105
parallel joylanishiga “majbur” bo‘ladi va suyuq kristallar hosil qiladi. TMV ni
rengenostruktura analizi qilinganda ularni maxsus gel yordamida ingichka
kapillyardan orqali so‘rib olinadi va ularni bir xil yo‘nalish tomon mo‘ljallab
yo‘naltiriladi. Rengenostruktur analizida individual oqsil molekulalaridan tashkil
topgan subbirligi virus zarrasi o‘qi atrofida spiral bo‘ylab joylashadi.
Subbirliklar shunday joylashadilarki zarrachani ichida erituvchi bilan to‘lgan
bo‘sh kanal paydo bo‘lib qoladi. Spiral qadami diametri 40 A lik ichki bo‘sh
kanal atrofida 23 A lik spiral qadami hosil bo‘ladi. Virus zarrasining har bir spiral
xalqasida 16,34 ta subbirlik mavjud bo‘lib butun virus zarrasi bo‘ylab bir xildagi
subbirliklardan tuzilgandir. Subbirliklarni “o‘xshashlik davri” spiralni uch
aylanishida takrorlanadi va unda 49 ta subbirlik bor. Bu “o‘xshashlik davri”ni
uzunligi 69 A ga teng, bir 1 A ga 0.710 subbirlik to‘g‘ri keladi. Demak TMV
zarrasida 3000 x 0,710 = 2130 ta subbirlik mavjud. Virus oqsilini analizi uni 158
ta aminokislota qoldig‘idan tashkil topganligini, molekulyar massasi 17530 teng
ekan. Spiral aylanasida 49 ta nukleotid 16,34 ta subbirlikga to‘g‘ri kelsa, oqsilni
har bir molekulasi 3 nukleotid qoldig‘i bilan bog‘langandir.
Virus zarrasi ichida spiralsimon joylashgan, bitta nuklein kislota, uning
tashqarisida esa 2130 subbirliklardan tashqil topgan oqsil parda bor. Oqsil
subbirliklari ham virus zarrasi o‘qi atrofida spiralsimon bo‘lib shunday tartib
bilan joylashganki, virus zarrasi ichida erituvchi bilan to‘lgan 40 A ga teng
bo‘sh kanal mavjud. Subbirliklar ellipssimon bo‘lib ularni o‘lchami 70x20x23
A
.
Virus o‘qidan 40 A uzoqlikda virus oqsilida virus RNK si joylashishi uchun 8A
lik chuqurcha mavjud bo‘lib, u RNK ni tashqi faktorlardan to‘la himoya qiladi.
V 1960 yili tamaki mozaikasi virusining barcha aminokislotalarining ketma-
ketligi aniqlandi. Har bir virus oqsilini hosil qiluvchi 2200 ta subbirlik amino
kislotalarining ketma ketligi aniqlandi. Ularni har birini 158 ta aminokislota
tashkil qiladi. Bu oqsil polipeptid zanjiri o‘z o‘qi atrofida spiral zanjir hosil
qiladi. Bu zanjirda 16 ta aminokislota turi mavjud. 18 Asp, Aspn-asparagin
kislotsi, asparagin 16, Glu, Glun-glutamin kislotasi, glutamin, 16 Ser-serin, 16
Tr-treonin, 14 Ala-alanin, 14 Val-valin, 12 Ley-leysin, 11 Apr-arginin, 9 Iley-
izoleysin, 8 Pro-prolin, 8 Fen-fenilalan, 6 Gli-glitsin, 4 Tir-tirozin, 3 Tri-triptofan,
2 Liz-lizin, 1 Sis-Sh-sistein. (Raqamlar mazkur aminokislotani VTM oqsilida
necha marta qaytarilishini ko‘rsatadi). Quyida mazkur virus oqsilini 158
aminokislotaqoldiqlarini ketma-ketligi keltirilgan (Stenli, Velens,1963).
Do'stlaringiz bilan baham: |