Zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan



Download 158,63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.04.2020
Hajmi158,63 Kb.
#44500
Bog'liq
AX TIZ LABORATORIYA ISHI 3


LABORATORIYA ISHI № 3. 

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYA VOSITALARI BILAN 

TANISHISH 

 

 



Ishning  maqsadi.  Talabalarda  axborot  texnologiyalari  vositalari  va  ularning  turlari 

bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. 

 

 

Masalaning qo‘yilishi.  



 

1. Axborot texnologiyalari va ularning turlari haqida o‘rganib, tahlil qilish. 

 

2. Multimedia texnologiyalari va ularning turlari haqida o‘rganib, tahlil qilish. 



 

Qisqacha nazariy ma’lumotlar 

 

Axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni olish 

jarayoni uchun uchun zarur bo‘lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi. 

 

Axborot  texnologiyasining  maqsadi  –  inson  tomonidan  tahlil  qilish  va  uning  asosida 

qandaydiy  xatti-harakatlarni  bajarish  bo‘yicha  aniq  qaror  qabul  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan 

axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan. 

 

Turli texnologiyalarni qo‘llagan holda bitta moddiy resursning o‘zidan bir nechta buyum 



yoki  turli  sifatdagi  mahsulotlarni  olish  mumkin  bo‘lsa,  bu  holat  axborotni  qayta  ishlash 

texnologiyalari uchun ham o‘rinlidir. 

 

Axborot  texnologiyasi  jamiyatning  axborot  resurslaridan  foydalanish  jarayonining  eng 



muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan 

o‘tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni 

qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. 

 

Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy 



texnik  vositasi  bo‘lib  xizmat  qiladi,  u  texnologik  jarayonlarni  qurish  va  foydalanish 

konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy 

kompyuterni  joriy  etish  va  aloqaning  telekommunikatsiya  vositalari  qo‘llanishi  axborot 

texnologiyalarining  rivojlanishida  yangi  bosqichni  belgilab  berdi  va  oqibatda  “yangi”, 

“kompyuter”  yoki  “zamonaviy”  sinonimlaridan  birini  qo‘shish  hisobiga  uning  nomini  ham 

o‘zgartirdi. 

 

Moddiy  ishlab  chiqarishda  texnologik  jarayon  turli  texnik  vositalar  yordamida  amalga 



oshiriladi, ularga uskunalaar, stanoklar, asboblar, konveyer liniyalari va hokazolar kiradi. 

 

Axborot  texnologiyasida  esa  axborot  ishlab  chiqarishning  bunday  vositalari  sifatida 



jarayonning  apparat,  dasturiy  va  matematik  ta’minotini  olishimiz  mumkin.  Ular  yordamida 

dastlabki  axborot  sifat  jihatidan  yangi  axborotga  qayta  ishlanadi.  Bu  vositalar  ichidan  dasturiy 

mahsulotlarni alohida ajratib ko‘rsatamiz va ularni instrumentariy deb ataymiz.  

 

Demak, axborot texnologiyasining instrumentariysi kompyuterlarning muayyan turi uchun 



bir yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq dasturiy mahsulotlardan iborat bo‘lib, unda ishlash texnologiyasi 

foydalanuvchi  qo‘ygan  maqsadga  erishishni  ta’minlaydi.  Instrumentariy  sifatida  shaxsiy 

kompyuterlar uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlarning keng tarqalgan quyidagi turlaridan 

foydalanish mumkin: matn muharrirlari, nashriyot tizimlari, elektron jadvallar, MBBT, elektron 

yozuv kitobchalari, elektron kalendarlar, funksional maqsadlarga (moliyaviy, buxgalterlik, mar-

keting) mo‘ljallangan axborot tizimlar, ekspert sistemalar va hk. 

 

Biz kompyuterda ishlayotib, qayta ishlangan, ya’ni aniq bir formaga solingan axborotning 



turlicha shakllariga duch kelamiz va aynan, har bir shakldagi axborot bilan ishlash uchun muayyan 

bir dastur muhiti kerak bo‘lishini ham bilamiz. Masalan, agar qayta ishlanayotgan axborot 

1)  matnli hujjat ko‘rinishida bo‘lsa, u holda bizga Text Editor dasturlardan biri, xususan, 

MS Word muhiti zarur bo‘ladi; 

2)  grafik  hujjat  ko‘rinishida  bo‘lsa,  u  holda  bizga  Picture  Viewer  yoki  Picture  Editor 

dasturlardan biri kerak bo‘ladi; 



3)  audio yoki video ko‘rinishda bo‘lsa, u holda bizga Audio/Video Player, Audio/Video 

Editor yoki Audio/Video Converter kabi dasturlardan biri kerak bo‘ladi va hokazo. 

 

Umuman, bir formatdagi faylni boshqa bir formatdagi dastur muhitida qayta ishlab yoki 



ko‘rib bo‘lmaydi. Binobarin, agar xuddi shu bir nechta formatdagi fayldan bir dastur muhitida bir 

vaqtda foydalanish imkoni bo‘lsa, u holda biz xuddi ana shu dasturni multimedia-dastur deb hi-

soblashimiz  mumkin  va  bu  dasturni  kompilyatsiya  qilish  natijasi  o‘laroq  yana  multimedia-

hujjatiga ega bo‘lamiz. 

 

Keyingi  yillarda  kompyuterlarning  texnik  imkoniyatlarini  hisobga  olib,  muayyan  bir 



amaliy  dasturni  multimedialashtirish  masalasiga  ham  e’tibor  qaratilmoqda,  xususan,  Web-

brauzerlarning  o‘zi  bunga  yaqqol  misol.  Web-brauzerlar  funksional  jihatdan,  odatda  viewer-

dasturlar turkumiga kiradi. 

 

Multimedia interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvida ishlaydigan vizual va audioeffektli 



obyektlar jamlanmasi  bo‘lib, uni  tatbiq  etilish sohalariga ko‘ra bir nechta kategoriyaga ajratish 

mumkin.  Multimedia  tizimidan  foydalanish  turli  maqsadlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Jumladan, 

o‘rgatuvchi  dasturlar,  ma’lumotnoma-hujjatlari,  elektron  ensiklopediya  kabi  dasturiy 

mahsulotlarni tayyorlashda multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini 

oshirish maqsadiga qaratilgan asosiy kategoriyalardan biri sanaladi. 

 

Multimedia  deganda  kompyuter  uchun  mo‘ljallangan  tovush,  video  va  turli  animatsiya 

effektlari jamlanmasidan iborat texnik yoki dasturiy majmua tushuniladi. 

 

Bu majmuani bir to‘plam sifatida olib qaraydigan bo‘lsak uning elementlarini tovush, video 



va  animatsiya  effektlari  tashkil  etadi.  Ularni  bir  so‘z  bilan  “multimedia  elementlari”  deb  atash 

mumkin. Endi tabiiy savol tug‘iladi: “Bu multimedia elementlarining tatbiqiy doirasi qanaqa va 

qanday tatbiq etiladi?”.  

 

Birinchidan,  multimedia  elementlarining  tatbiqiy  obyekti  –  bu  hujjat,  ya’ni  elektron 



ko‘rinishidagi  hujjat.  Qachonki  elektron  hujjatga  multimedia  elementlari  biriktirilsagina  u 

“multimedia  hujjati”  deb  atalishi  mumkin.  Ikkinchidan,  multimedia  hujjatlarini  yaratish  uchun 

kompyuterning turli texnik qurilmalari va maxsus dasturiy ta’minotlar ishlatiladi. Mana shu texnik 

qurilmalarni  biz  “multimedianing  texnik  vositalari”,  maxsus  dasturiy  ta’minotlarni  esa 

“multimedianing  dasturiy  vositalari”,  har  ikkalasini  birlashtirib,  umumiy  holda  “multimedia 

vositalari” deb ataymiz. 

 

Multimedia  vositalari  jumlasiga  yana  bir  vosita  –  hujjat  ta’minoti,  boshqacha  aytadigan 



bo‘lsak,  tayyor  multimedia  hujjati  ta’minotini  ham  kiritishimiz  mumkin.  Chunki,  yangi 

multimedia hujjatini yaratish chog‘ida eski, ya’ni oldindan bor bo‘lgan mavjud hujjat ta’minotidan 

ham foydalanish mumkin. 

 

Shunday qilib, multimedia vositalari quyidagi uch guruhga bo‘linadi: 



 

1)  texnik  multimedia  vositalari  (videokarta,  videomontaj  tizimlari,  TV  (FM)  tyunerlar, 

ko‘zoynak  va  shlemlar,  fotokamera,  videokamera  tovush  kartalari,  kompyuter  akustikasi, 

joystiklar ...); 

 

2) dasturiy multimedia vositalari (PowerPoint, Adobe Photoshop, AutoPlay, Macromedia 



Director,  Flash,  Authoware  Professional,  FrontPage,  mPower  4.0,  HyperStudio  4.0,  Web 

Workshop Pro, …). 

 

3)  mavjud  multimedia  hujjati  ta’minoti  (gif,  flv  yoki  swf-formatli  fayllar,  hypertext 



ko‘rinishidagi matnli fayllar, audio va video formatli fayllar, turli grafik fayllar, …). 

 

Endi bu vositalardan foydalanish masalasi, aniqroq aytganda, foydalana olish muammosi 



alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, har bir texnik qurilmadan foydalanishning ham o‘z qonun-

qoidalari bor. Har bir dasturiy ta’minotdan foydalanishning ham o‘ziga yarasha qonun-qoidalari 

bor. Ularni qayerda, qanday qo‘llash kerakligining o‘zi alohida metodikani talab etadi. 

 

Ana endi, biror multimedia hujjatini yangidan yaratish uchun multimedia vositalari bilan 



birgalikda  ularning  yoniga  ularni  qo‘llash  bo‘yicha  uslub  ham  qo‘shildi.  Demak,  multimedia 

vositalari  va  ularni  tatbiq  etish  bo‘yicha  uslublar  jamlanmasi  birgalikda  “multimedia 

texnologiyalari”ni tashkil etadi. 


 

Hozirgi  kunda  respublikamizda  ham  masofadan  turib  uslubiy  materiallarni  o‘rganish, 

ayrim fanlarni o‘qitish uchun multimedia texnologiyalaridan keng ko‘lamda foydalanilmoqda va 

bu  yaxshi  natijalar  bermoqda.  Elektron  kutubxonalar,  elektron  darsliklar  allaqachon  iste’molga 

kirib 

ulgurgan. 



Jumladan, 

multimedia 

darsliklari  o‘zida  ko‘pgina  ma’lumotlarni 

mujassamlashtirish  bilan  birga  ularni  ekranda  namoyish  etish  hamda  ovoz  yordamida  izohlash 

bilan ham alohida ajralib turadi. Multimedia darsliklarining asosiy xususiyatlaridan biri – u voqea 

va hodisalarni yaqqol aks ettiradi, ya’ni birmuncha “hayotiylashtiradi”. Bu esa matn, videotasvir, 

multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi. 

 

Topshiriqlar: 

 

1. Matn muharrirlari va nashriyot tizimlari haqida ma’lumot tayyorlang. 



 

2. Elektron jadvallar va MBBT lar haqida ma’lumot tayyorlang. 

 

3. Texnik multimedia vositalari haqida ma’lumot tayyorlang. 



 

4. Dasturiy multimedia vositalari haqida ma’lumot tayyorlang. 

 

Adabiyotlar: 

1.  Maxarov T.A. Axborot tizimlari nazariy asoslari (magistratura mutaxassisliklari uchun 

o‘quv qo‘llanma). – T.: 2012. – 152 b. 

2.  Избачков Ю.С., Петров В.Н. Информационные системы: Учебник для вузов. 2-е изд. 

– СПб.: Питер, 2005. – 656 с. 

3. 


http://koi.tspu.ru/

 – Информационные системы. 



 

Download 158,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish