139
TJABTlarning informatsion vazifalari ishlab
chiqarish hodimlariga
(operatorlaga, dispetcherlar) texnologik jarayonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z
vaqtida bilishga imkoniyat yaratadi, texnologik jarayonlarning ketishi haqida aniq
axborotlar ishlab chiqishda keraksiz mahsulotlarning kamayishiga olib keladi: 1)
texnikaviy va texnologik axborotlarni to‘plash, dastlabki ishlash va saqlash; 2)
jarayon va texnologik uskunalar holatining kattaliklarini bilvosita o‘lchash; 3)
texnologik jarayon va uskunalar kattaliklarining holatini belgilash hamda signal
berish; 4) texnologik jarayon va texnologik uskunalarni hisoblash; 5) yuqori va
qo‘shni tizimlarga hamda boshqarish bosqichlariga axborotni tayyorlab berish; 6)
texnologik
jarayon kattaliklari, texnologik uskunalar holati va hisoblash
natijalarini qayd qilish; 7) jarayon kattaliklari va uskunalar holatida berilgan
miqdordan farqlarini nazorat va qayd qilish; 8) texnologik uskunaning himoya va
blokirovka vositalari ishini taxlil etish; 9) texnikaviy
vositalar komplekslari
holatini tashxis qilish va oldindan aytish; 10) texnologik jarayonlarni olib borish,
shuningdek, texnologik uskunalarni boshqarish uchun axborot va ko‘rsatmalarni
operativ ravishda tayyorlash; 11) yuqori bosqichli va qo‘shni boshqarish tizimlari
bilan axborotning avtomatik almashinishini ta’minlash.
Texnologik
jarayonni
bevosita
boshqarishda
boshqarish
ta’sirlari
operatorning ishtirokisiz avtomatik tarzda amalga oshirilishi mumkin yoki
operatorga ma’lum bir ko‘rsatmalar ko‘rinishida berilishi (bularni operator qabul
qilishi yoki rad etishi mumkin), yohud operator ko‘rib chiqqandan so‘ng avtomatik
tarzda ta’sir etishi mumkin. TJABT larning boshqarish vazifalari quyidagilardan
iborat: 1) texnologik jarayonning ayrim kattaliklarini rostlash; 2)
bir marotaba
mantiqiy boshqarish (himoya, blokirovka qilish); 3) kaskadli rostlash; 4) ko‘p
aloqali rostlash; 5) diskret boshqarishda programmali va mantiqiy operatsiyalarni
bajarish; 6) texnologik jarayonning turg‘un holatini optimal boshqarish; 7)
texnologik jarayonning noturg‘un holati va uskunalar ishini optimal boshqarish; 8)
boshqarish tizimini moslashtirgan holda butun texnologik ob’ektni optimal
boshqarish.
TJABT larning yordamchi vazifalari quyidagilardan iborat: 1) tayyor
mahsulot ishlab chiqarishda smena va kunlik vazifalarga operativ o‘zgartishlar
kiritish; 2) hisoblash
masalalarini hal etish; 3) texnologik uskunalarning to‘la
ishlashini nazorat qilish; 4) tizimdagi g‘ayri-tabiiy vositalarni oldindan ko‘rsatish;
5) yuqori bosqich tizimlar bilan aloqani ta’minlab berish; 6) tizimning texnologik
vositalari buzilishini oldindan ko‘rsatish.