151
–
potentsial auditoriyada muayyan (aniq) taklif (dastur, voqea-hodisa yoki
aksiya, yangi xizmatlar) to‘g‘risida bilimlarning ma’lum bir darajasini
shakllantirishga;
–
takliflar – dasturlar,
xizmatlar, voqea-hodisalar va hokazolarga qiziqish va
ehtiyojni shakllantirishga;
–
doimiy auditoriyaning ma’lum bir maqsadli guruhini tashkilotning sherigiga
aylantirishga intilishga;
–
maqsadli auditoriyada tashkilotning muayyan (aniq) taklifiga nisbatan
bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Shundan kelib chiqqan xolda marketing kommunikatsiyalarida PR–
texnologiyasi asosida yechimini topadigan bir qator vazifalar mavjud. Bular:
–
firmaning jamoatchilik orasidagi ijobiy imidjini shakllantirish;
–
matbuot, radio va teleko‘rsatuv vositasida kuzatish orqali jamoatchilikning
firma haqidagi fikrini aniqlash va unga baho berish;
–
firma va uning ko‘p sonli auditoriyalar o‘rtasidagi hamjihatlikni
yaxshilashga qaratilgan usullar tizimini ishlab chiqish;
–
firma va uning ko‘p sonli auditoriyalari o‘rtasidagi
kommunikatsiya
jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi to‘siqlarni bartaraf qilish;
–
kishilarning turli qarashlari va qadriyatlarini o‘rganish orqali firmaning
ijobiy korporativ madaniyatini shakllantirish;
–
firma xodimlari o‘rtasidagi vaziyatni muntazam ravishda tahlil qilib borish
va ularni takomillash va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
–
nizoli va inqirozli vaziyatlarda chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
–
bozorga yangi tovar va xizmatlar kiritilishi to‘g‘risida illyustratsiyalar
chiqarish;
–
OAVda maxsus PR–aksiyalar, tijorat tadbirlari, ko‘rgazma
va yarmarkalar
to‘g‘risida muntazam yoritib borish;
–
korporativ mahsulot va xizmatlarni siljitishni rag‘batlantirish shakllari va
usullarini ishlab chiqish;
–
firma xodimlarining omma oldiga chiqishlariga tayyorgarlik ko‘rish.
PR integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining ajralmas qismi
sifatida ma’lum funksiyalarga ega. PRning marketing kommunikatsiyasidagi
quyidagi funksiyalarini mavjud:.
–
axborot funksiyasi –
maqsadli auditoriyalarga firma haqida uning holati
to‘g‘risida axborot berish;
–
imidj yaratish funksiyasi
– keng jamoatchilik fikrida firmaning mavjud va
o‘zgarib turadigan qiyofasini shakllantirish;
–
boshqaruv funksiyasi
– jamoatchilik fikri asosida firmaning bozordagi
mavqeini tartibga solish;
–
kommunikativ funksiyasi
–
firmaning boshqa firmalar, jamoat tashkilotlari,
hududiy tuzilmalar, turli tashkilotlar bilan aloqasi va hamkorligini ta’minlashni
ko‘zda tutadi;
152
–
yashovchanlikni ta’minlash funksiyasi
– firmaning jamiyat uchun naf
keltirishini asoslash va ishontirish
maqsadida turli tadbirlar, tantanali sanalarni
o‘tkazib turish.
–
tahliliy–prognoz funksiyasi
– bo‘layotgan voqea hodisalarni dinamikasini
o‘rganish maqsadida axborot siyosati(strategiyasi va taktikasi)ni ishlab chiqish;
–
ijtimoiy–insoniy funksiyasi
–
tashqi hamkorlar, haridorlar va iste’molchilar
o‘rtasida ishonch, kelishuv va hamjihatlik muhitini shakllantirish.
Ikki
tomonlama
kommunikatsiyani
amalga
oshirish,
munosabatlar
marketingnining asosiy markazda ekanligi PRning muayyan tamoyillarga
asoslanishini taqozo etadi. Firmaning PR bo‘yicha menejeri mavjud masalalarning
yechimini topishda qanday yo‘l tutishni va bunda qaysi yo‘nalishda faoliyatni olib
borishni bilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: