7.3. TJABTning funksional tarkibi
TJABTning funsional tarkibi boshqarish maqsadiga asoslanib tuziladi. Bu
ma’noda TJABT bitta umumiy maqsadga qaratilgan, ya’ni maqsad vazifasiga
binoan texnologik jarayonni optimal ravishda olib borishdir. Shularga asoslanib
TJABTni quyidagi yordamchi tizimlarga ajratish mumkin:
1.
TJABT ning dastlabki bosqichi – texnologik jarayon bilan o‘lchov
o‘zgartgichlari va ijro etuvchi mexanizmlar.
2.
TJABT ning birinchi bosqichi – o‘tkinchi jarayonni boshqarish
(rejimga chiqarish) hamda texnologik jarayonni ishga tushirish va to‘xtatish.
3.
TJABT ning ikkinchi bosqichi – texnologik jarayonni ma’lum bir
o‘zgarmas yoki biror qonun bo‘yicha o‘zgaruvchi nominal darajada stabillash.
4.
TJABT ning uchinchi bosqichi – texnologik kattaliklarni programmali
boshqarish va oldindan belgilangan vaqtli vazifa bo‘yicha texnologik jarayonlarni
ishga tushirish, to‘xtatish va rejimlarning almashishida uskunalar holatini hamda
davriy jarayonlarni programmali boshqarish.
5.
TJABT ning to‘rtinchi bosqichi – maqsad vazifasi asosida texnologik
kattaliklarning optimal miqdorlarini topish va ishlab chiqarish jarayonining texnik
- iqtisodiy ko‘rsatkichlarini optimallash.
Avtomatik nazorat va boshqarish jarayonnining markazlashtirilgan darajasi hamda
qo‘l mehnatining yetarli miqdori bilan tavsiflanadi. Jarayonning ayrim
kattaliklarini avtomatik rostlash avtomatlashtirilayotgan agregat yaqiniga
o‘rnatilgan uskunalarning ko‘rsatishi asosida amalga oshiriladi.
6.1-rasm. TJABTning funksional sxemasi
.
Boshqarish tizimining ikkinchi bosqichi kontrol, rostlash va masofadan turib
boshqarishning markazlashish darajasining yanada ortishi bilan tavsiflanadi va
tizimda odam–operator paydo bo‘lishi bilan farq qiladi. Bunda boshqarish alohida
щitga o‘rnatilgan uskunalar orqali amalga oshiriladi.
141
Boshqarish tizimining uchinchi bosqichida texnologik kattaliklar va uskuna
holatlari haqidagi programma asosida olingan nominal miqdorlar kuzatish rejimida
ishlaydigan quyi bosqichga foydalanish va amalga oshirish uchun yuboriladi.
Boshqarish tizimi iyerarxiyasining to‘rtinchi bosqichi texnologik jarayon
kattaliklari va uskuna holatlarining optimal miqdorlarini izlaydi hamda quyida
joylashgan funksional yordamchi tizimlarning ishini boshqaradi.
Shunday qilib, avtomatik rostlash tizimining algoritmik ta’minlash
boshqaruv-hisoblash kompleksining tarkibini aniqlash, shuningdek, BXM ning tez
ishlashi, xotira hajmi va ishonchliligi talablarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Shu talablar asosida BXM tanlanadi va TJABT ni sintez qilish masalasi
yakunlanadi. TJABT ning algoritmik ta’minlash tarkibi quyidagi funksional
masalalarni o‘z ichiga olishi lozim: 1) texnologik jarayonning borishi
markazlashtirilgan nazorat qilish; 2) ishlab chiqarishning ko‘rsatkichlarini operativ
hisoblash; 3) bevosita raqamli boshqarish (BRB); 4) texnologik bo‘limlarni lokal
optimallash;
5)
butun
texnologiya
bo‘yicha global optimallash va
koordinatsiyalash; 6) hodisalarni avtomatik aniqlash; 7) BXM va TJABT vositalari
ishga yaroqsizliklarining texnikaviy tashxisi; 8) axborotni hizmat hodimlariga
optimal ravishda berish; 9) ma’muriy-texnologik hodimlarni va boshqarishning
yuqori tizimlarini kerakli qarorlar chiqarish uchun yetarli hajmda axborotlar bilan
ta’minlash.
Texnologik jarayonning borishi ustidan markazlashtirilgan nazorat qilish -
boshqarish maqsadida yoki operatorga tayyorlash uchun axborotni BXMda
maxsus hisoblash usullari orqali amalga oshiriladi. Axborotni markazlashtirilgan
nazorat qilish mashinalari ham signallarni qayta ishlashi mumkin. Bu holda
quyidagi amallar bajariladi: uzluksiz o‘lchanayotgan signallarni diskret
o‘zgartirish, kodlash, dekodlash, ekstrapolyatsiyalash (interpolyatsiyalash), to‘g‘ri
chiziqqa keltirish, filtrlash.
Uzluksiz signallarni darajasi bo‘yicha kvantlash V.A. Kotelnikov teoremasiga
asoslangan bo‘lib, u o‘lchanayotgan miqdorni o‘zgartgich kodining kichik xonasi
birligiga teng bo‘lgan kvantlash qadamiga karrali bo‘lgan yaqin miqdor bilan
142
almashtirishdan iborat. Datchiklarning sezgir elementlari odatda, chiziqli
bo‘lmagan statik tavsifnomasiga ega. Bu teskari funksional o‘zgartirish to‘g‘ri
chiziqqa keltirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Uzluksiz signallarni diskret
o‘lchashda analog signalli so‘roqlash chastotasini to‘g‘ri tanlash muhim
ahamiyatga ega. So‘roqlash chastotasi kamayib ketsa axborotning yo‘qolishiga,
o‘lchov chastotasi haddan tashqari oshib ketsa, sxemaning murakkablashishi va
mashina vaqtining isrof bo‘lishiga olib keladi. Agar o‘lchanayotgan miqdorning
kattaligi kerak bo‘lsa va u analog signalining so‘rash momentiga mos tushmasa,
ekstrapolyatsiya (yoki interpolyatsiya) usullari ishlatiladi. Bizni qiziqtirayotgan
o‘lchanayotgan miqdorning qiymatini oldingi so‘roqlashlar natijalari asosida olish
kerak bo‘lsa, u holda ekstrapolyatsiya oldingi o‘lchanayotgan miqdor qiymati
zarur bo‘lsa, interpolyatsiya usulidan foydalaniladi.
Ishlab chiqarishning natijaviy ko‘rsatkichlarini bevosita o‘lchashning iloji
bo‘lmasa, u holda ular oldindan belgilangan nisbatlar orqali hisoblanadi. Bularga
quyidagilar kiradi ishlab chiqarishning texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlari (f. i. k)
mahsulot birligi uchun sarflangan energiya yoki, ashyo vaqt birligida material yoki
energiyaning sarfi va boshqalar.
Avtomatik o‘lchashning yuqoridagi usullari va texnikaviy vositalari yaratilmagan
texnologik jarayonlarda fizika-ximiyaviy kattaliklarni aniqlash uchun kerakli
kattalik bilan stoxastik bog‘langan bilvosta qiymatlarning o‘lchash natijasini
kontrol qilinadi. TJABT ning hisob masalalarini yechish uchun vaqt intervalida
(smena, kun, oy)o‘rnatilgan texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Operativ
boshqarish
masalalarini
hal
qilganda
texnika
-
iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning (TIK) ayni vaqtdagi qiymatlarini qiyinlashtiradi. Bu holda
o‘lchangan miqdorlarni transport kechikish miqdoriga surishga va uni transport
kechikish miqdoriga teng bo‘lgan vaqt intervalida o‘rtachalashtirishga to‘g‘ri
keladi.
Texnologik komplekslarni optimallash masalalarining katta o‘lchamliligi
tufayli dekompozitsiya prinsiplarini ishlatish tavsiya etiladi, ya’ni tizimning global
optimallash masalasi bir necha kichik o‘lchamli va o‘zaro bog‘langan texnologik
143
bo‘limlarni lokal optimallash masalalariga ajratiladi. Bunday ajratish strategiyasini
ximiyaviy texnologiya tizimlari uchun qo‘llanilganda qo‘yidagi tartib ishlatilsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi: kattalikli stabillash; ayrim texnologik bo‘limlarni lokal
optimallash; butun texnologik tizim masshtabida koordinatsiyalash.
Bu tartibni amalga oshirish uchun TJABT ning iyerarxik tarkibini sintez
qilish masalasi ikki etapda yechiladi: 1) TJABT ning makrotarkibini sintez qilish
jarayonida berilgan tizim blok holida quriladi («qora yashik» tipidagi bloklar) va
tizim tarkibiy xususiyatlarining sifat analizi amalga oshiriladi, shuningdek,
koordinatsiyalash masalasini yechishning yo‘li ishlab chiqiladi; 2) TJABTning
mikrotartibini sintez qilish jarayonda grafiklar nazariyasining matematik
apparatidan foydalanib, loyihalash bosqichidayoq tizimning dinamik sxemasi to‘la
ochiladi.
TJABTda xodisalarni avtomatik ko‘rish deganda texnologik reglamentdan
chetga chiqish, uskunalarning ishga yaroqsizligini o‘z vaqtida payqashga aytiladi.
Hodisalarni to‘la tavsiflaydigan miqdorlarni davriy o‘lchash, belgilangan
qiymatlar bilan taqqoslash va boshqarish ta’sirlarini yoki signallarni berish odatda
payqash algoritmlarining vazifasiga kiradi.
Texnologik jarayonning haqiqiy kechishini quyidagicha tavsiflash mumkin:
normal holat, bunda texnologik rejim belgilangan reglamentga to‘g‘ri keladi;
o‘tkinchi holat – reglamentdan chetga chiqilmagan, biroq chetga chiqish belgilari
paydo bo‘ladi; anomal holat – texnologik reglametdan chetga chiqilgan payt
(avariya vaziyati vujudga kelgan holat ham shunga kiradi).
Davriy texnologik jarayonlar uchun texnikaviy tashxis masalasi ob’ektga
boshqarish ta’sirlarini ko‘p marotaba yuborib boshqarishga keltiriladi; boshqarish
ta’sirlarga ob’ektning ko‘rsatgan reaksiyasiga bog‘liq. Uzluksiz texnologik
jarayonlar uchun bu masalaning vazifasi jarayon holatini yetarli darajada
aniqlaydigan nazorat kattaliklarini tanlashdan iborat.
U yoki bu holda ham tashxis natijalari texnologik jarayonga BXM
tomonidan aktiv aralashish uchun foydalaniladi. Anomal holatlar uchun texnikaviy
tashxislashning asosiy vzifalari quyidagilardan iborat: 1) texnologik
144
jarayonda anomal holat borligini o‘z vaqtida aniqlash; 2) material
hamda energetik oqimlarni tashiydigan qurilma va uskunalar holatining texnikaviy
tashxisi; 3) anomal vaziyatlar va tizimning normal holatidan chetga chiqishlarning
matematik modelini yaratish (identifikatsiyalash); 4) chetga chiqish sabablarini
faol yo‘qotish va ajratish, ya’ni texnikaviy tashxislash tizimining boshqarish
algoritmini yaratish; 5) matematik modellar va texnikaviy tashxislash
algoritmlarini yaxshilash maqsadida statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta
ishlash.
Texnologik jarayon anomal holatlarining texnikaviy tashxislash usullarini
yaratishning dastlabki bosqichida faqat jarayonning holati va uning buzilish
manbalari orasidagi bog‘lanish tarkibini analiz qilish bilan ko‘rish mumkin
(texnikaviy tashxislash mantiqiy modeli). Texnologik jarayonning holati
kattaliklarning ayni paytdagi qiymatlarini yo‘l qo‘yilgan (yoki reglamentdagi)
qiymatlar bilan taqqoslanib aniqlanadi. Bu o‘zgarishlarni darak beruvchilar
deyiladi. Darak beruvchilar deganda faqat fizikaviy miqdorlarning (bosim, harorat
va boshqalar) o‘zgarishigina emas, balki o‘lchanayotgan miqdorlarning statik
tavsifnomalari va funksiyalarining o‘zgarishlari ham tushuniladi.
Texnikaviy tashxislash mantiqiy algoritmlarini yaratishning ikkita asosiy
prinsiplarini alohida ko‘rsatish mumkin: kombinatsiyalangan va ketma-ket.
Kombinatsiyalangan usulda tekshirish tartibining texnologik holati e’tiborga
olinmasa, ketma-ket usulda texnologik holat haqida axborotdan keyingi natijalar
analiz qilinadi.
Texnologik jarayon holatining mantiqiy modelini ikki bosqichda, ya’ni
determinlangan va statistik hisoblash bosqichlarida amalga oshirish maqsadga
muvofiq. Shunday qilinganda texnikaviy tashxislashni qo‘yish masalasi ancha
soddalashadi, model o‘lchami kichiklashadi va tashxislash aniqligi ortadi.
TJABTning texnikaviy vositalari va BXM ning ishga yaroqsizligida tashxislashni
uskuna, test va programmali mantiqiy nazorat usullari yordamida amalga oshirish
algoritmi ancha murakkab bo‘lganligi tufayli TJABTning ayrim masalalariga mos
bo‘lgan ko‘pgina yordamchi algoritmlari bo‘lishi mumkin.
145
Shunday qilib, BXM da saqlanadigan va o‘zining programmasiga ega
bo‘lgan ayrim algoritmlar o‘zgarib turuvchi ishlab chiqarish vaziyatiga qarab
harakat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |