1. Podsho Rossiyasining Turkistonni bosib olishi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati va uning oqibatlari


Harbiy va fuqaro hokimiyatini bir qo’lda to’plagan holda o’lkani boshqarish



Download 124,84 Kb.
bet3/9
Sana20.03.2022
Hajmi124,84 Kb.
#501816
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turkistonda Rossiya imperiyasi

1. Harbiy va fuqaro hokimiyatini bir qo’lda to’plagan holda o’lkani boshqarish.
2. Siyosiy hokimiyatga ega bo’lmagan barcha ichki ishlarni boshqarishni yerli aholining xulq-atvori va urf-odatlarini hisobga olib, mahalliy aholi qo’liga topshirish.
3. Mahalliy boshqarmada, uning qonun va urf-odatlarida mavjud bo’lgan davlat manfaatlariga ziyon yetkazuvchi barcha narsalarni butunlay tugatish.
4. Imkoniyati boricha sudni ma’muriyatdan batamom ajratib qo’yish.
Ko’rinib turibdiki, “Dasht komissiyasi” ning asosiy vazifasi mustamlakachilikka asoslangan o’lka boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan edi. Bu “Komissiya” tomonidan ishlab chiqilgan “Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish haqidagi qoidalar loyihasi” bo’yicha Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorda quyidagilar qayd etilgan edi:
1. Loyihada ko’rsatilgan hududlarda Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari tarkibida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilsin.
2. General-gubernatorga o’lkani boshqarish uchun loyihada nazarda tutilgan shtatlardan kelib chiqqan holda, boshqarish uchun amaldorlar olishga imkoniyat berilsin.
3. General-gubernatorga loyihada ko’rsatilgan yerlarda, o’lkadagi mahalliy sharoit, tuzem (mahalliy) xalqlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda so’nggi marta qonuniy tartibda ko’rib chiqish va qabul qilish uchun uning qismlari bo’yicha va yaxlit holda o’zining xulosasini berish topshirilsin. Ungacha loyihada ko’rsatilgan holatlarni asos sifatida qabul qilib, o’lka tuzilishi uchun favqulodda muhim va foydali deb hisoblangan hamma choralarni ko’rish topshirilsin.
Tadqiqotlarga ko’ra, Turkiston viloyatining Orenburg general- gubernatorligi tarkibida bo’lishi vaqt o’tishi bilan turli muammolarni keltirib chiqargan edi. Shuning uchun ham Turkiston viloyatining uzoqda joylashganligi, viloyat ma’muriyati vakillari sonining kamchiligi general-gubernatorlik bilan bog’lanishga, uning ko’rsatmalarini o’z vaqtida bajarilishiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi imperiya hukmron doiralari o’rtasida Turkiston viloyatini Orenburg general-gebernatorligidan alohida ajratish masalasini kun tartibiga qo’ygan edi. 1867 yilda Peterburgda Turkiston boshqaruvi bo’yicha tayyorlangan “Nizom” loyihasi maxsus komissiya tomonidan muhokama qilinib, unda Orenburg general-gubernatorligidan alohida bo’lgan Turkiston general-gubernatorligini tashkil qilish to’g’risidagi qaror qabul qilinadi. 1867 yil 11 aprelda Aleksandr II tomonidan komissiya taklifi ma’qullanib, 11 iyulda Janubiy Qozog’iston va O’rta Osiyoning bosib olingan hududlarida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilganligi to’g’risida farmon e’lon qilinadi.
Birinchi general-gubernator qilib fon Kaufman tayinlanadi.Yangi tashkil etilgan ushbu ma’muriy birlik dastavval 2 ta – Sirdaryo va Yettisuv viloyatlarini o’z ichiga olgan edi. Arxiv manbalarining ma’lumot berishicha, chor hukumatining 1867 yilgi manifestiga ko’ra, Kaufmanga “o’lkani boshqarish uchun kerakli va zarur deb hisoblangan barcha tadbirlarni mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda amalga oshirish huquqi berilib, siyosiy, chegaraviy va savdo ishlarini hal qilish, qo’shni mamlakatlarga ularning Rossiya bilan o’zaro aloqalariga tegishli muzokaralar olib borish va bitimlar imzolash, o’zaro kelishuvga erishish va qarorlar qabul qilish uchun ishonchli vakillarni jo’natishda cheklanmagan vakolatlar berildi”.
1867 yilgi “Nizom” loyihasida Turkiston o’lkasining Rossiya harbiy vazirligi tarkibida bo’lishi, o’lka harbiy hokimiyat orqali boshqarilishi, general-gubernator o’lkada joylashgan qo’shinga qo’mondonlik qilishi, boshqaruvning quyi bo’g’iniga yerlik aholi vakillari saylov orqali saylanishi, o’lka boshqaruvini Rossiya imperiyasidagi mavjud boshqaruvtizimiga yaqinlashtirib, keyinchalik o’lkani imperiyaning ajralmas bir qismiga aylantirish, o’lkaning ma’muriy – hududiy bo’linishida esa imperiyaning siyosiy, iqtisodiy va strategik maqsadlaridan kelib chiqib ish tutilishi ko’rsatib o’tilgan.
Tadqiqotchilarning (S.Tillaboev) ta’kidlashicha, Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o’z hukmronligini saqlab qolish va uni mustahkamlashni birinchi darajali vazifa hisoblangani uchun ham boshqaruv sohasida dastlab katta o’zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo’lgan quyi boshqaruv organlari, soliq tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning dastlab saqlanib qolinishiga asosiy sabab mahalliy aholining ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholining turmush tarziga katta o’zgarishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Undan tashqari, yangi bosib olingan yerlarda hali qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv tizimida faoliyat olib borayotgan o’z odamlari bo’lmaganligi, mahalliy sharoitni to’liq bilmaslik kabilar ham an’anaviy boshqaruv tizimini ma’lum muddat saqlab qolishga majbur qilgan.
1882 yil 8 mayda imperatorning Turkiston general-gubernatorligini taftish qilish to’g’risidagi farmoni e’lon qilinadi. Taftish ishlariga rais qilib “Dasht komissiyasi”ning sobiq raisi, maxfiy maslahatchi F.K.Girs tayinlandi. 1883 yilda Girs taftish ishlarini tugallab, imperatorga general-gubernatorlik va unga qarashli tashkilotlarning ahvoli to’g’risidagi hisobotni, “O’lkani boshqarish to’g’risidagi nizom loyihasi”ni qo’shib taqdim etdi.
1884 yil 21 yanvarda imperator Aleksandr III ning ko’rsatmasi bilan Davlat Kengashi a’zosi, general-ad’yutant, graf N.Ignatev raisligida “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi nizomning qayta ishlangan so’nggi loyihasini ishlab chiqish” bo’yicha komissiya tashkil qilinadi. Chorizmning oliy doiralari tomonidan tuzilgan ushbu komissiyaning asosiy vazifasi – “O’lkani Rossiyaga qat’iy qaram qilib qo’yish maqsadlari va uni boshqarishda xarajatlarni kamaytirish, daromadlarni esa oshirishga, shuning bilan birga, fuqarolarni boshqarish talablariga va joylarning shart-sharoitlariga to’g’ri keladigan nizom” tuzilishini amalga oshirishdan
iborat edi.
Rossiya imperatori tomonidan “Turkiston o’lkasini booshqarish to’g’risidagi Nizom” 1886 yil 12 iyunda tasdiqlangan bo’lsada, ma’muriy tizim bo’yicha e’tirozlar davom etdi. Ammo, iperator Turkiston o’lkasida sobiq general-gubernatorlik boshqaruvining asosiy tamoyillarini saqlab qolgan holda unga ba’zi o’zgarishlar kiritdi. Umuman olganda, Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasi hukmronlik qilgan yillarda qonun loyihalari doimo to’ldirilib, o’zgartirilib turildi. Chunki podsho Rossiyasining qonun loyihalari Turkistonni Rossiya imperiyasining markazlashgan boshqaruv tizimiga kiritib, uni rus burjuaziyasi va dvoryan-pomeshchiklar mulkiga aylantirishga qaratilgan edi. Turkiston general-gubernatorligini boshqarish bo’yicha dasturiy hujjatlar ishlab chiqishda “harbiy vaziyat” omili hal qiluvchi bo’lgan. Bunday hujjatlar chorizmning O’rta Osiyo xonliklarining yangidan-yangi hududlarini bosib olishi munosabati bilan vujudga kelgan va aynan shuning uchun ham doimo “muvaqqat” yoki “vaqtinchalik” xarakterga ega bo’lgan. Misol uchun, “Sirdaryo va Yettisuv viloyatlarini boshqarish to’g’risidagi Nizom” (1867 y) “tajriba tariqasida” uch yil muddatga joriy qilingan bo’lib, 20 yil davomida amal qilgan. “Zarafshon okrugini boshqarishning vaqtinchalik qoidalari” (1868 y), “Amudaryo bo’limini boshqarishning vaqtinchalik qoidalari” (1874 y) va “Farg’ona viloyatini boshqarish bo’yicha vaqtinchalik Nizom” (1876 y) to’g’risida ham shunday deyish mumkin

Download 124,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish