171
−
ijtimoiy tarmoqlarda ishtirok etishni yangi narsalarga o‘rganish imkoniyati,
deb qarash va bu bilimlarni jamiyatga sifatliroq axborot yetkazish va muloqot uchun
sarflash.
Ijtimoiy tarmoqlar va bloglarda joylashtirilgan
axborotlarni turfirmaning
rasmiy press-relizlari va matbuot anjumanlarining o‘rnini bosadigan xabar, deb
hisoblash noto‘g‘ri. Ijtimoiy tarmoqda chop etilgan axborotning keyinchalik
o‘zgartirilishi ehtimoli borligini inobatga olish kerak.
Rasmiy xabarni doim turfirma saytidan va yangiliklar
sahifasidan topish
mumkin. Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda ishtirok etish qoidalari (masalan, ish soati, javob
uchun kerakli o‘rtacha vaqt, xabarga javob berish usuli) ijtimoiy tarmoqning turi va
unda ishtirok etish siyosatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Firmaning ichki jamoatchiligi bilan ishlash.
Bozor munosabatlarining
rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuv jarayonlari barcha korxonalar singari
turfirmalarda ham xodimlarning istiqboldagi rejalar va firmaning kelajagi to‘g‘risida
ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Ayrim hollarda firma
xodimlari o‘zlari yaratgan yangi turpaketlar, yo‘llanmalar va ishlab chiqilgan turistik
marshrutlar to‘g‘risida OAVdan habar topishadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, firma
xodimlarining 39%iga ichki axborotlardan kech xabardor bo‘ladi, 62 % xodimlar
axborotlarning firma faoliyatiga aloqasi kam deb hisoblashadi. Shuningdek, 60%
xodimlar firmadagi o‘z martabasidan qoniqmaydi va boshqa ishga o‘tishni ko‘zlab
yuradi [9,102].
Tabiiyki, bu xodimlarning yuqori rahbariyat
bilan munosabatlarini
salbiylashuviga, kadrlar qo‘nimsizligi va sodiqligining pasayishiga olib keladi. Shu
bois firma xodimlari va rahbariyati o‘rtasidagi vertikal va gorizontal aloqalarni
yaxshilash muhim ahamiyatga ega.
Ichki PR – turfirmada personalni boshqarish siyosatining muhim
elementlaridan biri bo‘lib, xodimlarni motivatsiya qilish
va ularning sodiqligini
oshirishga qaratilgan muhim tadbirdir.
Turfirmalarda PR bo‘yicha mutaxassisning faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda
olib boriladi:
– turfirmada norasmiy kommunikatsiya tarmoqlari va ularning yo‘nalishlarini
aniqlash;
–
boshqaruv buyruqlari va ko‘rsatmalarining buzilishi, turli noto‘g‘ri
axborotlar tarqatilishiga imkon beruvchi axborot maydonini aniqlash;
– turfirmada muhim kommunikatsion ahamiyatga ega shaxslarni aniqlash;
– turfirmadagi turli norasmiy guruhlarning firma faoliyatiga taalluqli axborotlar
bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;
– ma’muriy-boshqaruv xodimlarining boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan
bog‘liq axborotlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;
– turfirma xodimlari o‘rtasida ijobiy psixologik ustanovkalarni shakllantirish,
jamoa kayfiyatini yaxshilash uchun turli bosma nashrlar (gazeta, varaqalar), mahalliy
radio va teleko‘rsatuv, audiovizual vositalardan keng foydalanish;
– turfirmada tashkiliy aloqalarni mustahkamlashga
qaratilgan doimiy
ma’ruzalar, seminarlar, o‘quv kurslarini tashkil qilib borish;
172
– turfirma xodimlarining hamjihatlikda bayram kechalari, tabiat qo‘yniga
sayohatlar uyushtirish.
Aksariyat firma va kompaniyalarda ichki PR faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: