Guruhdagi muammoli holatni hal qilish
Ba’zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma ishtirokchilar ham bir xilda bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik guruhlarda ba’zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin bo‘lgan quyidagi ko‘rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak:
- ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jig‘iga tegishi mumkin;
- ishtirokchi o‘zini ko‘rsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi, noo‘rin kamsitishi mumkin;
- ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aql o‘rgatishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini bo‘lishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin;
- ishtirokchi topshiriqda tegishli bo‘lmagan narsalar haqida gapirib vaqt o‘tkazishga harakat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |