Mavzu: Emotsiyaning motivatsiyada tutgan oʻrni



Download 51,7 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2022
Hajmi51,7 Kb.
#527447
  1   2   3
Bog'liq
Emotsiyaning motivatsiyada tutgan oʻrni


Mavzu: Emotsiyaning motivatsiyada tutgan oʻrni
Motiv va motivatsiyani shakllantiruvchi mashg‘ulotlar, treninglar o‘tkazish metodikasi
5–7–9–sinf o‘quvchilarida o‘quv motivlarini shakllantirish maqsadida bir nechta mashg‘ulotdan iborat bo‘lgan psixologik treninglar(mashqlar) majmuasi ishlab chiqildi va ular amaliyotda sinab ko‘rildi.
Ushbu treningni o‘tkazish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar yaratildi:
1. Har doim quyidagi qoidaga rioya qilinishi shart: mashg‘ulot ishtirokchilari mashg‘ulotlar turlari, uning yo‘nalishi imkoniyatlariga karaganda, ularning ketma–ketligini tanlash muayyan vaziyatda qoldirilishi lozim:
"Keyingi mashg‘ulot mavzusini tanlang. Sizga taklif qilinadi" yoki.....
2. Har bir mashg‘ulot metomodelini, ya’ni kutilma natijani ta’riflash bilan boshlanadi.
3. Mashg‘ulot davomida quyidagilarga rioya qilish zarur:
a) ishtirokchilarning jismoniy erkinligi,
b) ularning jismoniy erkinligi pauzalari. Turish, yurish, boshqa joyga o‘tirish, so‘rab olish, savol berishga ruxsat etiladi.
4. Topshiriq bajarilganligi uchun o‘quvchilarni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish: kitob, daftar va boshqa sovg‘alar taqdim etish.
5. Mashg‘ulot boshlanishidan oddin ishtirokchilarning nomlari kartochkaga yozilib, ko‘kraklariga qistirib qo‘yilishi lozim.
6. O‘quv motivlari pauzasining kiritilishi (fikrlashlar, tez idrok qilishlar, o‘yinlar, tez aytishlar, faollik ko‘rsatish va xokazo).
7. Ishtirokchilar bilan kelishish: to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar yo‘q. Qiziqarli, muvaffaqiyatli, aniq va boshqa javoblar bor.

Muvaffaqiyat motivatsiyasini o‘lchash test savollari


(A) shakli
1) Men yomon baho olish mumkinligidan qo‘rqmay, ko‘proq yaxshi baho olish haqida o‘ylayman.
2) Agar menga notanish hamda murakkab topshiriq berishsa, men uni yolg‘iz o‘zim echmasdan, balki birovnint yordamida bajargan bo‘lar edim.
3) Men o‘zim echa oladigan topshiriqlardan ko‘ra, ko‘pincha murakkab, echimi qiyin hamda echa olishga o‘zimda ishonch yo‘q masalalarni bajarishga intilaman.
4) Meni qiyin, kutilmalarga boy ishlardan ko‘ra, zo‘riqish talab qilmaydigan, bajarishga ko‘zim etadigan oson vazifalar qiziqtiradi.
5) Mabodo men biror ishni ko‘ngildagiday bajara olmasam, u holda uddalashim mumkin bo‘lgan engil yo‘l tutmasdan, balki bor qobiliyatimni berib bo‘lsa ham echa olmagan topshiriqni bajarishga harakat qilaman.
6) Men oylik maoshi o‘rtacha, o‘z faoliyatimni o‘zim aniqlash imkonini beruvchi ishlardan ko‘ra, bajaradigan vazifam aniq ishni afzal ko‘rgan bo‘lar edim.
7) Men badiiy kitoblar bilan shug‘ullanishdan ko‘ra, maxsus adabiyotlarga, ya’ni ilmiy kitoblarni o‘qishga ko‘proq vaqt sarflayman.
8) Men engil yumushdan ko‘ra bajarilish ehtimoli past bo‘lsa–da, ahamiyatli, murakkab ishni tanlagan bo‘lar edim.
9) Ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan, fikrlashni talab qiluvchi o‘yinlardan ko‘ra, ommabop xordiq chiqarish o‘yinlarini yoqtiraman.
10) Agar biror ish yuzasidan o‘rtoqlarim bilan kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, u holda o‘sha ishni iloji boricha durustroq bajarish men uchun juda muhimdir.
11) Mabodo karta o‘ynash lozim deb topilsa, unda men fikrlashni talab qilmaydigan engil o‘yin bilan shug‘ullangan bo‘lar edim.
12) Barcha ishtirokchilarning kuchlari teng musobaqadan ko‘ra, o‘zimdan kuchsizroq sportchilar bilan musobaqada qatnashishni xohlayman.
13) Bo‘sh vaqtimda ommabop engil mashg‘ulotlarga qaraganda, meni fikrlashga etaklovchi o‘yinlarni o‘rganishni yoqtiraman.
14) Men birovlarning maslahatiga quloq solmasdan, balki xato bo‘lsa-da, o‘zim ishni oxiriga etkazishni lozim topaman.
15) Agar tanlash imkoniyatim mavjud bo‘lsa, dastlabki maosh 50 ming, biroq keyinchalik 100 ming bo‘lishiga kafolati bor lavozimga qaraganda, hozirgi maosh 100 ming, lekin ko‘payishi noma’lum ishni tanlagan bo‘lar edim.
16) YAkkama–yakka bo‘ladigan musobaqadan ko‘ra, komanda bo‘lib o‘ynashda ishtirok etishni yoqtiraman.
17) Ishni qo‘l uchida, engil–elpi qilishdan ko‘ra, sira kuchimni ayamay, o‘zimni qoniqtiruvchi darajagacha ishlashni afzal deb bilaman.
18) Davlat attestatsiyasida shaxsiy qarash va fikrimni aniqlovchi savollardan ko‘ra, o‘tilgan mavzular yuzasidan berilgan savollarni ma’qul ko‘raman.
19) Turmushim na ijobiy, na salbiy tomonga o‘zgartirmovchi, past ko‘rsatkichli ishdan ko‘ra, murakkab, lekin natijasi yuqori, bajarilmay qolish ehtimoli mavjud, ya’ni omadsizlik ehtimoli bor yumushni tanlagan bo‘lar edim.
20) Sessiyada muvaffaqiyatli javob bersam ham "a’lo" bahoga xursand bo‘lish o‘rniga, ko‘pincha, "uf, qutildim" deb quvonaman, xolos.
21) 2 ta bajarilishi lozim bo‘lgan ishdan bittasini tanlab olish talab qilinsa, u holda eng qiyin, eng murakkab topshiriqni echgan bo‘lar edim.
22) Nazorat vazifasini echishda to‘g‘ri bajarish to‘g‘risida o‘ylamasdan, balki xatoga yo‘l qo‘ymaslik haqida hadiksirayman.
22) Biror ishni uddasidan chiqmasam, unda birovlardan yordam so‘rayman.
(B) shakli
1) Men yomon baho olishdan xavotirlanmay, balki yaxshi baho olish haqida ko‘proq o‘ylayman.
2) Men engil, echa oladigan masalalarga qaraganda, asosan murakkab, echa olishga ishonchim yo‘q topshiriqlarni echishga harakat qilaman.
3) Murakkab, favqulodda kutilmagan voqeliklar sodir bo‘lishi mumkin ishga qaraganda, engil, zo‘riqish talab qilmaydigan, bajarishga ishonchim komil topshiriqlar meni ko‘proq qiziqtiradi.
4) Agar biror murakkab ishni bajara olmagan bo‘lsam, unda engil topshiriqqa kirishmasdan, balki jon jahdim bilan uddalamagan yumushni davom ettirishga intilaman.
5) Men o‘rtacha maoshli hamda bajarilishi noaniq ishga qaraganda, vazifasi aniq, maoshi esa yuqori topshiriqni (faoliyatni) afzal ko‘rgan bo‘lar edim.
6) Meni omadi kulib boqqan umidga qaraganda, omadsizlik bo‘sag‘asidagi qo‘rquv menga ta’sir qiladi.
7) Ilmiy ommabop adabiyotlardan ko‘ra, men ko‘proq badiiy kitoblarga qiziqaman.
8) Men juda murakkab, bajarilish ehtimoli 50% ga teng ishni, muhim, lekin oson ishdan afzal ko‘raman.
9) Ko‘pchilikka noma’lum, bilim talab qiluvchi o‘yinlarga qaraganda, men ko‘pincha ommabop engil o‘yinlarni o‘rganaman.
10) Tengdoshlarim orasida kelishmovchilik chiqishi mumkin bo‘lsa–da, bajarayotgan ishimni iloji boricha yaxshiroq oxiriga etkazish men uchun juda muhim.
11) Davlat attestatsiyasida yaxshi javob bersamda, negadir a’lo bahoga quvonish o‘rniga "uf, qutildim" deb xursand bo‘laman, xolos.
12) Agar biror narsa bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘lsam, murakkab fikrlashni talab qiluvchi o‘yinlarga qaraganda, engil, ko‘ngilochar o‘yin bilan shug‘ullangan bo‘lar edim.
13) Ishtirokchilarning imkoniyatlari bir–biriga yaqin bo‘lgan musobaqadan ko‘ra, o‘zimdan kuchsizroqlar bilan musobaqalashishni afzal ko‘raman.
14) Omadsizlikdan keyin ishni davom ettirishga ehtiyojni yo‘qotmasdan, balki uni yanada kuchliroq bajarishga intilaman.
15) Omad keltirgan baxtga qaraganda, omadsizlik mening hayotimni ko‘proq zaharlaydi.
16) Notanish vaziyatlarda menga qiziqishga nisbatan hayajonlanish, hadiksirash kuchliroq ko‘zga tashlanadi.
17) Har doim o‘zim tayyorlaydigan ovqat o‘rniga notanish taomni pishirishga intilish menda kuchlilik qiladi.
18) Kerakli, biroq zerikarli topshiriqdan ko‘ra, yoqimli, lekin engil ishni bajarishga intilaman.
19) Bir paytning o‘zida bir nechta ish bilan mashg‘ul bo‘lishdan ko‘ra, shu daqiqada faqat bir topshiriqni oxirigacha etkazishga harakat qilaman.
20) Mabodo men kasal bo‘lib uyda qolishga majbur bo‘lsam, u holda vaqtimni ishga, o‘qishga emas, balki dam olishga sarflayman.
21) Agarda men bir nechta odamlar bilan bir xonadonda yashasam, mabodo biz ziyofat tashkil qilmoqchi bo‘lsak, u holda o‘zim tashkilotchilik qilishni yoqtiraman.
22) Men biror ishni bajara olmasam, uni o‘zim davom ettirmasdan birovdan maslahat so‘rayman.
23) Musobaqalashish vaqti yaqinlashganda xavotirlanishdan ko‘ra, menda qiziqish va azart kuchayadi.
24) Men qiyin ishni bajarishga kirishganimda umiddan ko‘ra uni uddalay olmasligimdan xavotirlanaman.
25) O‘zim javobgar ishdan ko‘ra, birovning boshchiligida ishlaganimda yaxshiroq natijaga erishaman.
26) Tanish hamda bajarishga ishonchim komil ishga qaraganda, notanish, murakkab topshiriq menga ko‘proq yoqadi.
27) Mabodo men birorta masalani yaxshi echsam, u holda boshqa variantlarga o‘tmasdan, balki shunga o‘xshash topshiriqlarni bajarishga zo‘r qoniqish bilan intilaman.
28) Men aniq bajariladigan vazifa ko‘rsatilganiga qaraganda, umumiy tarzdagi topshiriqlarda mahsuldorroq ishlayman.
29) Agar biror muhim ishni bajarishda xatoga yo‘l qo‘ysam, u holda mening ko‘nglim, kayfiyatim tushib ketadi, hatto o‘zimni qo‘lga ololmay qolaman.
30) Kelajak haqida rejalarimni turmushga tatbiq qilish o‘rniga, ko‘pincha men orzu–havas qilaman, xayoliy rejalar tuzaman.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.


Download 51,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish