178
7.2-jadval
Direkt-marketingning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari
Kamchiliklari
Marketing kommunikatsiyasining boshqa
vositalariga nisbatan ko‘proq maqsadga
yo‘naltirilgan.
Qisqa muddatli strategiyalar tarzida
qo‘llanilganda samara bermaydi
Individual iste’molchi yoki haridorlarga
yo‘naltirilganligi bois, nafaqat potensial
haridorlar, balki yakka iste’molchilarning
maqsadlarini aniqlashga imkon beradi
Sifatsiz amalga oshirilgan direkt-marketing
firma yoki kompaniyaning imidjini
pasaytiradi va unga nisbatan ishonchsizlik
paydo bo‘ladi
Natijalarini o‘lchash mumkin. Potensial
mijozlarga yoki individual iste’molchilarga
so‘rov yuborish orqali ularning qay biri
samarali ekanligini aniqlashimiz mumkin.
Tovarlarni siljitish va sotish jarayonida
direkt-marketingni nazorat qilmaslik yoki
boshqa korporativ strategiyalar
haridorlarning sodiqligini pasaytirib
yuborishi mumkin
Barcha elementlari muntazam tekshirib turiladi
va ular o‘zgaruvchan va vaziyatga
moslashuvchan.
Muntazam ravishda nazorat qilinganligi
bois direkt-marketing boshqa marketing
kommunikatsiya vositalari bilan
nomutanosib kelishi mumkin
Ma’lumotlar bazasini sifatli yaratish
zarurligi (agarda maqsadli auditoriya
noto‘g‘ri tanlanganda direkt-marketing
samarasiz yakunlanadi)
CRM-tizimi bilan integratsiyalashuv
imkoniyatining mavjudligi. Direkt-marketing
iste’molchilarning ismi, familiyasi, manzili,
turmush tarzi va harid xulq-atvoriga oid eng
muhim ma’lumotlarni ham o‘zida to‘playdi
Faqatgina o‘z sohasini yaxshi bilishlilik va
savodlilik bilan mahsuldorlikka erishish
mumkin (noto‘g‘ri to‘ldirilgan jo‘natmalar
samara bermaydi).
Hamkorlik shartlarining maxfiyligi yuqori.
Direkt-marketing usullari har bir iste’molchi
uchun har xil qo‘llanilganligi sababli raqiblar
tomonidan o‘zlashtirilishi mushkul
Muayyan vaqt oralig‘ida katta miqdordagi
moliyaviy mablag‘larni talab qilishi (direkt-
marketing rejalashtirilayotganda ko‘p sonli
mijozlarga, agentlik va brokerlik, pochta
jo‘natmalari, videomateriallarni namoyish
qilish kabilar katta mablag‘ talab qiladi )
Tezkorligi. Direkt-marketing asosida o‘zaro
aloqalar bir zumda amalga oshadi. Shu bois
bugungi kunda internet marketingning asosini
tashkil etmoqda
Direkt-marketingning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi
uning kommunikatsion
xususiyatlari bilan izohlanadi:
1) Direkt-marketing chiziqli kommunikatsiyani aks ettirib “sotuvchi—haridor”
modeliga ega; kommunikatsiya turi sifatida
esa bevosita kommunikatsiya
xususiyatiga ega;
2) manzilliligi va yo‘naltirilganligi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
marketing maqsadli
auditoriya xajmi va miqyosini aniq ajratish imkonini beradi. Uning yo‘naltirilganligi
kommunikatorga qaysi auditoriyani tahlil qilish imkoniyatini beradi;
179
3) “sotuvchi-haridor” dialog modeli javob reaksiyasini o‘sha
zahotiyoq olish
imkonini beradi. Bu dialog bir ondayoq sodir bo‘ladi va tomonlarning bir-biriga tezda
moslashishiga imkon beradi;
4) qo‘shimcha qulayliklarning mavjudligi. Haridor
tanlangan tovarni bevosita
o‘z uyida yoki idorasida qabul qilishi mumkin;
5) har bir aloqaning yuqori qiymatga ega ekanligi.
Direkt-marketingni rejalashtirish jarayoni marketing
kommunikatsiyasini
rejalashtirish jarayonidan farq qilmaydi. Biroq, direkt-marketingni
rejalashtirish
ayrim o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, bunda asosiy e’tibor potensial haridorlar va
tovar va xizmatlarni sotishga qaratiladi. Boshqa bir jihati
rejalashtirishda axborot
manbai va tashuvchilari
sifatida OAV emas, balki yuqori sifatli ma’lumotlar
bazasi
tanlanadi.
Direkt-marketingni rejalashtirish va o‘tkazish algortmini quyidagi bosqichlarda
ko‘rib o‘tishimiz mumkin:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: