158
2. Mijozlar bilan ishlash
– turli tadbirlarni uyushtirish, tantanali sanalarni
nishonlash va on–layn siljitish;
3. Turoperatorning ichki va tashqi ijobiy imidjini yaratish.
Yirik turistik tashkilotlarda marketing bo‘limlari bir vaqtning o‘zida PR
bo‘linmalari vazifasini ham bajaradilar. PR faoliyatini matbuot bo‘yicha mutaxassis
(press officer) yoki marketing bo‘yicha menejer (Sales Manager, marketing
manager)lar olib borishadi. Ularning asosiy vazifalari quyidagilar:
– jurnalistlar, gid-ekskursovodlar foydalanishi uchun maqolalar, reportajlar va
tasviriy-tavsifiy ma’lumotlar tayyorlash;
– turli OAV so‘rovlariga javob berish, tele-, radio- loyihalarda chiqish qilish;
– monitoring – turli matbuot materiallarining chop etilishini nazorat qilish,
radio va teleko‘rsatuvdagi chiqishlarni baholab borish va mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish [30,247-249].
Vaqtdan unumli foydalanish, murakkab vaziyatlarda ish vaqtini to‘g‘ri
rejalashtirish bo‘yicha maslahatlar PR bo‘yicha mutaxassislarning mehnat
samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Media-rejalashtirish (inglizcha “media planning”) – PR tadbirlari rejasini
tuzish, materialni joylashtirish uchun OAV va boshqa media-maydonlarni tanlashdir.
To‘g‘ri media-rejalashtirish xabarning kerakli auditoriyaga yetib borishi uchun
imkoniyat yaratadi. Media-maydonni va namoyish vaqtini oqilona tanlash xabar
qanday auditoriyaga mo‘ljallangan bo‘lsa, aynan shu auditoriya uni ko‘rishi va
eshitishi uchun garov bo‘ladi. Media-rejalashtirish OAVni tanlash, PR tadbirlari
bosqichlarini vaqt nuqtai nazaridan rejalashtirishni o‘z ichiga oladi. Odatda, media-
reja jadval ko‘rinishida tuziladi. Jadvalda media-maydon, xabarning turi (maqola,
audio-video rolik, banner va hokazo), chiqarilish kuni, necha marta chiqarilishi,
xronometraj (teleradio xabarlari uchun), betlar soni (gazeta, jurnallar uchun)
ko‘rsatiladi. Bunday jadval shakli ehtiyojdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi
mumkin. Shunday qilib, media-rejalashtirishda uning uchta asosiy negizini ko‘rsatish
mumkin: maqsadlarni shakllantirish, faoliyat strategiyasi va taktikasini tanlash.
PR tadbirlarining oldinga qo‘yilgan maqsadlarning turiga qarab, strategik,
taktik va tezkor media-rejani ishlab chiqadi. PR amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ushbu
tadbirlar taktik va tezkor media-rejani amalga oshirishi, ya’ni o‘z oldiga o‘rta
muddatli (bir yilga) va qisqa muddatli (hafta, oy, chorak) maqsadlarni qo‘yishi
mumkin.
Turfirma PR-tadbirlarining media-rejasi yillik, yarim yillik, choraklik rejalarni
o‘z ichiga olishi kerak. Rejalar turoperatorlik firmasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ularda tadbir, auditoriya, ijro muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi, ijrochining
familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatilishi kerak.
Media-rejalashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– PR tadbirlarining maqsad va vazifalarini aniqlab olish;
– ko‘zlangan auditoriyani belgilash;
– axborot tarqatishning eng maqbul kanallari va usullarini izlash, shu jumladan,
OAV reytingini tahlil qilish: umumiy qamrov, ko‘zlangan auditoriyani keng qamrab
olish;
159
– axborot kampaniyasi media-rejasini tuzish;
– axborot kampaniyasi byudjetini tuzish va asoslab berish;
– axborot kampaniyasi samaradorligini hisoblab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |