Ko‘rgazma va yarmarkalar.
Ko‘rgazma va yarmarkalar butun dunyoda
turizm biznesining PR faoliyatining yetakchi vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
“ko‘rgazma” va “yarmarka” tushunchalari har doim ham bitta ma’noni anglatmaydi.
Ko‘rgazma – kishilarning fan, texnika, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada
erishgan yutuqlarini omma oldida namoyish qilish tushuniladi Yarmarka – tovarlarni
zaldan sotish huquqiga ega bo‘lgan davriy ravishda o‘tkaziluvchi iqtisodiy
ko‘rgazmadir. Savdo ko‘rgazmasi (trade show) – yarmarkaning bir ko‘rinishi bo‘lib,
ma’lum bir vaqtda tovar ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar o‘z tovar va
xizmatlarining eksponatlarini namoyish qiladilar va bir vaqtning o‘zida sotishlari ham
mumkin.
Web–kommunikatsiyalar.
Zamonaviy turistlar va turmahsulot iste’molchilari
o‘zlari qiziqayotgan mintaqaning rekreatsion resurslari, servis sifati, tur davomiyligi
va narxi bilan bog‘liq ma’lumotlarni turistik agentlikka murojaat qilgungacha
aniqlashni istaydi. Shu sababli turizmning rivojlanishi va turfirmalarning o‘z
mahsulotlarini samarali siljitishlarida nafaqat bukletlar, balki internet saytlar ham
katta rol o‘ynaydi. Shunday ekan turizm sohasida PRning muhim vositalaridan biri
korporativ saytlardan foydalanish bo‘lib bormoqda.
Turfirmaning rasmiy saytini ochish – juda mas’uliyatli qadam. Kun sayin jadal
rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari ko‘plab kutilmagan yangiliklar tuhfa
etishi mumkin va ularning hammasini ham ijobiy, deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga, bu
hujjatlar Internet maydoniga chiqqaningizda sizning huquqiy yordamchingizga
aylanadi. Sayt uchun axborot yozishning batafsil texnologiyasi, sarlavhalar bilan
ishlash va sayt ishini takomillashtirishga xizmat qiladigan turli texnik jihatlar siz
uchun foydali bo‘ladi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoq va bloglardan foydalanish
Internet-saytni ommalashtirish borasida keng tarqalgan va eng samarali chora-
tadbirlardan biri hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi
aholiga xizmatlar va axborot olishi uchun katta qulayliklar yaratadi. O‘z
muammolarini, shu jumladan, maishiy muammolarni elektron aloqa kanallari, shu
jumladan, Internet orqali hal qilayotgan kishilar soni yil sayin ortib bormoqda.
Axborot infratuzilmasini tuzish qoidalariga muvofiq, turfirmalarning aholi va boshqa
tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalari o‘zida barcha resurslarni jamlagan portal orqali
amalga oshirilishi kerak. Buning o‘z afzalliklari bor, ya’ni ular:
– taqdim etiladigan ijtimoiy ta’minot xizmatlarining hajmi to‘g‘risida aholiga
xolis ma’lumot yetkazish imkonini beradi;
– aholini hukumat tashabbuslari va dasturlarini qo‘llab-quvvatlash ishlarida
faol ishtirok etishga jalb qiladi;
168
– turfirmaning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan faoliyatining ochiqligini
ta’minlaydi. Bundan tashqari, portal “yagona oyna” konsepsiyasini amalda tatbiq
etish imkonini beradi. Bu konsepsiya turli masalalar (soliqlar, ro‘yxatdan o‘tish,
subsidiyalar, litsenziyalash va hokazo)larning yechimini topishda yordam beradi;
– kundalik hamda zudlik bilan hal etishni talab etadigan dolzarb
muammolarning yechimini topishda turli davlat tuzilmalarining birgalikda harakat
qilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Turfirmalarning rasmiy sayt orqali ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan asosiy
axborot xizmatlari ro‘yxatiga quyidagilarni majburiy tartibda kiritish tavsiya etiladi:
1) turfirma rahbari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi,
tarjimai holiga taalluqli, aloqa o‘rnatish uchun kerakli ma’lumotlar. Fuqarolarni qabul
qilish kunlari);
2) turfirmada fuqarolarining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha quyi pog‘ona
menejerlarining telefon raqamlari va manzillari (pochta va elektron adresi va
hokazo), ularning ish tartibi, ma’lumot xizmati va ishonch telefonlari raqamlari;
3) turfirma rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan ariza, blank va statistik
hisobot shakllari;
4) fuqarolarning ariza, shikoyat va boshqa turdagi murojaatlarini qabul qilish
tartibi to‘g‘risidagi ma’lumot;
5) turfirma faoliyati to‘g‘risida tahliliy ma’ruzalar va axborot harakteriga ega
sharhlar;
6) turfirma rahbarining rasmiy chiqishlari va bayonotlari matni;
7) turfirmaning rasmiy statistik ma’lumotlari;
8) boshqa tegishli saytlarga o‘tish uchun havolalar;
9) elektron-raqamli imzo qo‘llanish doirasida, boshqa filiallar va hisobdor
shaxslardan hisobot, xat, ariza, shikoyat va boshqa turdagi murojaatlarni qabul qilish
imkoniyatlari.
Veb-sayt uchun maqola yozishdan asosiy maqsad – saytning doimiy
auditoriyasini yaratish, uni kengaytirishdir. Matn tuzishdan oldin uning taxminiy
rejasini tuzish tavsiya etiladi. Odatda, reja sarlavha va kichik sarlavhalar ko‘rinishida
bo‘ladi. Matnni so‘zboshi orqali mazmun jihatdan kichik bloklarga ajratish tavsiya
etiladi. Xatboshiga alohida ob’ekt deb qaraladi. Har bitta xatboshiga bitta fikrni
joylagan ma’qul. Xatboshining asosiy g‘oyasi bir-ikki gapda ifodalanadi, qolganlari
ikkinchi darajali ahamiyaga ega. Ular asosiy fikrni tasdiqlash, tavsiflash va
aniqlashtirishga xizmat qiladi.
Veb-sayt mavzusi va mazmunini belgilashda sarlavha juda katta ahamiyatga
ega. Aynan uning mazmuni internet-sahifaning qolgan qismidagi ma’lumot bilan
qiyoslanadi. Sahifa sarlavhasi uning mazmuniga qanchalik mos bo‘lsa, qidiruv tizimi
uchun ham shunchalik qulay bo‘ladi.
Saytdagi maqola sifatli yozilgan va tanlangan mavzuga qat’iy javob bergan
holda, uning mazmunidan tegishli sarlavhani topish oson bo‘ladi. Maqola mazmunini
belgilovchi bir nechta so‘zlarni topish va shu so‘zlar asosida maqolaga sarlavha
qo‘yish kerak. Sarlavha tanlash murakkablik tug‘dirsa, materialni shunday qayta
ishlash kerakki, bunda qiyinchilik yuzaga kelmasin. Sayt uchun maqola
169
tayyorlayotganda zarur mavzuni aniq aks ettiradigan kalit so‘zlar va iboralarni topish,
matnni esa shu poydevorga qurish kerak. Sarlavha tanlayotganingizda ushbu
tanlangan so‘zlarni ko‘chirib yozish qoladi va ish yakuniga yetadi. Ammo, shunda
ham matndagi butun bir gapni sarlavhaga ko‘chirish tavsiya etilmaydi.
Internet–saytlardan foydalanish turfirmalarning PR faoliyati uchun quyidagi
afzalliklarni yaratib beradi:
– internet biznes yuritish va reklama faoliyatining jadal suratlar bilan o‘sib
borayotgan bozori hisoblanadi;
– internet boshqa vositalarga taqqoslaganda tez va arzon narxlarda bozorga
chiqish, hokimiyat organlari ishtiroki va aralashuvisiz maqsadli bozorni egallash (on
– layn bronlash tizimlari) imkonini beradi.
– jamoatchilik bilan keng, doimiy aloqada bo‘lish imkoniyati. Internet odamlar
bilan kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun, yiliga 365 kun aloqada bo‘lish imkoniyatini
beradi;
– kechikmay javob olish. Internet yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha
yechimni topishda zudlik bilan ishga kirishishga yordam beradi;
– global auditoriya. Onlayn rejimida hech qanday geografik to‘siq yo‘q;
– auditoriyani bilish. Internet interaktiv bo‘lgani tufayli, turfirma va
jamoatchilik o‘rtasida doimiy ravishda o‘zaro aloqa o‘rnatiladi. Bunda qandaydir
taxminlarga hojat qolmaydi, chunki u auditoriyaga nima kerakligini tushunishga
yordam beradi;
– ikkiyoqlama aloqa. An’anaviy ommaviy axborot vositalari passiv
kuzatuvchilik rolini taklif etib, jamoatchilik ishtirokini o‘quvchi va muxlislarga
cheklab qo‘yadi. Internet orqali esa, auditoriya veb-sayt orqali turfirma xodimlari
bilan erkin muloqot qilishi, ya’ni faol o‘zaro aloqa o‘rnatilishi mumkin;
– rentabellik. Internetdan foydalanish uchun haq borgan sari arzonlashib
bormoqda, demak, Internet orqali muloqot qilishning iqtisodiy samaradorligi ortadi.
Idora buyumlariga, materialni qog‘ozda bosib chiqarishga ehtiyoj qolmaydi. Ammo
yutuq, avvalo, iqtisodiy emas, kommunikatsiya sohasida ro‘y beradi;
– targeting – potensial iste’molchilarni tezda tanlash va turfirma bilan
qiziqmaydiganlar uchun reklama va boshqa axborot vositalari namoyishini cheklash.
PR bo‘yicha mutaxassislarning ijtimoiy tarmoqlarda ishlashi zamonaviy
talablar darajasida bo‘lish uchun shuni chuqur tushunib olishingiz kerakki, Internet-
makoni turli axborot xizmati o‘rtasidagi raqobatda muhim maydonga aylanib
bormoqda. Axborot texnologiyalari taraqqiyoti zamonaviy axborot bilan ishning
yangi usul va vositalarini ishga solishni talab etmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda
Internetdan foydalanuvchilar soni 10 million nafarga yaqinligini inobatga oladigan
bo‘lsak, bu ulkan kommunikatsiya maydonini e’tiborsiz qoldirish mumkin emas.
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ishni avvalo, maqsadli auditoriya qayerda
joylashganligini tushunib olish bilan birga, hozirda Internetdan aholining 14 dan 70
yoshgacha bo‘lgan qatlami foydalanayotganligini inobatga olish kerak.
Ommalashib borayotgan ijtimoiy tarmoqlarga xorijda (ingliz tilidagi
auditoriyalar)
– www.facebook.com, www.twitter.com, www.youtube.com,
hamdo‘stlik
davlatlarida
(rus
tilidagi
auditoriya)
www.vk.com,
170
www.odnoklassniki.ru, www.my.mail.ru, O‘zbekistonda esa www.uforum.uz,
www.muloqot.uz, www.mytube.uz tarmoqlarini keltirish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarni veb-texnologiya sifatida ta’riflash mumkin. Bu tarmoq
foydalanuvchilarga xabar jo‘natish va almashish imkonini beradi. Birinchi o‘rinda,
tarmoqqa kiruvchilar sonini inobatga olish kerak. Blogni yuritayotgan turfirma
xodimi Internetda paydo bo‘lgan axborotni butunlay olib tashlab bo‘lmasligini
anglashi, shu sababli, mas’uliyatni tushungan holda, faqat to‘g‘ri ma’lumotni
joylashtirishi kerak.
Nashr etilgan axborot turfirma obro‘siga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini
tushunib yetish lozim.
U yoki bu ijtimoiy tarmoq tugmasini yangiliklar tasmasi yoki blog maqolalari
ostiga joylashtirish millionlab foydalanuvchilarga materiallarning havolasi o‘zining
kelgusidagi auditoriyasi bilan tez almashish imkoniyatini yaratadi.
Har gal foydalanuvchi saytdagi ushbu tugmani bosganda, uning Web-
sahifasida avtomatik tarzda saytga murojaat ko‘rsatilgan xabar chiqadi.
Sizning sahifalarga kiruvchilar saytga murojaat qilish orqali undan doim
foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shu tariqa, veb-resurs yangilik paydo bo‘lgandan
keyin qisqa vaqt ichida qo‘shimcha kiruvchilarning diqqatini tortishi mumkin bo‘ladi.
U yoki bu resurs orasidan kiruvchilar ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarni tanlab
olishi juda muhimdir. Masalan, turfirma sayti uchun salohiyatli auditoriya – asosan
turistlar, NNT va gid-ekskursovodlar, talabalar, shuningdek, boshqa tadbirkorlik
tuzilmalari bo‘lib, aynan ular ko‘proq foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanish lozim.
Sayt qidiruv tizimlarida ularning ommalashishiga yuqori ta’sir ko‘rsatadigan
resursni optimallashtirish bilan bir qatorda yuqori natijaga erishish uchun unga o‘z
vaqtida tuzatishlar kiritib borish, barcha mahalliy OAVda tashviqot qilish zarur.
Qanday tuzatishlar kiritish zarurligini aniq tasavvur qilish uchun mutaxassis
har kuni saytga qancha kishi, qaysi qidiruv so‘rovlar bo‘yicha va qaysi qidiruv
tizimlari, saytlar yoki kataloglardan kirayotganini, qanday bo‘lim va sahifalar
ko‘proq qiziqish uyg‘otayotganini tahlil qilib borishi kerak. Bu ma’lumotni sayt
statistikasidan olish mumkin, ushbu resurs ishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni
to‘plash esa uni ommalashtirishning muhim majburiy bosqichiga aylanishi kerak.
Statistik ma’lumotlar statistikani tahlil qilishga xizmat qiluvchi o‘lchagichlar, log va
skriptlar yordamida olinadi. Statistika servisi taqdim etadigan o‘lchagich saytga
kiruvchilar sonini mustaqil sanash imkonini beradi. Bunda saytda ma’lumot
to‘plovchi kod o‘rnatiladi, hisoblagich statistik ma’lumotlarni sanaydi, qayta ishlaydi
va natijani chiqarib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |