Guruh a’zolari o‘rtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va ishtirokchi munosabatlarida nizoning paydo bo‘lishi.
Boshlovchi nima qilishi kerak: agar guruhdagi ishtirokchilar yoki kichik guruhlar o‘rtasida o‘zaro nizolar kelib chiqsa, nizoni konstruktiv yo‘l bilan hal etish lozim; agar boshlovchi va ishtirokchi o‘rtasida nizo paydo bulsa, boshlovchi o‘z hissiyotlarini bayon etib ishtirokchi bilan gaplashishga urinib ko‘rishi, kompromissga kelishga urinishi va kezi kelganda o‘z xatosini tan olishi kerak. U quyidagi qoidani esda tutishi kerak: "Boshlovchi hamma ishtirokchilarga albatta yoqishi va o‘zi ham hammani yaxshi ko‘rishi shart emas, ular bir-birlarini yaxshi ko‘rishga ham majbur emaslar!"
Do'stlaringiz bilan baham: |