65
3.8-jadval
Jurnaldagi reklamaning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari
Kamchiliklari
Jurnallar o‘zining rangi, matnlari, illyustratsiyalari bilan
tovarlarning o‘ziga xos qiyofasini shakllantiradi
Jurnallar tayyorlanishi ko‘p
vaqt talab qiladi. Oddiy
jurnallarning tayyorlanishi
uchun kamida 2 oy vaqt kerak
bo‘ladi
Jurnallar reklama ma’lumotlarini muayyan iste’molchilar
guruhiga etishga yordam beruvchi eng samarali vosita
hisoblanadi. Deyarli har bir iste’molchi guruhi uchun
maxsus jurnallar mavjud. Masalan, ayollar ixtisoslashgan
jurnallar (“Saodat”, “Bekajon”, “So‘g‘diyona”),
tadqiqotchilar uchun (“Servis”, “Iqtisodiyot va ta’lim”),
mashina ishqibozlari uchun (“Avto-olam”), iqtisodchi
mutaxassilar uchun (“Moliyachi”, “Soliqlar va soliqqa
tortish”)
Ko‘pchilik jurnallarda reklama
berish juda qimmat turadi
Kam tirajli jurnallar kamroq harajat talab qiladi.
Shuningdek jurnallar muayyan iste’molchilar segmenti
uchun chop etiladi. Masalan ayollar uchun ishlab
chiqarilgan tovarlarni ayollar jurnallarida chop ettirish juda
samarali
Jurnallarni ishlab chiqish
texnologiyasi ularga tezkor
o‘zgartirishlar kiritishga
imkon bermaydi
Jurnal mutoala qiluvchilarning intellekt darajasi murakkab
reklama matnlarini joylashtirishda qo‘l keladi
Sizning reklamangiz boshqa
reklama murojaatlari bilan
o‘zining xususiyatlariga ko‘ra
raqobatlashadi
Radioreklama.
Radio tinglovchi bilan yuzma-yuz vaqt o‘tkazishni ta’minlab
beruvchi vositadir. Radio – reklama beruvchilar uchun tezkor vosita bo‘lib, bu haqda
reklama uzatilgan paytdayoq efir orqali bilish mumkin.
Shuningdek, radioreklama
tejamkor, kam vaqt talab qiluvchi va qulay reklamadir.
Radioreklama oson va beixtiyor qabul qilinadi.
Uni nonushta vaqtida,
avtomobil yoki poyezdda, tushlik vaqtidagi tanaffus vaqtida ham tinglash mumkin.
Davomiyligi 30 sekunddan 1 daqiqagacha bo‘lgan radioreklamalar tez qabul
qilinadi.
Gazeta reklamasidan farqli ravishda radio orqali
reklama berish bir marotaba
va kunning ma’lum rejalashtirilgan davrda amalga oshiriladi. Shu sababli maqsadli
auditoriya ushbu vaqtda radio eshitishini e’tiborga olish kerak. Masalan, ertalab soat
8 ga qadar va kechqurun soat 8 dan keyin –ishchilar,
xizmatchilar, talabalar; 9 dan
soat 12 ga qadar uy bekalari, nafaqaxo‘rlar ko‘proq radio tinglashadi.
Radioreklama magazin reklamasi va magazindan tashqi reklamalarga bo‘linadi.
Magazindan tashqi reklama radiotranslyatsion
tarmoq orqali amalga oshirilib,
ularga qishloq, shahar, tuman, viloyat, shuningdek,
yarmarkalar, bozoralar,
ko‘rgazmalardagi radiouzellarga bog‘lanishi mumkin.
Deyarli barcha tovar guruhlarini radio orqali reklama qilish mumkin. Ammo
bunda tovarlarni tanlashga katta e’tibor qaratish lozim. Odatda eng ko‘p
66
foydalaniladigan iste’mol va xo‘jalik byumlari radio
orqali reklama qilinganda
samara beradi.
Radio vositasida reklama qilishning keng tarqalgan turlari quyidagilar:
–
radioe’lonlar - odatda radioboshlovchi tomonidan o‘qib eshittiriladigan
e’lonlardir;
–
radiorolik – maxsus tayyorlangan diolog bo‘lib,
musiqa hamohangligida va
hazil-mutoyibani o‘z ichiga olgan radiosyujetdan iborat bo‘ladi;
–
radiojurnallar – axborot-reklama xususiyatiga ega bo‘lgan tematik eshittirish
bo‘lib, ayrim jihatlari tinglovchilar bilan bog‘lanishni ham nazarda tutadi;
–
radioreportajlar – ma’lum bir yarmarkalar, ko‘rgazmalar,
tantanalar
to‘g‘risida ma’lumot berish, savdo holati haqida reportajlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: