Trening jarayonida kichik guruhlar bilan ishlash.
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari.
Trening jarayonida guruhni tez-gez kichik guruhlarga bo‘lib ishlash maqsadga muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini faol ishtirok etishga undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini ta’minlab bo‘lmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman chetda qolishiga sabab bo‘ladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol ishtiroki talab etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli muxitni yaratadi, ularning bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kirishishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, oilaviy mavzularga doyr nozik savollar muhokama etilganda ba’zi ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish, noqulaylikni yo‘qotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik bo‘lsa, undagi ishtirokchilarda qo‘rkuv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon bo‘ladi.
Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari:
1. Kichik guruhlarga bo‘lishda o‘yin orqali bo‘lish usulidan foydalanish lozim.
2. Guruhlarga bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarni aniq va tushunarli qilib berish kerak.
3. Mikroguruhlarga topshiriq berayotganingizda instruksiyani ularning hammasiga birvarakayiga tushuntirish kerak. Negaki, agar trener bitta guruhga ko‘rsatma berib, qolganlariga ham birma-bir tushuntirmoqchi bo‘lsa, u holda topshiriqni olgan guruhlar darhol muhokamani boshlab yuborishadi va sinfda shovqin-suron ko‘tariladi, trener esa qolgan guruhlarga ko‘rsatma berishga qiynalib qoladi.
Topshiriq bajarilgandan keyin uni albatta umumiy guruhda muhokama qilish kerak, bunda har bir mikro guruhdan bittadan vakil chiqib, uz guruhining fikri bilan tanishtiradi.
Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki ekspert rollarini trenerning o‘zi taqsimlab berishi kerak.
Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketish kerak emas, bu narsa treningni samaradorligi va rivojlanishiga halakit berishi xam mumkin. Shuning uchun 2 soatlik treningda 3 kishilik guruhga bo‘linadigan topshiriqlardan ikkita, 7-8 kishilik guruhga bo‘linadigan topshiriqlardan bittadan ortiq bajartirmaslikka harakat qilish lozim.
Trener mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak.
- ishtirokchilarga hech qachon kamsituvchi ohangda ogohlantirish bermaslik kerak;
- guruhdagi biror ishtirokchi gapirayotganda uning so‘zini bo‘lmasdan eshitishi va qolganlarni ham shunga o‘rgatish kerak;
- mavzu doirasidan chetga chiqmaslikni so‘rash kerak;
- hammaning so‘zga chiqishini ta’minlash kerak;
- munozaralarda qaysidir shaxs hayotiga aloqador fikrlar shu yerda qolishga guruhni odatlantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |