O'quv jarayonini tashkil etishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish



Download 18,73 Kb.
Sana05.04.2020
Hajmi18,73 Kb.
#43179
Bog'liq
O'QUV JARAYONIN

O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.
Andijon davlat universiteti

170100, Andijon shahar, Universitet ko'chasi, 129 uy.


Annotatsiya: Ta`lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bir qancha afzalliklarni beradi. Bevosita ta`lim sifati samaradorligini oshirishda ham AKT muhim ahamiyat kasb etadi.


Annotation: The use of information and communication technologies in the education system offers several advantages. The act also plays an important role in improving the effectiveness of the quality of direct education.

Аннотация: Использование информационных и коммуникационных технологий в системе образования дает несколько преимуществ. Закон также играет важную роль в повышении эффективности качества прямого образования.
Kalit so’zlar: Innovatsion, difraktsiya, interferensiya, qutblanish, elektromagnitzm, kvant, multimedia, kommunikatsion.



Keywords: Innovation, diffraction, interference, polarization, electromagnetism, quantum, multimedia, communication.
Ключевые слова: инновация, дифракция, интерференция, поляризация, электромагнетизм, квант, мультимедиа, коммуникация.
Mamlakatimiz mustaqillikga erishgach, Respublika ta'lim sohasida tub o'zgarishlar sodir bo'ldi va bu sohada yangidan-yangi islohotlar olib borilmoqda. “Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta’limi muhitiga integrallashishga yo’naltirilgan ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o’qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o’zgartirish imkonini bermoqda. Axborot-komunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonining eng muhim qismidir”[1]. Biroq bu sohada hal qilinishi kerak bo'lgan muammolarimiz yo'q emas. Bugungi kunda ta'limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni amaliyotda qo'llash fizika fani o'qituvchisi oldida turgan dolzarb muammo hisoblanadi.

Oliy ta'lim o'quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Ular orasida kompyuterning maxsus dasturlari yordamida o'quvchilar tomonidan kuzatilishi qiyin bo'lgan fizik jarayonlarni animatsiyalash, videorolik vositasida ko'rgazmali tushuntirish salmoqli ahamiyatga ega. Masalan: elektromagnitzm, kvant yoki atom yadro fizikasi bo’limlarini hamda difraktsiya, interferensiya va qutblanish hodisalarini faqat darsliklardan va unda tasvirlangan sur’atlar orqali o’zlashtirish qiyin. Agar ushbu bo’limlar mavzularini fizika fanini o’qitish davomida 3D ekranda bosqichma-bosqich tushuntiradigan virtual taqdimot paydo bo'lsa, bunday taqdimotni o'quvchi oson va mukammal o’zlashtirishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqorida keltirilgan fizik hodisalarni faqat kitobdan o'qib fizikaviy tushunchalarga ega bo'lish o’quvchilarga murakkabdir. Agar biz amaliy va hayotiy, zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yanada kengaytirsak, mavzu tushunarli va qiziqarli bo’ladi. Bugungi kunda yer kurrasining istalgan joyida turib, zamonaviy axborot komunikatsion texnologiya (AKT) imkoniyatlaridan foydalangan holda ta'lim olish mumkin. Shu jumladan avvalo jamiyatni axborotlashtirish Respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilashiga va fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi. O’qituvchi dars mobaynida ta’limiy dasturlar, raqamli resurslar hamda axborot manbalaridan foydalanish zarur, axborot vositalaridan, shuningdek, skaner, raqamli qurilmalar, mikroskop va proyeksion uskunalardan foydalanishni bilishlari shart. O'qitishda yangi axborot texnologiyalardan foydalanish an'anaviy tizimga nisbatan o'quv jarayonini jadallashtirib, talabalarda fanga qiziqishni oshiradi, ularda ijodiy faoliyatni o’stiradi. "Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri hisoblash texnikasining inson faoliyatining barcha sohalariga keng miqyosda tatbiq qilinishidir. Fizika kursidagi jarayonlarni o'rganish, hamda bir qancha darslarda qo'llaniladigan qurilmalarni virtual analogini hosil qilish, zamonaviy kompyuter axborotlarini qayta ishlash jarayonini o'zlashtirish, multimedia va tarmoqli axborot almashuv texnologiyasini o'rgatish maqsadga muvofiq" [2].

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishdan maqsad o’quvchilarni zamonaviy axborotlar, texnika vositalari bilan tanishtirish, bu sohada savodxonlik darajalarini oshirish, eng asosiysi, mazkur axborotlardan to’gri foydalanish malakalarini oshirishdan iboratdir. Agar fizika fanini o’qitishda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishni mukammal darajada yo’lga qo’ysak, fanga oid mavjud elektron darsliklardan, ko’plab dasturlardan, hamda (AKT) ning multimedia tizimlaridan foydalanish barcha o’qituvchilarning majburiyatiga aylanadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanish dars jarayonida yaxshi samara beradi.

AKT foydalanish pedagogik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo'lib, quyidagi muhim natijalarga olib keladi:

- Dars samaradorlgini oshiradi, o’quv jarayonini faollashtiradi

- O'quv materiallarining turli sohalari (ovoz, matn, video, grafika va animatsiya) yordamida uzatish o'quvchilarning diqqatini tortadi;

- Fizika faniga bo'lgan qiziqishni oshiradi, mustaqil fikrlashga olib keladi va vaqtdan samarali foydalanishga erishiladi;

-O’qituvching o’z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko’plab imkoniyatlar taqdim etadi

-Talabalarning zamonaviy kompyuterlarda fizikaviy masalalarni yechish, fizika fanini tushunishga qiyin bo'lgan mavzularini o'rganishga, erkin tasavvur qilishga olib keladi va shu bilan birga talaba fizika sohasidagi eng so’ngi ma'lumotlarga ega bo'ladi.

Adabiyotlar:

1. N. Sadriddinov, A. Rahimov, A. Mamadaliyev, Z. Jamolova. Fizika O’qitish Uslubi Asoslari. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan universitet va pedagogika institutlarining (fizika – 5440100,fifizka-astronomiya-5140200) bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun fizika fanidan o’quv qo’llanma.TOSHKENT-‘O’ZBEKISTON’-2006.



2. A.G. Glazunov, I.I. Nurminskiy, A.A. Pinskiy. O’rta Maktabda Fizika O’qitish Metodikasi. O’quv-uslubiy qo’llanma.TOSHKENT ‘O’QITUVCHI’ 1996.
Download 18,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish