1. Podsho Rossiyasining Turkistonni bosib olishi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlari


Turkiston o’lkasining ma’muriy-hududiy boshqaruvi



Download 124,84 Kb.
bet6/9
Sana20.03.2022
Hajmi124,84 Kb.
#501816
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turkistonda Rossiya imperiyasi

2.Turkiston o’lkasining ma’muriy-hududiy boshqaruvi. Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklarini bosib olganidan so’ng bu hududlaprda ko’p asrlardan buyon shakllanib, mavjud bo’lib kelgan, o’troq va ko’chmanchi aholining diniy hamda mahalliy xususiyatlarini o’zida aks ettirgan boshqaruv tizimi o’rniga imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tartiblari o’rnatiladi. Ma’lumki, 1867 yilda Turkiston general- gubernatorligi tashkil etilib, uning general-gubernatori o’z qo’lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan. General-gubernator bir vaqtning o’zida podsho noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, Yettisuv kazak qo’shinlari atamani, bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini ham o’tagan. General-gubernator imperator tomonidan tayinlangan va vazifasidan ozod etilgan bo’lib, u harbiy vazirga bo’ysungan.
Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv tizimi markaziy, viloyat,uezd (tuman), uchastka (volost), shahar, qishloq va ovul boshqaruvi shakllaridan iborat edi. General-gubernatorlik dastlabki tashkil etilgan paytda ikkita – markazi Toshkent bo’lgan Sirdaryo va markazi Verniy (Olmaota) bo’lgan Yettisuv viloyatlaridan iborat bo’lgan. Sirdaryo viloyati hududiga aosan ilgari Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan. Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Alatavsk okrugi hududlari hamda Turkiston viloyatining bir qismidan iborat hududlarda tashkil etilgan.
Sirdaryo viloyati ma’muriy jihatdan Kazalinsk, Perovsk, Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Xo’jand, Jizzax uezdlariga bo’lingan bo’lsa, Yettisuv viloyati Sergiopol, Kopal, Verniy, Issiqko’l va To’qmoq uezdlariga bo’lingan. Rossiya hukumati yangidan bosib olingan yerlar hisobiga Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga qo’shimcha ma’muriy – hududiy birlik tashkil etib borgan. Jumladan, 1868 yilda Buxoro amirligiga qarashli bosib olingan yerlarda markazi Samarqand bo’lgan Zarafshon okrugi, Xiva xonligiga qarashli yerlarni bosib olish hisobiga 1874 yilda markazi Petro-Aleksandrovich (To’rtko’l) bo’lgan Amudaryo bo’limi, 1876 yilda Qo’qon xonligi hududlarida markazi Yangi Marg’ilon (Skobelev, Farg’ona) bo’lgan Farg’ona viloyati tashkil etilgan edi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy-hududiy jihatdan Sirdaryo, Yettisuv, Samarqand, Farg’ona va Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyatlari hamda Amudaryo bo’limidan iborat edi. Viloyatlar uezdlarga bo’lingan bo’lib, ular quyidagilar edi: Sirdaryo viloyati – Avliyoota, Kazalinsk, Qurama, Perovsk, Turkiston, Chimkent; Toshkent shahri markaz sifatida general-gubernatorga bo’ysungan; Amudaryo bo’limi ham Sirdaryo tarkibida bo’lgan; Yettisuv viloyati – Verniy, Kopal, Jarkent, Lepsin, Pishpek, Prjevalsk, To’qmoq; Farg’ona viloyati – Andijon, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan, O’sh, Chust va Chimyon; Samarqand viloyati – Samarqand, Kattaqo’rg’on, Xo’jand va Jizzax; Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyati – Mang’ishloq, Krasnovodsk, Ashxobod, Tajan va Marv uezdlari.
Viloyatlar boshqaruvi harbiy gubernator va viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirib borilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, harbiy gubernator harbiy va harbiy fuqarolik xususiyatiga ega bo’lgan. Harbiy gubernator qoshida amaldorlar va viloyat boshqarmasi mavjud bo’lib, viloyat boshqarmasiga harbiy gubernatorning yordamchisi raislik qilgan. Bu yordamchi harbiy gubernator bilan kelishilgan holda imperator yorlig’i bilan vazifasiga tayinlangan va ozod etilgan. Harbiy gubernator bo’lmagan paytlarda uning vazifasini yordamchisi bajargan. Viloyat boshqarmasi uchta bo’lim – farmon beruvchi, xo’jalik va sud bo’limlaridan iborat bo’lgan. Bo’lim boshliqlari general-gubernator tomonidan tayinlangan hamda vazifasidan ozod etilgan. Uezdlarni uezd boshliqlari idora qilgan. Ular general-gubernator tavsiyasiga binoan oliy yorliq bilan vazifasiga tayinlangan va ozod etilgan. Uezd boshliqlari ma’muriy va politsiya vazifasini bajargan hamda qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilgan.
Mahalliy boshqaruv ko’chmanchi aholini boshqarish va o’troq aholini boshqarishga bo’lingan. Har bir uezddagi ko’chmanchi aholi viloyatlarga, volostlar esa ovullarga bo’lingan. Volost (bo’lis)lar – volost boshqaruvchilari, ovullar esa oqsoqollar tomonidan boshqarilgan. Viloyat boshqaruvchilari va unga nomzodlar harbiy gubernator tomonidan, ovult oqsoqoli va unga nomzodlar uezd boshlig’i tomonidan tayinlangan. Volost boshlig’i politsiya va ma’muriy hokimiyatni amalga oshirgan. O’troq aholini boshqarish qishloqlarda ma’muriy va politsiya vakolatlariga ega bo’lgan oqsoqollar tomonidan amalga oshirilgan. O’troq aholi uezdlarda volostlarga, volostlar esa qishloq jamoalari (oqsaqolliklar)ga bo’lingan.
1886 yilgi “Nizom” ga ko’ra, Turkiston o’lkasini boshqarish quyidagicha bo’lingan:

Download 124,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish