qilish kerak
|
Yil
davomida
|
Psixolog
|
Maktab o' qituvchilarini qiziqtiradigan masalalar bo'yicha maslahat berish
|
Yil davomida talabga ko'ra
|
Psixolog
|
Boshlang' ich sinf o' quvchilarining maktabga moslashuviga yordam berish.
|
Noyabr, dekabr
|
Psixolog, sinf rahbarlari.
|
Shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o' qituvchilarga keng ko' lamda maslahatlar berish.
|
Doimiy
|
Psixolog
|
Kasb-hunarga yo'naltirish ishlari.
Kasb-hunarga yo'naltirish -o'quvchilarning layoqati, qiziqishi va qobilyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashni tayyorlashga doir tadbirlar ish rejasi.
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati
|
Mas’ul shaxs
|
O' quvchilar bilan kasb tanlashga doir suhbatlar o'tkazish, ularni faoliyat ko'rsatayotgan o'rta maxsus o'quv yurtlari yo'nalishi bilan sinf rahbari va proforientator orqali tanishtirish
|
Yil davomida
|
Psixolog, sinf
rahbari,
proforientator.
|
O' quvchilarni kasb tanlashga yo'naltirish,o' zlashtirmovchilikning sababini aniqlash.
|
Yil davomida, talabga ko'ra.
|
Psixolog,
proforientator.
|
|
|
|
Ta’lim sohasidagi psixologik xizmat me’yoriy xujjatlari
Pedagog-psixolog faoliyatining me'yoriy xujjatlari"O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'limni rivojlantirish bo'yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari to'g'risida"gi yig'ilishning 2-sonli bayoni ijrosini ta'minlash to'g'risida"gi buyruq va psixologik xizmat to'g'risidagi nizomni o'z ichiga oladi.
Psixologik xizmat to'g'risidagi NIZOM O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi 109-sonli “Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oqitish bilan qamrab olishni ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to'g'risida”gi qarori (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2010 y., 23-son, 184-modda) ga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimidagi muassasalarda Psixologik xizmat (keyingi o rinlarda Psixologik xizmat deb ataladi)ning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Amaliyotchi psixologlar maktabda psixologik xizmatning 6 ta (psixologik ma'rifat, psixologik-pedagogik tashxis, psixologik profilaktika, psixologik korrektsiya va rivojlantirish, psixologik maslahat, kasb-hunarga yo'naltirish) yo'nalishi bo'yicha faoliyat olib boradi va ulardan mazkur yo'nalishlar doirasidagi ish hujjatlarining yuritilishi talab etiladi.
Mazkur yo'nalishlar doirasida psixolog tomonidan yuritilgan har bir hujjat, birinchidan, psixologning o'zi uchun o'quvchi shaxsining barcha jihatlari, uning oilaviy muhiti, atrofdagilarning ta'siri, xatti-harakati hamda xulq-atvoridagi o zgarishlar, buzilishlar va boshqalar xususida to plangan ma'lumotlar tizimining yaratilishiga, ushbu ma'lumotlarni birini ikkinchisi bilan taqqoslashdan olingan xulosalarning toplanib borishiga imkoniyat yaratadi.
Ikkinchidan, ish hujjatlarining mavjudligi psixolog faoliyatining bosqichma- bosqich, tizimli ravishda borishini va yuqori natijalar olishga erishilishini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |