118
viruslarni 20% chasi DNK-genomli, 80% - RNK-genomli. RNK ni irsiy
axborotni saqlashi – virusni noyob xususiyatidir.
Virus
genomining
o‘lchami
(nukleotidlarda
belgilanadigan
nukleotidlarning ketma-ketligining uzunligi) keng diapazonda bo‘lib,
cho‘chqalarni sirkovirusidagi 1,7 ming nukleotiddan (t.n. yoki m.n.),
arxibakteriylarning fikodnaviruslaridagi 300 m.n. (ming nukleotid) bo‘lishi
mumkin. Virus genomlari bir zanjirli, ikki zanjirli shakllarda, tizimli yoki
halqali, uzluksiz yoki segmentlarga bo‘lingan shakllarda bo‘ladi. DNK-
genomlilarni xususiyatlarini xarakterliligi shundaki, ular molekulalarini oxiri-
uchlari birorta ma’noga ega bo‘ladi. Molekulani oxirgi uchlari to‘g‘ri yoki
inversiyalangan oxirgi (yopishqoq) uchlarga, o‘z-o‘ziga komlementar ketma-
ketlikka ega hamda terminal genom oqsili bo‘lishi mumkin.
RNK genomning xilma-xilligi uglevod-fosfat bog‘li nukleotidlar ketma-
ketligi ustuni yo‘nalishlariga qarab farqlanadigan nukleotidlar ketma-ketligini
borligiga qarab kengayib boradi.
Birzanjirli RNK pozitiv qutbli – (+)RNK, negativ qutbli – (–)RNK yoki
ikkiyoqlama axborotli zanjirli – (+, –)RNK bo‘ladi. O‘z navbatida, pozitiv qutbli
RNK har xil tashkil qilingan strukturaga: matrichniy RNK bo‘lib 5′ -uchida kep
ketma-ketlikga ega (7-metilguanozin, Sar), 3′ -uchida – poli-A (poli-A) ketma-
ketlik; kepni yoki poli-Aga ega bo‘lmasligi mumkin; 5′ -uchida genom oqsili
bo‘lishi mumkin; 3′ -uchida t-RNKsimon yoki shpilkaga ega bo‘lishi mumkin.
Virus genomlarini turlari ularni klassifikatsiyasi asosini tashkil qiladi.
Molekulyar virusologiya va molekulyar biologiyaning asosiy terminlari, ishlash
prinsiplari, metodlari o‘xshashdir. Viruslarning asosiy xo‘jayin organizmlari
prokariot va eukariot organizmlar bo‘lib, viruslar ular hujayrasiga kirgandan
so‘ng ho‘jayin hujayrasida viruslarni tashkil qiluvchi yangi biopolimerlar
sintezlanadi. Mazkur biopolimerlar struktura va funksiyasi tomonidan hujayra
tarkibidagi turdosh biopolimerlar bilan o‘xshash bo‘ladi, ularga virus DNK,
RNK, oqsillar, lipidlar, riboza, dezoksiriboza va h. larni ko‘rsatish mumkin. Ba’zi
biopolimerlarni formulalari va ularni sifatlari haqida ma’lumotlar ko‘plab
bioximiya darslik va o‘quv qo‘llanmalarida keltirilgan bo‘lishiga qaramasdan
talabani o‘qishi va onglashini osonlashtirish maqsadida quyida keltirishni ma’qul
deb hisobladik (3;33).
Nuklein kislotalar barcha tirik organizm hujayralarida bir xil funksiya -
irsiy axborotni saqlash, nasldan-naslga uzatishni ta’minlaydi. DNK molekulasi
genetik informatsiyani nukleotidlarning ketma-ketligi shaklida saqlaydi, RNK
ning turli xillari uni oqsillar biosintezi jarayonida amalga oshiradi.
Nuklein kislotalarning molekulalari 4 xil nukleotidlardan tuzilgan bo‘lib,
ular o‘z navbatida tarkiblarida 3 xil birikma – azot asoslari, uglevod qismi –
pentoza va fosfor kislotasining qoldig‘idan iborat. Nukleotidlarning tarkibiga
qaysi bir uglevod kirishiga qarab nuklein kislotalar ikki guruhga bo‘linadi:
dezoksiribonuklein kislotalar (DNK) va ribonuklein kislotalar (RNK
Do'stlaringiz bilan baham: