1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/217
Sana30.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#620957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
Bog'liq
TURIZMDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARI

 



1-BOB. KOMMUNIKATSIYA TUSHUNCHASI VA UNING TURIZM 
MARKETINGIDA AHAMIYATI
Reja: 
1.1. “Turizmda marketing kommunikatsiyalari” fanining predmeti, 
maqsad va vazifalari
1.2. Kommunikatsiya tushunchasining mohiyati 
1.3. Muloqotning turlari va shakllari 
1.4. Ommaviy kommunikatsiyaning shakllari, turlari 
1.1. “Turizmda marketing kommunikatsiyalari” fanining predmeti, maqsad va 
vazifalari 
Fanning mohiyatini yoritib berishda eng avvalo quyidagi yondashuvlarga 
alohida e’tibor qaratish lozim: 
An’anaviy yondashuv, ya’ni kommunikatsiya ikki yoki undan ortiq 
tomonlarning ma’lum axborotlarni o‘z bilim darajasini oshirish, xabardorlikni 
ta’minlash, o‘zaro xulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida uzatilishi bo‘lib, qabul 
qiluvchi va uzatuvchining vazifalari, vositalari, funksional tuzilishi, samarali 
kommunikatsiya faoliyatini tashkil etish masalalari o‘rganiladi.
Funksional 
yondashuv, 
yoki 
kommunikatsiyaning 
menejment 
va 
marketingning 
ma’lum funksiyasi bo‘lib, uzluksiz jarayonda kuzatish, 
konsepsiyalarni ishlab chiqish, nazariy farazlarning loyihasini ishlash, keng 
qo‘llaniladigan ta’riflarni shakllantirish, tadqiqiy farazlarni tuzish va uni tekshirish, 
tadqiqiy loyihani rejalashtirish, olingan natijalarga baho berish, boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish va nihoyat strategiyani amalga oshirish tushuniladi [23,14]. 
Boshqaruvga asoslangan yondashuv bo‘yicha kommunikatsiya boshqaruv 
faoliyatining marketing sohasiga taalluqli bo‘lib, tijorat (harid, sotish, ayirboshlash) 
operatsiyalarini amalga oshirishda har bir maqsadli auditoriya xususiyatidan kelib 
chiqqan xolda o‘z axborotlarini maxsus kodlar orqali suhbat, muloqot va majlislarni 
olib borishda qo‘llash, kuzatish orqali iste’molchilarning yangi xulq-atvor 
modellarini aniqlash, axborotning qabul qilinishi va eslanish samarasini 
oshirish(reklama) orqali iste’molchilarga yangi tovar va xizmatlar to‘g‘risida 
ishonchli ma’lumotlar berish va tashkilot mavqeini yanada oshirishda sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
Bundan kelib chiqqan holda turizmda marketing kommunikatsiyalariga 
quyidagicha tarif berishimiz mumkin: 
1. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – firmalarning maqsadli bozorda 
marketing masalalarining yechimini topishda qo‘llaydigan marketing faoliyatining 
boshqariluvchi elementlari va parametrlari majmuini o‘z ichiga olgan tizim bo‘lib, 
ularning kompleks qo‘llanilishi muqobil birikma holda firmaning qo‘yilgan 
marketing maqsadlariga erishish imkonini beradi. 
2. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – tovar va xizmatlarni samarali 
siljitish va sotish, turfirmaning ijobiy imidjini yaratish maqsadida ma’lum 



axborotlarning maqsadli bozor segmentlariga iste’molchilar o‘z bilim darajasini 
oshirish, ularning xabardorligini ta’minlash, xulq-atvorini o‘zgartirish maqsadida 
uzatilishidir. 
3. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – maqsadli bozor segmentlariga 
tovar va xizmatlar to‘g‘risida axborot uzatish jarayonidir. 
4. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – turli kommunikatsiya vositalarini 
qo‘llash orqali turfirmaning marketing faoliyati samaradorligiga va strategik 
maqsadlariga erishish konsepsiyasidir. 
5. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – marketing-miks elementlari 
(product, price, place, promotion)ning ijobiy xususiyatlarini iste’molchilarga turistik 
tovar va xizmatlarni harid qilish maqsadida namoyish qilishdir.
6. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – strategik marketingning 
vositalaridan biri bo‘lib, turfirmaning ichki va tashqi imkoniyatlarini o‘rganishga 
asoslangan. Shuningdek u promotion ham bo‘lib, turistik tovar va xizmatlarni 
bozorga olib kirishni samarali tashkil etish, sotishni rag‘batlantirish va iste’molchilar 
sodiqligiga erishishni ko‘zda tutadi. Shunga ko‘ra marketing kommunikatsiyalari 
turmahsulot yoki uning markasi mavjudligi, ularning iste’mol xossalari, narxi va 
sotilish joylari to‘g‘risida iste’molchilarga xabar beruvchi tizimdir. 
7. Turizmda marketing kommunikatsiyalari – marketing axborotlarini tarqatish 
kanallari va ularni baholash vositalari majmui bo‘lib, odatda reklama, direkt-
marketing, sotishni rag‘batlantirish, PR, shaxsiy sotish, qadoqlash, brending, 
ko‘rgazma va yarmarkalardan iborat. 
Fanning predmeti muayyan ob’ektning tanlab olingan ma’lum jihatlari, unda 
sodir bo‘layotgan turli jarayonlardir. Fanning predmeti tanlab olingan ob’ektning 
barcha jihatlarini qamrab olmasdan ma’lum sohasini tizim sifatida chuqur tadqiq 
etadi, ushbu soha xususiyatidan kelib chiqqan holda maqsad, vazifa, tadqiqot 
yo‘nalishlari va usullarini yaratadi. Umumiy qilib olganda fanning rivojlanishi uning 
predmeti rivojlanishidir. Shuningdek, fanning predmeti sifatida tanlab olingan 
ob’ektning ilmiy faraz, ilmiy tafakkur natijasida yaratilgan modeli ham olib qaralishi 
mumkin[23,21]. 
Bundan kelib chiqqan holda turizmda marketing kommunikatsiyalari fanining 
predmeti turli darajadagi turistik firmalarning tovar va xizmatlarni siljitish va sotish 
bilan bog‘liq faoliyatida vujudga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, voqea 
hodisalar hisoblanadi. 
Mazkur fanni o‘qitishdan maqsad talabalarning turizmda marketing 
kommunikatsiyasiga oid tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish, o‘zining 
fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda 
egallangan bilimlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. 
Fanning asosiy vazifalari ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarga fan 
bo‘yicha o‘qitiladigan asosiy mavzulari va ularning mohiyatini o‘zlashtirish, fanning 
boshqa fanlar bilan bog‘liqligini aniqlash va bugungi sharoitda oqilona boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish maqsadida, marketing kommunikatsiyasi sohasida chuqur 
bilimlarni egallash hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, fanning quyidagi vazifalari belgilandi: 




turizmda marketing kommunikatsiyasi tushunchasi, mazmuni, maqsadi, 
turlari, jarayoni va uning funksiyalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini shakllantirish; 

reklama tushunchasi, mohiyati, maqsad va vazifalari reklama faoliyati, 
turlari, tasniflanishi to‘g‘risida nazariy bilimlarini shakllantirish; 

sotishni rag‘batlantirish tushunchasi, mohiyati, rag‘batlantirish vositalari va 
usullari to‘g‘risida nazariy bilimlarini shakllantirish; 

marketing kommunikatsiyasida shaxsiy sotishning roli, mohiyati, shaxsiy 
sotishning marketing, kommunikatsion va psixologik jixatlari to‘g‘risida nazariy 
bilimlarini shakllantirish; 

jamoatchilik bilan aloqalar, aloqalarning asosiy vositalari to‘g‘risida nazariy 
bilimlarini shakllantirish; 

brending, direkt-marketing tushunchasi, shakllari va turlari
 
haqida 
talabalarda tasavvur hosil qilish; 

reklamalarni tarqatish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish, reklama 
tadbirlarini rejalashtirish va tashkil qilish bo‘yicha malakalarini shakllantirish;
  

talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirish mohiyati, maqsadi, 
uslublari, iste’molchini rag‘batlantirish, savdo xodimlarini rag‘batlantirish, savdo 
tarmoqlarini rag‘batlantirish, ishlab chiqaruvchi firmalarni rag‘batlantirish, sotish 
xizmati faoliyati strategiyasi bo‘yicha malakalarini shakllantirish;
 

brifinglar, matbuot konferensiyalari, B2B (Business-to-Business), G2B 
(Government-to-Business) va B2C (Business-to-Customer) munosabatlari, SRM 
texnologiyasi va ma’lumotlar bazasidan foydalanish va xayrihohlik, homiylik dasturi 
bo‘yicha malakalarini shakllantirish;

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish