Trenerning emotsional ta’sirchanlik qobiliyati
Trener o‘zidagi istak-xohishni aniq namoyon qilish orqali ishtirokchilarni o‘yinni boshlashga qiziqtirishi lozim. O‘yinni boshlash uchun qilingan taklif jonli, quvnoq tarzda aytilishi va ishtirokchilarni harakatga keltirishi kerak. Guruhdan o‘yinni boshlashga bo‘lgan xohishini so‘rash tavsiya etilmaydi, chunki ko‘pchilik ishtirokchilar uchun bu noodatiy hol bo‘lib, ular o‘yinga qatnashishdan bosh tortishi mumkin. Shuning uchun guruhni tanlash imkoniyati (ya’ni "xohlasang qatnash, xohlamasang o‘ynamasliging mumkin" kabi) vaziyatida qoldirmaslik kerak, "albatta o‘ynaymiz" degan qaror — yagona qaror bo‘lishi kerak!
Do'stlaringiz bilan baham: |