O‘yinning jadalligi va sur’ati
Trener o‘yinning borishini, uning jadalligi va sur’atini aniqlab olishi muhimdir. Agar o‘yin cho‘zilib ketadigan bo‘lsa, uni tezlatishga, ishtirokchilarni qiziqtirish uchun ko‘tarinki ruxda tugatishga harakat qilish zarur.
Qiziqtirish va sirlilik (o‘yinga jalb qilish)
Ba’zi hollarda trener o‘yinni boshlashdan va o‘yin qoidalarini tushuntirishdan oldin ishtirokchilarni qiziqtirish uchun o‘yinga doir qiziqarli voqea-hodisalarni so‘zlashi, ertak yoki afsonalar aytib berishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |