Bog'liq 1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
155 PR tadbirlari – ma’lum davrni qamrab oladigan va vaqt bo‘yicha bitta tadbir
boshqasini to‘ldiradigan qilib taqsimlangan, bitta maqsad yo‘lida birlashtirilgan bir
nechta PR-tadbirlardan iborat bo‘ladi. PR tadbirlari maqsadli auditoriyaning
qiziqishini kuchaytirish yoki zaiflashtirish bilan ijtimoiy xulq-atvorga undaydigan
sabablarning ta’sirini sezilarli darajada o‘zgartirish mumkin. Tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha, auditoriyaning axborot bosimga aks ta’sir ko‘rsatish funksiyasi
chiziqli bo‘lmaydi, qiziqish bildirish qabul qilish va to‘yinish ostonalari orqali o‘tadi.
Biroq, axborot bosimning PR maqsadlariga erishish uchun yetarli bo‘lgan minimal
darajasi qabul qilish ostonasi sifatida qabul qilinadi.
To‘yinish ostonasi – bu axborot bosimning uning chegaralaridan tashqarida
bosim o‘tkazish befoyda bo‘lgan darajasidir. Bunda axborot bosim o‘tkazish aks
ta’sir darajasini kuchaytirmaydi, buning ustiga u zararli bo‘lishi mumkin, chunki
qiziqishning susayishi va inkor qilinishiga olib keladi. Shunday qilib, PR-
mutaxassislarining vazifasi – turistik korxonani samaradorlik zonasida qabul qilish va
to‘yinish ostonasi oralig‘ida rejalashtirishdan iborat bo‘ladi, aks holda harakatlar
befoyda yoki zararli bo‘lib chiqadi. Ta’kidlash joizki, axborot ta’sir o‘tkazish
samarasi vaqtda chiziqli bo‘lmagan holda taqsimlanadi va bunda tadbirni
rejalashtirishda dinamik jihatlarni e’tiborga olish lozim bo‘ladi.
PR dasturi quyidagi asosiy savollarga javob bera olishi lozim: –
nimaga e’tibor jalb qilinadi?
–
ma’lumot kimga mo‘ljallanadi?
–
PR tadbirining maqsadlari nimalardan iborat?
–
qanday natijalarga erishish rejalashtiriladi?
–
kutilayotgan natijalarga qanday qilib erishiladi?
–
PR tadbirini o‘tkazish uchun qanday resurslar zarur bo‘ladi?
PR-kampaniyani rejalashtirish ketma-ketligi quyidagicha bo‘lishi mumkin: –
potensial auditoriyaning portretini aniqlash;
–
PR tadbirining maqsadlarini aniqlash;
–
PR tadbirining asosiy g‘oyasini aniqlash;
–
axborot xabarni tarqatish vositalari va joylashtirish shakllarini tanlash;
–
PR tadbirlarning vaqtda bir-biriga nisbatan optimal muddatlarini aniqlash;
–
PR tadbirining byudjetini tuzish va kutilayotgan harajatlarni baholash;
–
moliyaviy imkoniyatlar va ehtiyojlarni muvofiqlashtirish;
–
byudjetning optimal variantini tanlash;
–
PR tadbirining yoyilgan rejasini tuzish;
–
PR tadbirining barcha elementlarini ishlab chiqish;
–
maqsadlar, g‘oyalar, PR dasturi elementlarining taxmin qilinayotgan
samaradorligini tekshirish;
–
zarurat bo‘lganda PR tadbirilari elementlarini aniqlashtirish va o‘zgartirish;
–
PR tadbirilari vaqtida ishlarni tashkil qilish;
–
PR tadbirining samaradorligini nazorat qilish;
–
PR tadbirining yakuniy xulosasini berish.