1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasidan kelib chiqqan holda fanning vazifalari


Tayyorlov (texnologik) zahirasidan



Download 0,73 Mb.
bet38/57
Sana09.03.2023
Hajmi0,73 Mb.
#917669
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti Ma\'ruza matnlari

Tayyorlov (texnologik) zahirasidan xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi. Bunday zahiralar ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari va texnologiyalariga ega bo’lgan korxonalardagina yaratiladi.
Mavsumiy zahiralar asosan uchta sababga ko’ra yuzaga keladi: birinchidan, xom ashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni iste’mol qilishning mavsumiyligi; uchinchidan, materiallarni etkazib berishning mavsumiyligi. Mavsumiy zahiralar hajmi xuddi joriy zahiralar hajmi kabi, o’rtacha bir sutkada iste’mol qilish va mavsumiy zahiralar yaratilishi lozim bo’lgan vaqtga asosan aniqlanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni normalashtirish. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’lar normativini aniqlash korxona faoliyatidagi eng murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarishning turli bosqichlarida - xom ashyoni texnik nazorat bo’limi (TNB) tomonidan qabul qilishdan to tayyor mahsulot omboriga topshirgunga qadar ishlov berilayotgan mahsulotlarni ko’rsatshi mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’lar normativi miqdori quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
1.Mahsulot ishlab chiqarish hajmi.
2.Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanuvchi joriy xarajatlar, ya’ni tannarx.
3.Xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish vaqtidan to tayyor mahsulot chiqishigacha bo’lgan ishlab chiqarish siklining davomiyligi. Ishlab chiqarish siklining davomiyligini topishda quyidagi formuladan foydalaniladi:

Bu erda:
ttexn - mahsulot ishlab chiqarishdagi barcha operasiyalarga sarflanuvchi vaqti;
ttan - operasiyalar oralig’idagi vaqt (tanaffuslar);
ttrans – transportda tashish vaqti;
tkontr - mahsulotni yig’ish, qabul qilish va TNBga topshirish vaqti.
Tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan aylanma mablag’larning o’sishi xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish bilan boshlanadi hamda ishlab chiqarish sikli yakunida (tayyor mahsulot omborga topshirilganda) eng yuqori nuqtasiga chiqadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish normativini hisoblashda ishlab chiqarish sikli kunlarda belgilanadi hamda bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Nt.ich = Mk x Tich.s x Kx.o’.
Bu erda:
Mk - o’rtacha bir kunlik xarajatlar, so’mlarda;
Tich.s - ishlab chiqarish sikli davomiyligi, kunlarda;
Kxo’ - xarajatlarning o’sish koeffisienti.
Xarajatlarning o’sish koeffisienti asosiy materiallar (Ma) to’liq qiymatda olinuvchi kattalik sifatida hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari (Mich) butun ishlab chiqarish sikli mobaynida bir xil suratda o’sib boradi hamda 50% qiymatda hisobga olinadi:
Knz = (Ma + 0,5Mich) : S
Bu erda:
S - mahsulot birligining rejadagi tannarxi.
Agar keyingi xarajatlar (Mich) bir xil surat bilan o’zgarmasa, u holda o’sish koeffisienti quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Kx.o’ = (Ma + k·Syaf + k·Sbut + 0,5Mich) : S
Bu erda:
k, k – yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarni mos ravishda pasaytiruvchi koeffisientlari;
Syaf - yarim tayyor mahsulotlar qiymati;
Sbut - butlovchi qismlar qiymati.
Pasaytiruvchi koeffisientlar yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarga ishlov berilgan kunlarning ishlab chiqarish sikli davomiyligiga nisbatini ifodalaydi.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish