154
bo‘yicha mutaxassislar maxsus uslublarni yaratadilar, bir-birlarini o‘zaro tushunishni
yo‘lga qo‘yish tajribalarini to‘playdilar. PRning maqsadlari aniq bo‘lgandan keyin
dastur ishlab chiqishga kirishiladi. Maqsadlar yaqin
kelajakka va uzoq muddatga
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Har bir dasturda ularga erishish bo‘yicha harakatlar
tizimi aks ettiriladi. Odatda dasturlarni ishlab chiqishda o‘tkazilgan tadqiqotlarda
to‘plangan ma’lumotlarga tayanilib, oldingi ishlarning natijalari tahlil qilinadi. Bu o‘z
navbatida yangi sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni e’tiborga olish
imkonini beradi va shu
orqali barcha ishlarga zaruriy qayishqoqlik va moslashuvchanlik ta’minlanadi. PR
ijtimoiy jarayon bo‘lib, inson omiliga asoslangan. Shu bois, u mutaxassislardan 10%
intuitsiya, 25% tajriba va 65% yaratuvchanlikni talab etadi.
PR-dasturini tuzish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Vaziyatni baholash.
2. Maqsadlarni aniqlash.
3. Jamoatchilikni aniqlash.
4. Ommaviy kommunikatsiya kanallarini, ta’sir o‘tkazish texnikasini tanlash.
5. Byudjetni rejalashtirish.
6. Natijalarni baholash.
Firma PR-dasturining tuzilishi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
1.
Tashkilot missiyasini aniqlash;
2.
Vaziyatning SWOT-tahlili: Strengths (kuchli tomonlar), Weaknesses
(kuchsiz tomonlar), Opportunities (imkoniyatlar), Threats (tahdidlar); bunda dastlabki
ikkita parametrlarga ichki omillar (faktorlar) sifatida (biz o‘zgartirishimiz
mumkin
bo‘lgan narsalar), keyingi ikkita parametrlarga – tashqi omillar (faktorlar) sifatida
(biz hisobga olishimiz lozim bo‘lgan narsalar) qaraladi;
3.
Maqsadlar va vazifalar;
4.
Tamoyillar;
5.
Ish uslublari va shakllari;
6.
Auditoriya turlari va maqsadli guruhlar;
7.
Tayanch g‘oya, ramz, logotiplar;
8.
Samaradorlikni baholash va natijalarni nazorat qilish.
PR dasturlarida “media relations”ga, ya’ni ommaviy
axborot vositalari bilan
munosabatlarni rejalashtirishga ham katta e’tibor qaratiladi. Bundan maqsad –
ommaviy axborot vositalari kanallari bo‘ylab xabarlar uzatish samaradorligini
oshirish va ma’lumotlarning og‘ish imkoniyatlarini kamaytirishdan iborat bo‘ladi.
Buning uchun
muntazam ravishda brifinglar, matbuot anjumanlari, “davra
suhbatlari”,
ommaviy tortishuvlar, taqdimotlar orqali ommaviy axborot vositalari
bilan o‘zaro manfaatli sherikchilik va hamkorlik o‘rnatish ko‘zda tutiladi.
PR-dastur faqatgina “media relations” va
maqsadli auditoriya bilan
kommunikatsiya o‘rnatish orqali cheklanib qolmaydi. Turizm infratuzilmasi,
biznes
sohasidagi sheriklar bilan munosabatlar o‘rnatish uchun maxsus uslublar va
strategiyalar qo‘llaniladi. Qoidaga ko‘ra, sheriklar uchta guruhga:
–
firma bilan umumiy maqsadlar bir bo‘lgan;
–
firma bilan umumiy manfaatlar bir bo‘lgan;
–
firma bilan umumiy muammolar bir bo‘lgan guruhlarga ajratiladi.