58
3.5-jadval
Reklama vositalarining tasniflanishi
Inson sezgi organlariga
ta’siri bo‘yicha:
– vizual vositalar (bosma nashrlar, vitrinalar, yorug‘lik jihozlari);
– akustik vositalar (radio, musiqali fon);
– ko‘rish-eshitish vositalari (tele- va kinoreklama vositalari, );
– sezishga asoslangan vositalar (matolar
namunasi, ko‘rish
qobiliyati past haridorlar uchun tikansimon yozuvlar);
– hid tarqatuvchi vositalar (namuna uchun mo‘ljallangan atir
idishlari);
– ta’m orqali sezish vositalari (oziq-ovqat mahsulotlarining
degustatsiya uchun mo‘ljallangan namunalari).
Texnik xususiyatiga
ko‘ra:
– bosma reklama vositalari (plakatlar, afishalar, katalog, e’lon,
maqola va qadoqlar);
– radioreklama (radio);
– kino-, video- va telereklama (qisqametrajli reklama filmlar);
– yorug‘lik reklama vositalari (yorug‘lik ko‘rsatkichlar, tablo,
rang tasvirli bannerlar );
– tasviriy grafik vositalar (panno, plakat, ko‘cha transparantlari,
narxko‘rsatkichlar, ko‘rsatkichlar, magazin pardalari);
Qo‘llanilish joyiga
ko‘ra:
– ichki reklama vositalari (ko‘rsatkichlar, narxko‘rsatkichlar,
yodgorliklar,
tovarlarga qadama naqshlar, kiyimlar nomoyish
maydoni);
– tashqi reklama vositalari (gazeta va jurnallardagi maqola va
e’lonlar, ko‘cha transparantlari, magazin pardalari).
Manzilliligiga ko‘ra:
– alohida reklama vositalari (gazetalardagi qo‘shimcha
varaqlar,
kataloglar, risolalar);
– ommaviy reklama vositalari (e’lon, varaqalar, telefilmlar).
Hududni qamrab olish
darajasiga ko‘ra:
lokal vositalar (mahalliy darajada);
regional vositalar (mintaqa miqyosida);
umummilliy reklama vositalari (mamlakat miqyosida);
halqaro vositalar (bir necha mamlakat miqyosida).
Tovarlar va xizmatlarni reklama qilishda zarur va eng samarali hisoblangan
reklama vositalarini tanlash zarur bo‘ladi. Bunda gazeta, jurnal, radio, teleko‘rsatuv,
tashqi reklama vositalari, transport reklamasi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama tarqatmalari
tanlanadi. Reklama mushkul vaziyatdan chiqib ketishning imkoniyatini to‘liq
ta’minlab bermasada, ma’lum vaziyatlarda asqotadi.
Reklama tadbirlari uchun
sarflangan harajatlarning 80% aynan reklamani tarqatish vositalari uchun
yo‘naltiriladi.
Reklama vositalarini tanlashda quyidagi savollarga javob topish zarur:
1.
Reklama tadbirlari orqali kimlarni qamrab olishimiz mumkin?
2.
Ushbu iste’molchilar va haridorlar qayerlarda joylashgan?
3.
Reklama murojaatlari nimalarni o‘z ichiga oladi?
59
4.
Ushbu murojaatlarni qachon joylashtirish kerak?
savollarga javob topish potensial haridorlarni aniqlashni talab qiladi. Chunki
aynan bir tovar ist’molchilar tomonidan bir vaqtda
yoki bir maqsad uchun harid
qilmaydilar. Ayrim iste’molchilar boshqalariga nisbatan harid qilish ehtimoli
yuqoriroq bo‘lganligini inobatga olib reklama beruvchi yoki reklama agentliklari
maqsadli
bozorni demografik, ijtimoiy holati, turmush tarzi,
tovardan foydalanish
darajasiga ko‘ra segmentlaydi. So‘ngra maqsadli bozorning xususiyatlariga to‘liq
mos keluvchi reklama vositalarini tanlaydi va imkon qadar yirik masshtabni qamrab
olishga harakat qiladi.
Reklamani potensial haridorlar joylashgan joylarda tarqatish zarur, e’lonlarni
esa aniq bir davriy nashrlarda iste’molchilar tushunadigan tillarda berish maqsadga
muvofiqdir. Reklamani qachon joylashtirish kerak degan savolga yil yil oylari, hafta
va kunlar e’tiborga olinadi. Bosma nashrlarning davriyligi (kundalik
gazetalar,
xaftalik va oylik jurnallar), teleuzatish va radioeshittiruvlarning muayyan vaqt
oralig‘ida uzatilishini e’tiborga olib reklama agentliklari reklama va e’lonlarni aniq
qaysi vaqtda uzatish zarurligini aniqlashadi.
Reklama vositalarini tanlashda ularning afzalliklari va kamchiliklarini
e’tiborga olish zarur. Quyidagi jadvalda ayrim reklama vositalarining afzalliklari va
kamchilik jihatlari keltirib o‘tilgan (3.6-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: