1. Podsho Rossiyasining Turkistonni bosib olishi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlari


Turkiston o’lkasining ma’muriy-hududiy boshqaruvi



Download 124,84 Kb.
bet4/9
Sana20.03.2022
Hajmi124,84 Kb.
#501816
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turkistonda Rossiya imperiyasi

Turkiston o’lkasining ma’muriy-hududiy boshqaruvi.
Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklarini bosib olganidan so’ng bu hududlaprda ko’p asrlardan buyon shakllanib, mavjud bo’lib kelgan, o’troq va ko’chmanchi aholining diniy hamda mahalliy xususiyatlarini o’zida aks ettirgan boshqaruv tizimi o’rniga imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi boshqaruv tartiblari o’rnatiladi. Ma’lumki, 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, uning general-gubernatori o’z qo’lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan. General-gubernator bir vaqtning o’zida podsho noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, Yettisuv kazak qo’shinlari atamani, bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini ham o’tagan.
General-gubernator imperator tomonidan tayinlangan va vazifasidan ozod etilgan bo’lib, u harbiy vazirga bo’ysungan. Turkiston general-gubernatorligi boshqaruv tizimi markaziy, viloyat,uezd (tuman), uchastka (volost), shahar, qishloq va ovul boshqaruvi shakllaridan iborat edi. General-gubernatorlik dastlabki tashkil etilgan paytda ikkita – markazi Toshkent bo’lgan Sirdaryo va markazi Verniy (Olmaota) bo’lgan Yettisuv viloyatlaridan iborat bo’lgan. Sirdaryo viloyati hududiga aosan ilgari Turkiston viloyatiga tegishli bo’lgan yerlar va Qo’qon xonligining bosib olingan shimoliy hududlari kirgan. Yettisuv viloyati esa Semipalatinsk viloyatining Sergiopol, Kopal va Alatavsk okrugi hududlari hamda Turkiston viloyatining bir qismidan iborat hududlarda tashkil etilgan.
Sirdaryo viloyati ma’muriy jihatdan Kazalinsk, Perovsk, Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Toshkent, Xo’jand, Jizzax uezdlariga bo’lingan bo’lsa,
Yettisuv viloyati Sergiopol, Kopal, Verniy, Issiqko’l va To’qmoq uezdlariga bo’lingan. Rossiya hukumati yangidan bosib olingan yerlar hisobiga Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga qo’shimcha ma’muriy – hududiy birlik tashkil etib borgan. Jumladan, 1868 yilda Buxoro amirligiga qarashli bosib olingan yerlarda markazi Samarqand bo’lgan Zarafshon okrugi, Xiva xonligiga qarashli yerlarni bosib olish hisobiga 1874 yilda markazi Petro-Aleksandrovich (To’rtko’l) bo’lgan Amudaryo bo’limi, 1876 yilda Qo’qon xonligi hududlarida markazi Yangi Marg’ilon (Skobelev, Farg’ona) bo’lgan Farg’ona viloyati tashkil etilgan edi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy-hududiy jihatdan Sirdaryo, Yettisuv, Samarqand, Farg’ona va Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyatlari hamda Amudaryo bo’limidan iborat edi.
Viloyatlar uezdlarga bo’lingan bo’lib, ular quyidagilar edi: Sirdaryo viloyati – Avliyoota, Kazalinsk, Qurama, Perovsk, Turkiston, Chimkent; Toshkent shahri markaz sifatida general-gubernatorga bo’ysungan; Amudaryo bo’limi ham Sirdaryo tarkibida bo’lgan; Yettisuv viloyati – Verniy, Kopal, Jarkent, Lepsin, Pishpek, Prjevalsk, To’qmoq; Farg’ona viloyati – Andijon, Qo’qon, Marg’ilon, Namangan, O’sh, Chust va Chimyon; Samarqand viloyati – Samarqand, Kattaqo’rg’on, Xo’jand va Jizzax; Kaspiyorti (Zakaspiy) viloyati – Mang’ishloq, Krasnovodsk, Ashxobod, Tajan va Marv uezdlari.
Rossiya imperiyasi bosib olingan hududlarda o’z hukmronligini o’rnatish va boshqarish uchun mustamlakachilarning manfaatlarini himoya qiladigan mustahkam boshqaruv tartiblarini joriy etish uchun barcha chora-tadbirlarni ko’rdilar. Chunki boshqaruv tizimi Rossiya hukumati uchun juda muhim bo’lib, bosib olingan joylarda mustamlakachilik siyosatini olib borishda asosiy tayanch hisoblangan.
Tadqiqotchilarning e’tirof etishlaricha, Turkiston ma’muriyati imperiyaning boshqa o’lkalari boshqaruvidan o’zining keskin harbiylashgani bilan alohida ajralib turadi. Rossiya hukumatining Turkiston o’lkasi uchun 1865-1916 yillar oralig’ida ishlab chiqqan hamda amalga tadbiq etilgan o’nta qonun loyihalari (1865, 1867, 1871, 1873, 1882, 1884, 1886, 1908, 1912, 1916 yillar) da va ularning moddalariga adliya, moliya, harbiy, ichki ishlar va boshqa vazirliklar kiritgan o’zgarishlarda ana shu holat o’z aksini topgan.
Toshkent shahri bosib olinganidan so’ng 1864-1865 yillarda bosib olingan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibida (1865 y.) harbiy-lashgan ma’muriy boshqaruv tartiblariga asoslangan Turkiston viloyati tashkil etilib, unga general-mayor M.G.Chernyaev gubernator etib tayinlanadi. Turkiston viloyatini boshqarish uchun 1865 yil 6 avgustda “Turkiston viloyatini boshqarish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom” qabul qilinib, unga muvofiq harbiy va fuqarolik hokimiyati harbiy gubernator qo’lida bo’limlarga bo’linib, ularni bo’lim boshliqlari boshqargan. Bo’lim boshlig’i bir vaqtning o’zida bo’lim harbiy komendanti ham hisoblangan.Bo’lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi va rus amaldorlaridan tayinlanadigan boshqaruvchilar bo’ysungan. Shuningdek, bu “Nizom” ga ko’ra, Turkiston viloyati gubernatori, “biy, oqsaqol, rais va qozi lavozimidagi tub joy aholi vakillarini egallab turgan lavozimiga tasdiqlash, bo’shatish, almashtirish vakolatiga ega bo’lgan”.
Mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi boshqaruvchilarning vazifalari joylarda tinchlikni saqlash, karvonlar xavfsizligini ta’minlash, o’rmon, suv inshootlarini qo’riqlash, o’troq va ko’chmanchi aholi o’rtasidagi janjallarni hal qilish, aholiga soliq va majburiyatlarni belgilash, ularni o’z vaqtida va o’z miqdorida to’lashni nazorat qilish,nazorat natijalarini bo’lim boshlig’iga yetkazishdan iborat bo’lgan. Mahalliy aholining o’troq hayot kechiruvchi qismida sud ishlari bo’yicha qozilar chiqargan hukmlar harbiy gubernator tomonidan tasdiqlanishi lozim bo’lib, qozilarning chiqargan hukmlarini harbiy gubernator o’zgartirish huquqiga ega bo’lgan. Ko’chmanchi aholining biy sudlari mahalliy aholi boshqaruvchilarining ruxsati bilan o’tkazilgan. Biy sudlarida ishlar odat qoidalari asosida ko’rilgan.
1865 yildayoq Rossiya imperatori Aleksandr II ning farmoni bilan Orenburg va G’arbiy Sibir general-gubernatorliklari hamda Turkiston viloyati turmush tarzi va umumiy ahvolini o’rganish uchun “Dasht komissiyasi” tuzilib, O’rta Osiyoga jo’natiladi. Ushbu komissiyaning vazifasi bosib olingan hududlardagi sharoitni o’rganish hamda ularni qanday boshqarish haqida nizom tuzish uchun ma’lumotlar to’plashdan iborat edi. Komissiya o’z ish jarayonida bosib olingan yerlardan quyidagi qoidalarga asoslangan holda foydalanishni belgilab bergan edi:

Download 124,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish