6. IShNI OLIB BORISh BOSQIChI
Ishni olib borish bosqichi – bu trening jarayonini va mashg‘ulotlarning qanday olib borilishi, ularning turlari, trening jarayonida qo‘llaniladigan usullardan iboratdir.
Trening turlari
Treninglarni qanday maqsadda tashkil etilishiga qarab, asosan quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
Turli xil psixologik muammolardan chiqib ketish uchun ko‘nikmalar hosil qilish maqsadidagi treninglar
Davolash maqsadida tashkil etiladigan treninglar
Boshqaruv malakalarini shakllantiruvchi treninglar
Birinchi turdagi treningni yana bir necha xilga ajratish mumkin:
Shaxslararo muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish uchun tashkil etiladigan treninglar.
Shaxsni barkamollashtirishga qaratilgan treninglar
Emotsional hissiy zo‘riqishlarni bartaraf etish bilan bog‘lik treninglar.
Tanani yangi xatti-harakatlarga o‘rgatish uchun treninglar.
Bularni har birini alohida qarab chiqiladigan bo‘lsa, quyidagi ma’lumotlarni berish mumkin bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |