156
– kampaniya uchun ajratiladigan moliyaviy resurslarning umumiy miqdori;
– belgilangan mablag‘larning harajatlar turlari bo‘yicha taqsimlanishi.
PR tadbirlarining natijalarini baholash ikkita yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:
– kommunikatsiyaning muvaffaqiyatliligi;
– axborot vositasida ta’sir o‘tkazishning samaradorligi.
Muvaffaqiyatning asosiy mezoni murojaatning eslab qolinishi hisoblanadi.
Agar maqsadli auditoriyaning 50% dan kam bo‘lmagan
qismi murojaatni eslab
qolgan bo‘lsa, PR-tadbiri natijali deb hisoblanadi. Agar murojaatni eslab qolgan
maqsadli auditoriyaning 7% dan ko‘prog‘i murojaatga ijobiy javob (ko‘rgazmaga
tashrif
buyurish, madaniy tadbirlarda ishtirok etish, taklifni qo‘llab-quvvatlash va
boshqalar) qaytargan bo‘lsa, PR samarali deb hisoblanadi.
Kommunikatsiyaning muvaffaqiyatliligini
nazorat qilish uchun bilish
(recognition test) va xotira (recall test)ga asoslangan uslublardan foydalaniladi.
“Bilish” uslubini qo‘llashda uchta daraja ajratiladi:
noted – murojaatni ko‘rganlarning testdan o‘tkazilganlardagi ulushi;
seen/associated – murojaatni ko‘rgan, uning matnining bir qismini o‘qigan va
murajaatning mohiyatini eslay oladiganlarning testdan o‘tkazilganlardagi ulushi:
read most – murojaatni to‘liq o‘qigan va uni eslaydigan testdan
o‘tkazilganlardagi ulushi.
“Xotiralar” uslubini qo‘llashda ikkita daraja farqlanadi: qo‘llab-quvvatlash
bilan – aided recall; qo‘llab-quvvatlamasdan – unaided recall.
Axborotli ta’sir o‘tkazishning samaradorligini
nazorat qilish uchun
ko‘rsatkichlar dinamikasini tahlil qilishdan tashqari tajriba uslublaridan foydalaniladi.
Auditoriyalarni solishtirma testdan o‘tkazish asosiy uslub bo‘lib, testga
auditoriyaning PR-tadbiri bilan qamrab olingan segmenti tanlanadi, nazorat segmenti
sifatida auditoriyaning PR-kampaniya ta’siri bilan qamrab olinmagan qismi tanlanadi.
Auditoriyalarning ajratilgan segmentlarining vakillarining o‘zini tutishi o‘lchanadi va
o‘zaro solishtiriladi.
Taqqoslash uchun, turlicha hududdagi auditoriyalar yoki
kommunikatsiya kanallari turlicha bo‘lgan auditoriyalar tanlanadi. Sinov natijalariga
ko‘ra PR-tadbirining samaradorligi auditoriyaning testdan o‘tkazilgan
va nazorat
segmentlari o‘rtasidagi xulq-atvor o‘zgarishi ko‘rsatkichlaridagi farq sifatida
aniqlanadi. Sinovlardan o‘tkazish davri, PR-tadbiri bilan belgilangan o‘zgarishlarni,
jumladan, “carry-over” effektlarni ham o‘z
ichiga olgan holda, qaytarish uchun
yetarlicha uzoq bo‘lishi lozim.
Zamonaviy PR-texnologiyalar turizm sohasi tashkilotlarining
ichki va tashqi
aloqalarining butun jamlanmasidan tizimli ravishda va kombinatsiyalangan tarzda
foydalanish, tashkilotning kuchli tomonlarini amalga oshirish va kuchsiz tomonlarini
rivojlantirish imkonini beradi. Nazariy konsepsiyalar
va modellar ham ichki, ham
tashqi PR-texnologiyalarning strategiyalari va uslublarining dinamik tarzda
rivojlanishi
uchun baza yaratadi, PR uzoq muddatli vazifalarni hal qilishning
uzluksiz, faol, majmuaviy vositasiga aylanadi.