62
gazeta o‘qish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Oyning oxirgi
yakshanbasiga kelib gazeta
o‘quvchilar soni 88 %ga oshadi va o‘rtacha hisobda har bir gazeta o‘quvchi dam olish
kunlari 62 minut vaqtini gazeta o‘qishga sarflaydi. Erkaklar kundalik dolzarb
axborotlarni o‘qishni yoqtiradilar va ko‘proq sport, siyosiy va moliyaviy bo‘limlarga
ko‘proq qiziqadilar. 35 yoshdan oshgan ayollar doimiy ravishda yangiliklarni o‘qiydi,
30 yoshgacha bo‘lgan ayollar esa turli komiks, televizion bukletlar,
moda va
kosmetik bo‘limlarni o‘qiydilar.
Gazetalarni o‘qish aholining ma’lumot darajasiga ham bog‘liq. Yer yuzida 18
yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan aholilar umumiy aholining 27% tashkil qiladi va ular
gazetalarni kam mutolaa qiladi, 25 yoshda 34 yoshgacha aholi 17 % tashkil etgan
holda ular tez-tez gazeta o‘qiydi, 35 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan aholi 17 %
tashkil etib, haftaning dam olish kunlari gazeta o‘qish bilan mashg‘uldirlar. 45
yoshdan 64 yoshgacha aholi 29% ni tashkil etadi va muntazam ravishda gazeta o‘qish
bilan mashg‘ul.
Gazetalarda quyidagi reklama turlari mavjud bo‘ladi:
1.
Sarlavhali reklama. Deyarli barcha gazetalarda mavjud bo‘lib, gazetalarning
am’lum bir sahifasi ularga bag‘ishlangan bo‘ladi. B sahifa gazeta o‘quvchilarga
qiziqarli bo‘lgan barcha turdagi reklama murojaatlarini o‘z ichiga oladi. Masalan,
“Sotiladi”, “Ko‘chmas mulk auksionlari”, “Avtomobillar”, sarlavhali reklamalar
ularni joylashtirish bilan bog‘liq daromadning 40 % tashkil qiladi.
Doimiy sarlavha
reklamalar odatda asosiy sarlavhada va ma’lum bir sahifada joylashtiriladi yoki
qo‘shimcha sahifa sifatida kiritiladi.
2.
Maket reklama. Maket reklama har qanday gazetada har qanday joyda
joylashtirilishi mumkin. Maket reklamalar milliy va xalqaro reklamalarni o‘z ichiga
olib odatda kichik hajmni egallaydi. Maket reklamaning afzallik jihat uning narxining
differensiallashuvi yoki narx diskriminatsiyasining mavjudligidir.
AQShda maket
reklama berish boshqa gazeta reklamalariga qaraganda 75% ko‘proq va ularning 95%
tiraji 250000 dan ko‘p bo‘lgan gazetalarda chop etiladi.
3.
Ilovalar. Mahalliy rang-barang reklama ko‘rgazmasi bo‘lib, bunday
reklamalar gazetaning davriyligiga qarab kelgusi oy, yoki haftada chiqariladigan
tovarlarni reklama qiladi.
Har qanday gazeta gazetxonlar xati, teleko‘rsatuv va radioeshittiruvlar dasturi,
kundalik munajjimlar bashoratini o‘z ichiga olishi ularni
yanada jozibador qilib
ko‘rsatadi. Agarda gazeta reklama qilinayotgan tovar yoki firma haqidagi maqolani
ham chop etsa reklama beruvchilar uchun bu yanada foydali bo‘ladi.
Gazetaning reklama vositasi sifatida afzalliklari bilan bir qatorda ayrim
kamchiliklari ham mavjud (3.7-jadval)
Do'stlaringiz bilan baham: