1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


GLOSSARIY(TAYANCH SO‘ZLAR) .................................................................. 249



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

GLOSSARIY(TAYANCH SO‘ZLAR) .................................................................. 249
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ........................................... 257
 
 
 



KIRISH 
Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 
marketing faoliyatini takomillashtirish va mavjud muammo hamda kamchiliklarni 
o‘rganish maqsadida tadbirkorlar o‘rtasida muntazam tarzda so‘rovnomalar o‘tkazish, 
mazkur soha korxonalarida marketing ishlarini tashkil etish va uni takomillashtirish 
chora-tadbirlarni amalga oshirish keng amalga oshirib kelinmoqda. 
Marketing nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, sotishni 
jadallashtirish, yangi mijozlarni jalb etish, ishlab chiqaruvchining ijobiy qiyofasini 
shakllantirishga qaratilgan turli tadbirlar, sotish va uning samaradorligini 
ta’minlashga katta e’tibor berib kelingan. Buni marketing fani bo‘yicha olib borilgan 
mamlakatimiz va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlarida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 
Jumladan, tadbirkorlik, tijorat faoliyati, savdo texnologiyasi, reklama, jamoatchilik 
bilan aloqalarga oid bilimlar fan sifatida turli ta’lim muassasalarida o‘qitilib 
kelingan.
Iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy sharoitida turizm sohasida faoliyat 
yuritayotgan turli mulk shaklidagi korxonalar o‘rtasida raqobat kuchaya boradi. Bu 
raqobat kurashida korxonalar, firmalar iste’molchilarni o‘zlariga jalb qilish, 
bozordagi ulushlarini oshirishga harakat qilishadi. Zamonaviy iste’molchilarni jalb 
qilish, saqlab qolish va biror bir tovar va xizmatga qiziqishini uyg‘otish murakkab 
jarayon. Hattoki dunyo tan olgan Procter & Gamble, General Motors, Samsung, 
Gaylord Palms, Disney, Gaylord Opryland ,Wynn, Darden Restaurants yoki Hilton 
Hotels kompaniyalari ham o‘zlarining bozordagi mavqeining ishonchli va 
mustahkam ekanliklariga shubha bilan qaraydilar. Bugungi sharoitda samarali sotish 
uchun turistik korxonalar turmahsulot va xizmatlarning sifatini muntazam ravishda 
oshirib borishlari, eng qulay narxlarni taklif qilishi yoki ularni eng mukammal holda 
keng iste’molchilar auditoriyasiga ma’lum qilishlari zarur. Turmasulotlarni 
iste’molchilarning 
ehtiyojlari 
asosida 
yetkazib 
berish 
marketing 
kommunikatsiyalariga bog‘liq.
Turizmda marketing kommunikatsiyasi turistik tovar va xizmatlarning 
sotilishini jadallashtirish va bozorda ijobiy tasavvur shakllantirish maqsadida axborot 
olish, ishontirish va o‘z faoliyati haqida eslatish uchun korxonaning bozor bilan 
doimiy aloqalarini yaratish va saqlab turishga asosiy e’tiborini qaratadi.
Turizmda marketing kommunikatsiyalarini samarali rejalashtirish reklama, PR, 
sotishni rag‘batlantirish, va boshqa marketing kompleksi vositalarini keng qo‘llash 
bilan bog‘liq. Marketing kommunikatsiyasining bu vositalari turlicha qo‘llanilgan va 
turli fan sohalariga taalluqli deb hisoblangan. Bugungi kunda aksariyat korxonalar 
o‘z tovar va xizmatlarini tez-tez reklama qilmoqda, turli PR- aksiyalari, radio, 
teleko‘rsatuv orqali ko‘rsatuvlarni tashkil qilmoqdalar. 
Globallashuv jarayonlarining kuchayishi, axborot va telekommunikatsiya 
tizimlarining rivojlanishi, raqobat muhitining tezlik bilan o‘zgarib borishi turistik 
korxonalar faoliyatiga ijobiy ta’sir etishi bilan birga ularning marketing tizimiga 
yangi talablar qo‘yadi. Bu esa ushbu bilamlarni o‘zida mujassamlashtirgan bilimlar 
tizimini vujudga keltirgan. 



Marketingning zamonaviy yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan mutaxassislar
samarali kommunikatsiya faoliyatini ko‘rsata oladigan marketing tizimini 
shakllantirishi mumkin.
Bugungi davrdagi iqtisodiy jarayonlar turistik firmalar iqtisodiy faoliyatida 
marketing kommunikatsiyalari tizimining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganishni taqozo 
etadi. Shuning uchun ham turizm sohasida marketing kommunikatsiyalariga qiziqish 
borgan sari ortib bormoqda. 
Yuqoridagilarni 
inobatga 
olgan 
holda 
oliy 
ta’limning 5230400-
marketing(turizm) 
ta’lim 
yo‘nalishi 
talabalariga 
“Turizmda 
marketing 
kommunikatsiyalari” fanini o‘qitish ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini 
oshirishga, raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishiga yordam beradi. 
Mazkur o‘quv qo‘llanma turistik firmalarda marketing tizimi muvaffaqiyatini 
ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan marketing kommunikatsiyalarining asosiy 
jihatlarini yoritishga qaratilgan. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish