56
–
multimilliy;
–
umummilliy;
–
mintaqaviy;
–
shahar;
–
mahalliy [9,16].
Inson tomonidan his etilishiga ko‘ra
:
–
vizual(peshlavhalar, chiroqli, bosma reklama);
–
og‘zaki (radioreklama, telefon bo‘yicha reklama);
–
hid sezishga oid (bo‘y taratuvchi varaqalar;
–
ta’m bilishga oid;
–
seziluvchan va boshq (tele, kino va videoreklama).
Mo‘ljaldagi auditoriya tipiga ko‘ra:
Biznes sohasiga mo‘ljallangan reklama – reklama
qilinayotgan tovarlar dan
butlovchi mahsulotlar sifatida foydalanayotgan ishlab chiqarish iste’molchilari
uchun; sotish vositachilari va vositachilarning boshqa turlari uchun va h.k.;
Yakka tartibdagi iste’molchi uchun reklama.
Haridorlarga ta’sir etishiga ko‘ra:
Ratsional – potensial haridorlar va iste’molchilarni ma’lum bir ishonchli
dalillar va asoslar keltirish orqali xabar beradi.
Emotsional – bunday reklama kishilarda xotiralarni uyg‘otadi. Bunday reklama
kishilarning his-tuyg‘ulariga, hissiyotlariga beixtiyor ta’sir ko‘rsatadigan rasm, rang-
tasvir va musiqalarni o‘z ichiga oladi.
Auditoriyaga ta’siri xususiyatiga ko‘ra:
Qo‘pol reklama – xususiyatiga ko‘ra sotishni rag‘batlantirish vositalariga yaqin
bo‘lib, ular bilan birga qo‘llaniladi. Shakli bo‘yicha haridorni reklama qilinayotgan
tovarni sotib olishga majbur qilish maqsadida unga tajovuzkor tazyiq o‘tkazish,
baland ovozda qichqirish, chorlash kabilar kiradi.
Yengil reklama – faqat tovar haqida xabar berib qolmasdan, balki uning
atrofida ijobiy muhit shakllantiradi. Yumshoq reklama
haridorlarning hissiyotiga
ta’sir ko‘rsatish orqali tovarlarning sotilishini ko‘zda tutadi.
Asosiy maqsad va vazifalariga ko‘ra
:
Imidj reklama – tovar yoki firmaning qo‘lay imidjini yaratish, raqiblar va
hamkor firmalar o‘rtasida o‘zini tanitishga qaratilgan reklama. Shuningdek bunday
reklama aynan shu tovar yoki firma to‘g‘risida ijobiy fikr uyg‘otishga xizmat qiladi.
Rag‘batlantiruvchi reklama – firma tovarlarini harid qiluvchilarni
rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda tovarning analog
tovarga nisbatan muhim
jihatlari keltiriladi.
Barqarorlashtiruvchi reklama – firma yoki tovarning bozorda yuqori mavqega
ega ekanligini targ‘ib qilish va uning barqaror faoliyati to‘g‘risida xabardor etadi.
Bunday reklamalar iste’molchilarning doimiy mijozga aylanishlarini maqsad qilgan
bo‘ladi.
Ichki reklama– firma xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni sodiqlikka
va firmaga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Buning asosiy vositalari
firma gazetalari, joriy qilingan ijtimoiy qulayliklardir.
57
Sotishni kengaytirishga qaratilgan reklama – tovarlar sotilishini jadallashtirish
maqsadida qo‘llaniladigan reklama.
Pand-nasihat qiluvchi reklama – iste’molchilarning aynan shu tovarlarni yoki
aynan shu firma tovarlarini harid qilishlari uchun turli ko‘rsatma,
nasihat va
tavsiyalarni o‘zida aks ettiradi.
Taqqoslama reklama – odatda analog tovarlarni o‘zaro taqqoslashga qaratilgan
bo‘lib tovarning afzalliklarini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Eslatuvchi reklama – haridorlarga bozorda xuddi shunday yangi yoki sifatli
tovar mavjudligi haqida tez-tez eslatib turadigan murojaatlardan iborat bo’ladi.
Axborot beruvchi reklama – tovarlar, ishlab chiqaruvchi firmalar haqida
doimiy axborot berib turadi.
Ortiqcha harajatli reklama – juda katta harajat talab qiluvchi o‘ziga xos
reklamalar bo‘lib, raqiblarning mavqeini tushirishga qaratilgan bo‘ladi.
Mustahkamlovchi reklama – eslatuvchi reklamaning turi bo‘lib iste’molchilarni
va haridorlarni to‘g‘ri qaror qilganliklari to‘g‘risida eslatib turadi va bu bilan doimiy
mijozlarni shakllantirib munosabatlarni mustahkamlashni ko‘da tutadi [9,21].
Teskari aloqa imkoniyati mavjudligiga ko‘ra:
Teskari aloqa mavjud reklama – reklama adresati bilan kelgusida aloqa
o‘rnatish bilan izohlanadigan reklama. Masalan, pochta orqali katalog jo‘natish.
Teskari aloqa mavjud bo‘lmagan reklama –
bu OAV vositalari, elektron va
barcha turdagi tashqi reklamalardir.
Reklama vaqtiga ko‘ra:
Davriy reklama – yil davomida berib boriladigan reklamalarga aytiladi.
Masalan, dorilar, oziq-ovqatlar mahsulotlari, atir-upalar, davolanish maskanlari va
hokazolar to‘g‘risidagi reklamalar bunga misol bo‘lishi mumkin.
Mavsumiy
reklama
esa yilning fasliga, davriga qarab berib boriladi. Masalan,
yangi yil sovg‘alari, mavsumiy kiyimlar, yozgi dam olish oromgohlari, o‘quv
yurtlariga qabul ishlari va boshqalar. Reklamalarning berilish vaqti ham katta
ahamiyatga ega. Bularni kishilar dam olayotgan vaqtda haddan tashqari ko‘p berilishi
inson ruhiyatiga salbiy ta’sir eitishi mumkin. Ayniqsa,
reklama roliklarining qayta-
qayta, tez-tez takrorlanishi inson asabini taranglatadi. Teleko‘rsatuvdan doimiy berib
boriladigan seriallarda ham reklamalarning uzoq vaqt takror-takror berilishini ijobiy
deb bo‘lmaydi.
Reklama vositalari reklamani tarqatuvchi va zarur reklama samarasiga
erishishga xizmat qiluvchi turli moddiy vositalardir.
Reklama vositalari yordamida reklama tashabbuskorlari yoki reklama
beruvchilar reklama ob’ekt to‘g‘risida xabar berish, iste’molchilarning harid xulqiga
ta’sir ko‘rsatish va ularning harid qilishiga erishish ko‘zda tutiladi.
Reklama faoliyatining rivojlanishi, uning turlari
reklama vositalarining ham
ko‘payishiga olib keldi. Reklama vositalarini ma’lum bir tasniflash tizimi mavjud
bo‘lmasada, iqtisodiy adabiyotlarda turlicha tasniflanadi. Ushbu adabiyotlar asosida
reklama vositalarining quyidagi tasniflarini keltirib o‘tishimiz maqsadga muvofiqdir
(3.5-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: