1. psixologik trening haqida tushunchA. Uning maqsad va vazifalari. Trening xaqida tushuncha. Psixologik treningning maqsadi va vazifalari


PSIXOLOGIK TRENING HAQIDA TUShUNChA



Download 0,63 Mb.
bet2/98
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#221871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
Тренинг

1. PSIXOLOGIK TRENING HAQIDA TUShUNChA.

UNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
Trening xaqida tushuncha.

Psixologik treningning maqsadi va vazifalari.
Keyingi yillarda jamiyatdagi insonlar salomatligi muammosi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bilan birga quvonarli hol shundan iboratki, har bir kishi o‘z salomatligiga nisbatan ongli munosabatda bo‘lmoqda. Salomatlik deganda nafaqat jismoniy balki, prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “... har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ruhan, ham ma’nan” sog‘lom bo‘lishga e’tibor berilayotganligi ham bizning yutug‘imizdir.

Zamonaviy psixologik adabiyotlarda va bu sohadagi mutaxassislar orasida trening atamasi juda ko‘p ishlatilmoqda. Trening ingliz tilidan olingan bo‘lib, “mashq qilish”, “takrorlash” ma’nolarini bildiradi. Psixologik trening xaqida gap ketganda, bu atama ko‘pchilik tomonidan “muammolarni yechimi topiladigan mashg‘ulot” sifatida qabul qilinadi. Aslini olganda trening mashg‘ulotlari kishilarning muammolarini hal qilmaydi, balki shu muammolarning asosini taxlili qila olish uchun lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. Ya’ni TRENING – shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida turli xil o‘yin va mashqlar orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulot hisoblanadi.

Treningga ta’rif berish yoki uni tushuntirishda turli mualliflar tomonidan turlicha yondashuvlar keltirilgan bo‘lsada, ularning aksariyati trening mashg‘ulotlari o‘yin va mashqlar orqali amalga oshirilishiga va trening jarayonida ko‘nikma va malakalar hosil etilishiga e’tibor qaratganlar.

Jumladan, O.Gorbushina, trening – bu shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan hissiyotlarga boy bo‘lgan mashg‘ulotdir, deb ta’riflaydi.



Shundan kelib chiqqan hoda treningni maqsadi va vazifalariga ham aniqlik kiritib olish mumkin. O‘tkaziladigan psixologik treninglarning maqsadi quyidagicha bo‘lishi kuzatiladi:

  • Shaxsda muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • Hayotdagi qarama-qarshiliklarni to‘g‘ri tushuna olish va tahlil qilishga o‘rgatish;

  • Shaxsning ichki holati (ruhiyati)ni o‘zgartirishga erishish;

  • Shaxsni kamoloti uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni hosil qilish;

  • Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmasini hosil qilish.

Tajribalardan kelib chiqib aytish mumkinki, treninglar uchun umumiy bo‘lgan vazifalar mavjud bo‘lishi mumkin emas. Chunki har bir trening o‘z oldiga qo‘ygan o‘zining o‘ziga xos va mos vazifalariga egaki, shunga muvofiq holda ham aytish mumkin-ki, treninglarda vazifa sifatida har bir tanlab olingan muammo yuzasidan ma’lum holatlar nazarda tutiladi. Lekin umumiy holda psixologik treninglarning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Guruh a’zolarining bir-birlari bilan tanishuvini tashkil etish;

  • Guruh a’zolari bilan birgalikda normalarga amal qilishga o‘rganish;

  • Guruh a’zolarining muammolarini gapirtirishga sharoit yaratish;

  • Guruh a’zolari o‘rtasida o‘zaro do‘stona muhit yaratish;

  • Guruh a’zolarining kayfiyatini ko‘tarish;

  • Guruh a’zolari o‘rtasida samimiylik muhitini yaratish;

  • Guruh a’zolarining o‘zaro jipsligini, ahilligini ta’minlash;

  • Guruh a’zolarining “qayta aloqa”sini ta’minlash;

  • Guruh a’zolarida turli xil hayotiy ko‘nikma va malakalarni hosil qila oluvchi mashg‘ulotlar tashkil etish.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish