280
viruslarni oilalari bo‘yicha 4 guruhga bo‘ladi va ularga kirgan viruslarni qisqacha
tavsiflaydi.
Birinchi guruhga bodring mozaikasi virusi, yaltirbosh mozaikasi virusi, no‘xot
mozaikasi virusi, fizalis virusi va h.larni kiritadi.
Ikkinchi guruhga kartoshkani U virusi, gulkaram mozaikasi virusi, tomat
zarxallanishi virusilarini kiritadi.
Uchinchi guruhga esa TMV, kartoshkani X viruslarini kiritadi va ularni
uchraydigan madaniy o‘simliklarini (tamaki, tomat, qalampir, kartoshka), hamda
yovvoyi o‘simliklarda (gulyavnik, fizalis, sikoriy) o‘simliklarida uchrashini
ko‘rsatadi. TMV ni urug‘ orqali o‘tishi, kartoshkani X virusini tuganaklar orqali
o‘tishi ularni qishloq ho‘jalik o‘simliklarida muqim sirkulyasiga moslashganligini
ko‘rsatadi.
To‘rtinchi guruhga esa tobamoviruslar avlodiga kiruvchi bodring mozaikasi
(xol-xolligi) virusini, potiviruslardan soya mozaiksi viruslarini keltiradi. Ularni
tor doiradagi o‘simliklarni kasallantirishi va ular urug‘ va ekish materiallari orqali
kontakt usuli yoki virus tashuvchilar orqali tarqalishiga e’tibor qaratadi. Ba’zi
virus kasalliklari faqat payvandlash orqali o‘tishini ko‘rsatadi.
Yu.I.Vlasov tomonidan ayrim patogenlar – tabiiy o‘choqli kasalliklarni
qo‘zg‘atuvchilarini biologiyasini o‘rganib, bu natijalarni birqancha nazariy
aspektlarini virus kasalliklarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda va virus
kasalliklarini epifitotiylarini prognoz qilishda ma’lum natijalar olindi. Bu
xususiyatga ega bo‘lib viruslar va mikoplazmalarni rezervatorlari - yovvoyi
o‘simliklar bo‘lishi mumkin. Birlamchi tabiiy o‘choq madaniy o‘simlikga bog‘liq
bo‘lmagan holda faoliyat ko‘rsatishi - yashashi mumkin. Madaniy o‘simliklarni
kasallantirish uchun ularni infeksiya o‘chog‘i zonasida o‘stirish hamda tabiiy
o‘choqdan tashuvchini qishloq ho‘jalik ekinlariga o‘tishiga sharoit bo‘lishi kerak.
Birlamchi tabiiy o‘choqlar bilan bir qatorda ikkilamchi tabiiy o‘choqlar
mavjud bo‘ladi. Ular madaniy o‘simliklarda tarqalgan virus ko‘pyillik va yovvoyi
o‘simliklarni kasallantirishidan hosil bo‘ladigan zonalarda paydo bo‘ladi. Vaqt
o‘tishi bilan yovvoyi flora vakillari u yoki bu patogenni doimiy tabiiy xo‘jayiniga
aylanadi. Infeksiyani harqanday tabiiy o‘chog‘i patobiotsenoz hisoblanadi, chunki
uni tarkibiga kasllikni qo‘zg‘atuvchisi ham kiradi. Bu holatda patobiotsenoz deb
ma’lum tashqi sharoitda muxitda evolyusiya natijasida hosil bo‘lgan o‘simlik-
xo‘jayin, tashuvchi va patogen ( virus, mikoplazma) tushuniladi.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina erlar o‘zlashtirilishi natijasida birlamchi virus
o‘choqlari qisqardi. Buning natijasida endi madaniy va yovvoyi o‘simlik, kasallik
qo‘zg‘atuvchi va tashuvchi orasida yangi aloqalar paydo bo‘ldi. Bu aloqalar
ham qandaydir darajada tabiiy o‘choqlar tushunchasi bilan tavsiflanadi. Ba’zi
viruslar o‘zini tor o‘simliklar doirasida ixtisoslashganligi sababli ular tabiiy
o‘choqlarda umuman tarqalmaydi. Xullas bu yo‘nalishdagi ishlarni ham nazariy,
ham amaliy tomonlarini yangi, zamonaviy usullar va texnologiyalar yordamida
o‘rganish yaqin kelajakdagi oldimizdagi dolzarb vazifalardandir. SHu kungacha
O‘zbekistonda barcha o‘rganilgan (tomat, tamaki, sholg‘om, raps, redis,
kartoshka, beda, g‘o‘za, jo‘xori, bulg‘or qalampiri) viruslarini bir qancha
Do'stlaringiz bilan baham: |