70
yuridik yoki jismoniy shaxslar,
mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat
ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday
shaklda va har qanday
vositalar yordamida qonun hujjatlari bo‘yicha tarqatiladigan maxsus axborotdir.
Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda,
ekranlarda,
binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining
tayanchlari va
hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi.
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi.
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida
shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu
bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama hisoblanmaydi
va buning uchun
mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi. Tashqi
reklamani ko‘cha yoritgichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va yo‘llar qatnov
qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo‘l
belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum foydalanishdagi
transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda,
shuningdek bunday reklama
yo‘l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda
amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlarda tashqi reklama boshqa reklama vositalariga
nisbatan sezilarli ahamiyatga ega. Tashqi reklama vositalariga ko‘cha reklamasi,
transport reklamasi va yorug‘lik reklamasini kiritishimiz mumkin.
Tashqi reklamaning imkoniyatlari birmuncha cheklangan. Shu bois u tovar va
xizmatlar, firmalar to‘g‘risida iste’molchilarga eslatib turadi holos.
Bunday
reklamaning murakkab jihati kishilar uni bir ko‘rishdayoq g‘oyasini anglashidir.
Tashqi reklamalar AQSH, Yaponiya, Xitoy, Yaponiya, Italiya, Belgiya, Fransiya kabi
mamlakatlarda asosiy o‘rinda turadi va shahar me’morchiligi bilan o‘zaro
uyg‘unlashib ketgan.
Ko‘cha reklamasi –
turli tasviriy vositalar yordamida amalga oshiriladigan
reklama bo‘lib odatda plakatlar,
afishalar, shit va ko‘cha transparantlari orqali
tarqatiladi.
Transport reklamasi
– bu turli transport vositalarining
ichki va tashqi
qismlaridagi reklama plakatlaridir.
Yorug‘lik reklamasi –
yorug‘lik belgilari yoki yozuvlardan iborat bo‘lib,
maxsus yoritgichlar yoki harakatlanuvchi yorug‘lik effektaliradn iborat bo‘ladi.
Tashqi reklama vositalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
–
tez-tez ko‘zga chalinishi;
–
kishilarni o‘ziga jalb qilishi;
–
qisqa bo‘lishi;
–
tushunarli bo‘lishi;
–
harakatlanish chog‘ida tez o‘qish mumkinligi.
Tashqi reklama vositalari quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi:
1.
Vujudga kelishiga ko‘ra:
−
an’anaviy vositalar;
−
noan’anaviy vositalar.
2.
Yoritilish xususiyatiga ko‘ra:
71
−
yoritiladigan;
−
yoritilmaydigan.
3.
Konstruksiyasiga ko‘ra:
−
harakatlanmaydigan;
−
harakatlanadigan.
4.
Foydalanish muddatiga ko‘ra:
−
statsionar vositalar;
−
vaqtinchalik vositalar.
Tashqi reklamaning texnikaviy vositalari bitta tomoni axborot yuzasining
maydoni bo‘yicha quyidagi formatlarga bo‘linadi:
–
kichik format (5 kv. metrgacha);
–
o‘rta format (5 dan 10 kv. metrgacha);
–
katta format (10 dan 18 kv. metrgacha);
–
o‘ta katta format (18 kv. metrdan katta).
Do'stlaringiz bilan baham: