72
o‘lchamli qalqonli reklama va bannerli reklama tashuvchilarni o‘rnatishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
9.
Brandmauer
- shitli reklama mahkamlangan binoning berk devori bo‘lib,
unga panno teriladi yoki shtukaturaga tasvirlar solinadi. Odat bo‘yicha
brandmauerdagi reklama juda katta o‘lchamlarda bo‘ladi;
10.
“yopma reklamalar”
– yirik hajmli tekis sirtga tushirilgan reklama
konstruksiyasi bo‘lib, odatda ko‘p qavatli uylarning tom yopmasiga tushiriladi. Bino
tomining karnizidan to‘liq yoki qisman balandda joylashtiriladigan ushbu (hajmiy
yoki yassi) reklama konstruksiyalari mahkamlovchi elementlar (konstruksiyaning
ishlab chiqilgan loyihasi Komissiya bilan kelishiladi) hamda konstruksiya va axborot
qurilmasining ko‘tarib turuvchi qismidan iborat bo‘ladi.
Yopma reklama vositalari
elektr ta’minoti tarmog‘idan avariyaviy uzilish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi,
reklama konstruksiyasining egasi to‘g‘risida ma’lumotlar aks etgan yerdan
ko‘rinuvchi tabloga ega bo‘lishi lozim. Binolarda o‘rnatilgan tomusti qurilmalari
axborot yuzasining maydoni to‘lov summasini hisoblashda butun konstruksiyaning
tashqi gabarit o‘lchamlari bo‘yicha aniqlanadi.
11.
Proyeksion qurilmalar
— yer va devor yuzalarida,
fazoda tasvirlarni
namoyish qilishga mo‘ljallangan reklama konstruksiyalaridir.
Proyeksion qurilmalarning konstruksiyalari proyeksiyalovchi qurilma va axborot
tasviri shakllanadigan yuza (ekran) yoki hajmdan iborat. Ular yassi tasvirlar uchun
axborot yuzasining maydoni proyeksiya tushayotgan yuzaning kattaligi, hajmiy
tasvirlar uchun esa hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi.
12.
Elektron ekranlar (elektron tablolar) –
yorug‘lik diodlari,
lampalar,
yorug‘likning boshqa manbalari yoki yorug‘likni akslantiruvchi elementlarning nur
tarqatishi hisobiga ekran yuzasida tasvir hosil qilishga mo‘ljallangan reklama
konstruksiyalaridir. Ularning axborot yuzasining maydoni nur tarqatuvchi yuzaning
kattaligi bilan belgilanadi. Bunday turdagi konstruksiyalar va ularni joylashtirish
qoidalariga alohida turgan qalqonli qurilmalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar ularga
doir qismida amal qiladi. Reklama-axborot — roliklarining mazmuni reklama
tashuvchining egasi bo‘lgan tashkilotning tahrir hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Tashqi reklama tasviri elementlarining yorug‘ligi ichki va tashqi yoritishda yo‘l
belgilarining belgilangan DSTlar bo‘yicha fotometrik
harakteristikalaridan ortib
ketmasligi kerak. Reklama elementlari yorug‘ligi, ilingan balandligi, o‘chib-yonish
davriyligi bo‘yicha belgilangan talablar yoki DSTlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
13.
Vitrajlar –
deraza yoki eshik bo‘shliqlarida, binolarning toqida
o‘rnatiladigan reklama konstruksiyalaridir. Konstruktiv jihatdan vitrajlar asos, karkas
va shaffof yuzadan iborat. Reklama axboroti vitraj oynasining ichki tomonidan yoki
o‘zi yelimlanadigan plyonka ishlatilsa tashqi tomonidan joylashtiriladi. Xizmat
ko‘rsatish sohasi korxonalarining vitrajlarida korxonaning faoliyat yo‘nalishiga mos
bo‘lmagan reklama bezaklarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda ushbu bezaklar
vitraj maydonining ko‘pi bilan 20 foizini egallashi mumkin; Reklama bezaklari 20
foizdan ko‘p bo‘lgan taqdirda bu reklama deb hisoblanadi va o‘rnatilgan tartibda
pasportlashtirilishi shart. Vitraj axborot yuzasining
maydoni vitrinaning shaffof
yuzasiga tushirilgan tasvirlarning kattaligi, shuningdek, vitrina ichida joylashtirilgan
73
hajmli konstruksiyalarning kattaligi bilan belgilanadi.
14.
Markizlar
— reklama axboroti tushirilgan yoysimon va soyabon
ko‘rinishida ishlangan va vitrinalar, bino va inshootlarga kirish joyi yoki teshiklari
ustida o‘rnatilgan reklama konstruksiyalar. Markizlar binoga mahkamlash
elementlari, karkas hamda yumshoq yoki qattiq asosda ishlangan axborot
maydonidan iborat. Markizning axborot maydoni yuzasi tasvir tushirilgan qismining
kattaligi bilan aniqlanadi.
15. Tirkama konstruksiyalar (shtenderlar)
shaharda
korxonalarning ish
soatlarida joylashtiradigan tashqi reklama va axborotning vaqtinchalik ob’ektlari,
jismoniy shaxslar tomonidan texnikaviy vositalarni ishlatmasdan ko‘chiriladi.
Shtenderlar ikki tomonli bo‘lishi va o‘z yoritgichiga ega bo‘lmasligi lozim. Uning
umumiy yuzasi 2 kv. m., bunda shtenderning balandligi 1 m. dan oshmasligi, reklama
qilinayotgan ob’ekt joylashgan binoning old devoridan 1, 5 m. gacha masofada
joylashtirilib, yo‘lovchilarga xalaqit bermasligi va o‘tish joylarini to‘sib qo‘ymasligi
ko‘zda tutiladi. Shtenderlarni yo‘lovchilar yo‘lagida, shuningdek yo‘lning harakat
qismidan kamida 3, 0 m. uzoqlikda joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: