Treningda ishtirokchilarning jinsi masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo‘lishi kerak. (7ta ayol 6ta erkak, yoki 6ta ayol 9ta erkak). Chunki qaysidir jins vakilining ko‘p, qaysinisiningdir kam bo‘lishi guruhning o‘zaro erkin munosabatda bo‘lishi va ular orasida ishonch muhitining vujudga kelishiga xalaqit berishi mumkin. Bundan tashqri guruhda erkaklar sonining ko‘p bo‘lishi (10ta erkak 5ta ayol) olib borilayotgan bahs-munozaralarda erkaklarcha munosabatning ustun bo‘lishiga, aksincha holat (12 ayol 4-5ta erkak) esa ayollarga xos fikrlarning ustunlik qilishiga olib kelish ehtimolini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |