115
Qaytalama transkriptaza yoki revertaza yoki RNK-mute DNK-polimeraza
RNK matritsada DNK sintezini amalga oshiradi. Bu fermentni Temin va
Mizutanilar 1970 yilda retroviruslarda kashf qilishadi.
Xelikaza – ikki zanjirli DNK strukturasida zanjirlarni ajratishni amalga
oshiradi. Xelikaza yana nukleozidtrifosfat-mute RNK-xelikaza aktivligiga ega,
bu jarayon o‘z ichiga uch jarayonni oladi: dezoksinukleotidtrifosfatlarni
bog‘lash, uni gidroliz qilish va bu energiya hisobiga ikki zanjirli RNK ni ajratadi.
m-RNK ni modifikatsiyalovchi fermentlar: poli-A-polimeraza – ATF
energiyasi hisobiga RNK ning 3′-uchini adenillashtiradi; Kep-enzim va
metiltransferaza kompleksi – kep strukturaning 5′ -uchida hosil bo‘lishini
katalizlaydi.
ATF-aza va GTF-aza – mos energetik substratlarni gidrolizini amalga
oshiradi.
Ribonukleaza N – DNK dupleksidagi RNK ni parchalaydi.
Oqsil almashinishidagi ikkinchi guruh fermentlar – oqsil almashinishi
fermentlari. Bu erda ba’zilarinigina keltiriladi:
Proteinazalar
– poliproteinlarning posttranslyasion protsessingida
qatnashadigan fermentlar. RNK-tutuvchi viruslarni NS-oqsili shularga kiradi.
Proteinkinazalar - virionlarni struktura oqsillarini fosforirlovchi fermentlar.
Bu fermentlar vezikulyar stomatit virusida, qutirish virusida, alfaviruslarda va
retroviruslarda topilgan. Viruslarni hujayraga kirishlarida qatnashuvchi
fermentlarga misol qilib bakteriofaglarni lizotsimlarini va gripp virusini
neyraminidaza fermentlarini keltirish mumkin.
Virus oqsillarining o‘ziga xosligi (komponentlar tarkibi). Umuman
virus zarrasini o‘ta soddalashtirilgan holda ko‘z oldiga keltirilsa nuklein kislotani
o‘rab olgan qobiq deb qarash mumkin. Yuqorida aytilgandek, qobig‘i “kapsid” va
uni tashkil qiluvchi subelementlar kapsomerlar yoki uni tashkil qiluvchi
morfologik subbirliklar deyish mumkin. Butun virus zarrasini esa nukleokapsid
deb ataladi. Tamaki mozaikasi virusi kabi oddiy viruslarda virusni oqsil qavati
bir xil tuzilgan bir tipdagi polipeptid zanjirdan iborat. Ularni aminokislota tarkibi
bir xil oqsilgagina xos bo‘ladi. Murakkab viruslarda (T juft bakteriofaglarda) esa
bir necha o‘nlab oqsili bor bo‘lgan holatlarda barcha aminokislotalar tarkibini
aniqlash murakkabroq bo‘ladi, chunki bunda geterogen oqsillarga xos bo‘ladi.
Bu holda harbir kapsidni tashkil qiluvchi oqsilni tarkibini ayrim analiz qilinadi.
Virus oqsillarini birlamchi strukturalarini o‘rganish ularda D-
aminokislotalarni borligini aniqlash bo‘lib, ularni borligi antibiotiklik
xususiyatga egaligini ko‘rsatadi (m.. gramitsidin). Shu vaqtgacha aniqlanishicha
birlamchi strukturasi o‘rganilgan virus oqsillarini barchasi tabiiy L-qatorga xos
aminokislotalar ekan, D-aminokislotalar yoki anomal aminokislotalar virus
zarrachasi tarkibida topilmadi. Ular tarkibi virus reproduksiya qilgan organizm
tarkibidagidek odatdagi 16-18 aminokislotadan iborat. Agar summar oqsil
tarkibini kuzatadigan bo‘lsak unda neytral va nordon dikarbon kislotalar
uchraydi. Dikarbon kislotalarni amidlari, ya’ni glutamin va asparagin juda kam
miqdorda, natijada ko‘p viruslarni izoelektrik nuqtalari nordon yoki kuchsiz