177
7.1-jadval (davomi)
Keng miqyosni qamrab olishi
Tor va mukammal miqyosni qamrab olish
Barcha haridorlarni qamrab olishi
Ko‘proq naf keltiradigan haridorlarni
qamrab olish
Bozorda ulushga ega bo‘lishi
Haridorlar ulushiga ega bo‘lish
Haridorlarni jalb qilishi
Haridorlarni ushlab turish
Bugungi kunda xorijiy mamlakatlarda direkt-marketing juda ommalashib ketdi.
Bu jarayon kelgusida yanada rivojlanadi. O‘zbekistonda direkt-marketing rivojlanish
sur’ati xorij mamlakatlariga qaraganda birmuncha pastroq.
Shuni ham alohida
ta’kidlash joizki, bundan bir necha yillar oldin ayrim yirik firma va kompaniyalar
direkt-marketingdan foydalanishgan va o‘z amaliyotida qo‘llagan bo‘lsalar,
bugungi
kunda kichik biznes sub’ektlari ham qo‘llamoqdalar.
Direkt-marketingning ikki jihatini alohida qarab chiqish joiz. Bir tomondan
direkt-marketing – iste’molchilar bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish bo‘lsa,
boshqa tomondan sotish operatsiyalarining bevosita amalga oshirilishidir.
Direkt-
marketingning tarifi ham quyidagi besh jihatga asoslanadi:
1. Direkt-marketing – sotuvchi va mijozning o‘zaro ikki tomonlama
munosabatlari amalga oshadigan interaktiv tizimdir. Masalan,
kompaniya
buyurtmalar uchun katalogni pochta orqali jo‘natishi mumkin; mijozlar esa o‘z
navbatida telefon orqali qo‘shimcha axborotlar olish,
muammolarni aniqlash va
buyurtmani shakllantirish shartlarini kelishib olishi mumkin.
2. Direkt-marketing – ikki tomonlama kommunikatsiyaning bir qismi sifatida
doimiy ravishda iste’molchidan javob reaksiyasini kutadi. Bu o‘ziga xos teskari aloqa
bo‘lib, javob olingan va olinmagan taqdirda ham firmaning
marketing rejasi uchun
muhim ahamiyatga ega.
3. Direkt-marketing – barcha joyda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositadir.
Javob reaksiyasi uchun ikkinchi tomonning chakana savdo do‘koni yoki muayyan bir
sotuvchining bo‘lishini talab etmaydi. Buyurtmani kunning istalgan vaqtida
shakllantirish, uni firma xududidan chiqmasdan qabul qilib olish mumkin.
4. Direkt-marketing – qat’iy o‘lchovga ega bo‘lgan axborotni o‘z ichiga oladi.
Ya’ni direkt-marketing qo‘llanilganda tomonlar buyurtma va u bilan bog‘liq barcha
harajatlarning aniq miqdorini hisoblab chiqadilar. Olingan miqdoriy ko‘rsatkichlar
birinchi navbatda direkt-marketingni qo‘llash natijasida
olingan iqtisodiy naflikni
anglatadi.
5. Direkt-marketing mijozlar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar bazasi bo‘lishligini
talab etadi. Bunday ma’lumotlar asosida sotuvchi direkt-marketningdan foydalanadi,
uni shakllantiradi, kelgusida istiqbolli mijozlar uchun
qaytadan shakllantirishga
xizmat qiladi. Shuningdek, ma’lumotlar bazasi
vaqtdan unumli foydalanish,
mavsumiy tebranishlarni sayqallashtirishga imkon beradi [31,311]. 7.2-jadvalda
direkt-marketingning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: