5. S.M. Duxovskiy – 1898-1901 yy.
6. N.A. Ivanov – 1901-1904 yy.
7. P.N. Tevyashov – 1904-1905 yy.
8. D.I. Subotich – 1906 y.
9. N.I. Grodekov – 1907-1908 yy.
10. P.I. Mishenko – 1909 y.
11. A.B. Samsonov – 1909 -1913 yy.
12. Flug, Martson va Yerofeevlar – 1913-1916 yy.
13. A.N. Kuropatkin – 1916-1917 yy.
Chor Rossiyasi ma’murlari o’zlarining Turkistondagi mustamlakachilikka asoslangan maqsadlarini keng qo’lamda amalga oshirish uchun o’lkani ruslashtirish siyosatiga alohida e’tibor berganlar. Ma’lumotlarga ko’ra, Turkistonda ochilgan davlat muassasalari, sudlar, banklar va boshqa tashkilotlarda ish yuritish faqat rus tilida olib borilgan. Mahalliy aholi (asosan boylar, savdogarlar, qozilar va oqsoqollar) ning bolalarini rus tiliga o’rgatish uchun rus – tuzem maktablari ochilgan. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad chorizm ma’muriyatiga sadoqatli amaldorlarni tayyorlash va kelajakda “siyosiy ahamiyatga ega bo’lmagan boshqaruv ishlarigagina mahalliy aholini jalb qilishdan ” iborat edi.
Vassal Buxoro amirligi va Xiva xonligining siyosiy tuzumi
X1X asrning oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligida quyidagi uchta murakkab ijtimoiy va siyosiy vaziyatning vujudga kelganligiga alohidae’tibor berish lozim: 1. Buxoro amirligi X1X asrning oxiri va XX asr boshlarida o’zining ijtimoiy-siyosiy ahvoliga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. 2. X1X asr II yarmidan boshlab hukm surib kelayotgan Rossiya imperiyasining hukmronligi amirlikning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotiga kuchli ta’sir o’tkazdi. 3.Amirlik va Rossiya davlatlari o’rtasida 1868 va 1873 yillarda tuzilgan shartnomalar bilan Buxoro amirligining davlat mustaqilligiga barham berildi.
1873 yilning 28 sentyabrida Rossiya va Buxoro davlatlari o’rtasida “Do’stlik shartnoma” si tuzildi. Ushbu shartnomada Buxoro va Rossiya davlatlarining chegaralari belgilanib, quyidagilar alohida qayd etilgan edi:
Rus va Buxoro kemalarining Amudaryo bo’yicha harakati aniqlab qo’yildi;
Buxoro amirligining barcha shahar va qishloqlarida rus savdogarlarining erkin va ochiq faoliyat ko’rsatishi, ularning xavfsizligini ta’minlash
Buxoro hukumati zimmasiga yuklatildi;
Rus va Buxoro amirligi fuqarolarining Rossiya imperiyasi hamda Buxoro hududida uy, bog’, yer maydonlarini sotib olish va sotish huquqlari belgilandi;
Rus fuqarolarining Rossiya hukumati ruxsati bilan Buxoro amirligi hududida yurishi mumkinligi, Buxoro hukumati Rossiya imperiyasi hududida jinoyat sodir etganlarni darhol topshirishi qayd etildi;
O’zaro aloqalarni saqlab turish uchun Buxoro hukumati o’z vakillarini Toshkentda tayinlashi va uni mablag’ bilan ta’minlashi, shuningdek rus hukumati Buxoroda o’z vakilini tayinlashi va uni mablag’ bilan ta’minlab turishi ta’kidlandi.
Ushbu shartnomaga muvofiq Buxoro hududida qul savdosi ta’qiqlab qo’yildi, xorijdan sotishga olib kelingan qullar egalaridan tortib olinib, ozod qilinishi belgilab qo’yildi. Bu shartgomaning 1888 yil 23 iyunda qabul qilingan Qo’shimcha qoidalar Bayonnomasida ko’rsatilishicha, Rus fuqarolari Buxoro hududida yer, uy, bog’ sotib olishi Buxoro hududida amal qilingan qonunga ko’ra, avval Qo’shbegi tomonidan so’ngra Siyosiy agent tomonidan tasdiqlanishi lozim bo’lgan. Bu akt siyosiy agent tasdig’idan so’nggina kuchga kirgan.
Buxoro amirligining davlat boshqaruvi ikki qismdan iborat bo’lgan.
Birinchisi, amir saroyining xizmati bo’lsa, ikkinchisi bevosita davlat boshqaruvi hisoblangan.
Saroyda quyidagi aniq vazifalar mavjud bo’lgan:
Udaychi – ularning vazifasiga doim amirning yonida bo’lish, unga ish yuzasidan ma’lumotlar berib turish, shuningdek, Peterburg va Turkiston general-gubernatori qoshidagi elchixonalarda alohida topshiriqlarni bajarish kirgan;
Shig’ovul – shaxsiy adyutantlar;
Mirzo, munshiy – amirning shaxsiy kotiblari;
Mirzo- mushrif – amirning ikkinchi darajali kotiblari;
Mehmonxona amaldori (mehmonxudoy) – amir mehmonxonasi xodimi;
Devonbegi – daromad, xarajat va xo’jalikni boshqaruvchi mansabdor shaxs;
Miroxurboshi –otlar, anjom va harakatlanish qismlarini boshqaruvchi shaxs;
Mirshabboshi – politsiya qismini boshqaruvchi shaxs;
Jamoat – mehmon kutish va yig’ilishlarda ishtirok etuvchi shaxslar;
Yurtchi – amirning chiqishlarida oldinga chiqib yo’l ochib boruvchi shaxs;
Shogird-pesha – amirning maxsus farmonlari bitilgan pochtani yetkazib berish bilan shug’ullanganlar va alohida topshiriqlarni bajarib turganlar;
Sarkarda – qabila boshliqlari, sobiq beklar ham tayinlanganlar, ular Buxoro navkarini boshqarganlar;
Mahramlar – yaqin shaxsiy himoyachilar;
Farroshboshi, sharbatdor, oftobachi (yuvinish asboblarining mutasaddisi), bakovul-oshpaz, shabgard (tungi qorovullar) va boshqalar;
Ma’muriy boshqaruvni maxsus tashkil etilgan quyidagi to’rtta markaziy organ amalga oshirgan: davlat devonxonasi, moliya-soliq organi, diniy sud organi va nazorat organi.
Davlat devonxonasi boshqaruv organi sifatida amaldorlar tarkibini to’ldirish, ularni almashtirish, Rossiya siyosiy agenti va mahalliy (joylardagi) amaldorlar bilan yozishmalar olib borish, chet el mahsulotlaridan soliq yig’ish ishlarini boshqarish bilan shug’ullangan.
Devonxonani mamlakatning bosh vaziri Qo’shbegi boshqargan. Amir mamlakatda bo’lmagan paytlarda davlat boshqaruvi uning qo’lida bo’lgan. Ikkinchi boshqaruv moliya-soliq organi bo’lib, ma’muriy boshqaruv organi hisoblangan va uni Devonbegi boshqargan. Devonbegi lavozimi Qo’shbegidan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Bu organ mamlakatda soliq yig’ish, xazinaning daromad va xarajatlarini hisoblash bilan shug’ullangan. Uning qoshida mirzolar, shogirdpeshalar, mehmonxona amaldorlari, zakotchilar, miroxurboshi, sharbatdor, mahramlar, navkarlar (300 nafarga yaqin) va quyi xizmatchilar bo’lgan. Barcha amaldorlar Devonbegi tomonidan lavozimiga tayinlangan va amir tomonidan unvon berilgan.
Uchinchi ma’muriy boshqaruv diniy sud organi hisoblanib, uni amirning bosh din peshvosi Qozikalon boshqargan. Bu organ sud ishlari, notarial vazifalar, din veshvolariga bog’liq masalalarni hal qilish va o’quv muassasalarining faoliyatiga rahbarlik qilgan. Uning qoshida mirzolar (ish yurituvchilar), qozilar, mullai azimlar (tergov ishlarida jalb etiladigan vakillar), devonbegi (xo’jalik yurituvchi shaxs), miroxurboshi, mahramlar hamda quyi xizmatchilar faoliyat ko’rsatgan. Mazkur mansabdorlarni Qozikalon tayinlagan va vazifasidan ozod qilgan.
To’rtinchi ma’muriy nazorat organi Rais qaramog’ida bo’lib, uning vakolatiga qonunlarning bajarilishi, axloqiy soflik, diniy e’tiqodni himoya qilish hamda bozorlarda tosh-tarozi va o’lchov birliklarining aniqligi ustidan nazorat qilish kirgan. Uning qoshida mirzalar, raislar (topshiriqlarning bajarilishiga mutasaddi amaldor), mahramlar, devonbegi(xo’jalik boshqaruvchisi), miroxurboshi va quyi xizmat vakillari faoliyat ko’rsatgan. Barcha amaldorlarni Bosh Raisning o’zi tayinlagan. Bosh Rais bevosita amir va Qozi kalon oldida javob bergan. Har bir beklik amlokdorlarga bo’linib, ularni ma’muriy – politsiya va soliq yig’ish vazifalarini bajaruvchi amaldorlar boshqargan. Ularning huzurida mahalliy oqsoqollardan yordamchi Qishloq yoki ovullarni mingboshilar boshqargan. Bir urug’-qabilaga mansub bir necha qishloq va ovullar oqsoqollarga bo’ysungan. Ular mahalliy aholi tomonidan saylanib bek tomonidan tayinlangan. Tojik qishloqlari esa aholi tomonidan saylanadigan arboblar tomonidan boshqarilgan. Ko’chmanchi aholini esa o’zlari tomonidan saylab qo’yiladigan Elbegi boshqargan. Oqsoqollar tergov va turli ishlarda beklarning topshiriqlarini bajarganlar va amaldorlarning yordamchilari hisoblangan.lar va maxsus topshiriqlarni bajarish uchun amaldorlar bo’lgan.
X1X asrning II yarmidan boshlab Xiva xonligi ustidan Rossiya hukmronligi o’rnatildi. Bu “Rossiya va Xiva o’rtasidagi 1873 yil 12 fevralda tuzilgan Do’stlik shartnomasi” asosida tartibga solindi. Davlat boshlig’i xon hisoblangan. U meros tariqasida qoldirilgan. Rossiya qo’shinlarining Xivada bo’lgan vaqtida xonga faqat sud hokimiyatigina bo’ysingan. Hokimiyat esa yetti kishidan iborat maxsus devonga topshirilgan. Ularning to’rt nafari general-gubernator tomonidan ayinlangan. Shartnomaga binoan Xiva xoni qo’shni davlatlar bilan har qanday tashqi aloqalarni o’rnatish, shartnomalar tuzish va harbiy harakatlar olib borishga haqli bo’lmagan. U Turkiston general-gubernatori bilan faqat Amudaryo bo’limi orqali aloqa qilishi mumkin bo’lgan.
Davlatda xondan keyingi muhim mansab qo’shbegi va mehtar hisoblangan. Qo’shbegi mamlakatning janubiy qismidan soliq yig’ish bilan shug’ullansa va boshqarsa, mehtar mamlakatning shimoliy qismiga mutasaddi bo’lgan va asosan moliya ishlari bilan shug’ullangan.
Devonbegi – davlat devonxonasini (kantselyariyasini) boshqargan. Mansabdorlarga vazifalarning bo’lib berilishi shartli ravishda mavjud bo’lib, aslida esa xonning xoxishiga bog’liq bo’lgan. Masalan: Bosh vazir lavozimini goh qo’shbegi, goh mehtar va goh devonbegi egallagan.
Ma’muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi yigirmata beklikka va ikkita noiblikka bo’lingan. Bekliklarni hokimlar, noibliklarni noiblar boshqarganlar. Xonlikning poytaxti Xiva va uning atrofidagi tumanlar alohida okrugni tashkil qilgan va ularni xonning o’zi boshqargan. Sud hokimiyati butunlay musulmon ruhoniylari qo’lida bo’lgan. 1873 yildagi bitimga muvofiq Xiva xonligida sud hokimiyati xon qo’liga topshirilgan. Uning muovini oliy sudya (qozi kalon) va qozi askar bo’lgan.
Joylarda sud hokimiyati qozilar qo’lida bo’lgan. Shaharlar va bekliklarda ikkita qozi bo’lgan. Biri sud ishlarini muhokama qilsa, ikkinchisi, ya’ni qozi-rais musulmon shariati qoidalarining bajarilishini nazorat qilgan.Ko’chmanchi aholi – qozoqlar va qoraqalpoqlar o’rtasida sud ishlari oqsoqollar yoki oqsoqollar kengashi tomonidan urf-odat bo’yicha,turkmanlarda qavliyot, qozoq va qoraqalpoqlarda odat asosida muhokama qilingan. Ba’zi hollarda ko’chmanchi aholiga nisbatan sud ishlarini ham mansabdorlar ko’rganlar.
Oliy bosqich sud organini qozi kalon boshqargan, uning vakolatiga hukumat jinoiy, fuqaro ishlarini muhokama qilish kirgan. Bundan tashqari u yana xonlik poytaxti Xiva shahrida aholi tomonidan sodir etilgan jinoiy va fuqaro ishlarini ham ko’rgan.
O’lim jazosiga mahkum etilishi mumkin bo’lgan barcha jinoiy ishlarni ham qozikalon muhokama qilgan. Rus aholisiga aloqador ishlarni rus jinoiy va fuqaroviy sudlari ko’rgan. Sud protsessi ayblov xususiyatiga ega bo’lgan. Har qanday ish jabrdiydaning arizasiga binoaan qo’zg’atilgan. Ommaviy ayblov protsessi mavjud bo’lmagan. Sudlov ishlari og’zaki olib borilgan, hech qanday qaydnoma (majlis bayonnomasi) yoki yozuv asosida olib borilmagan. Ish oshkora tarzda muhokama qilingan. Hukm, odatda, qozi tomonidan o’sha majlisning o’zidayoq o’qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |